Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan



Download 7,38 Mb.
bet65/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

9-MAVZU. PUL ISLOHOTLARI


Reja

  1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi va shart-sharoitlari.

  2. Inflyatsiyaga qarshi siyosat

3. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari


1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi va shart-sharoitlari.
Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomoni (Emission bank)dan mamlakat pul tizimini to’liq yoki qisman qayta tashkil etishdir. Pul islohotlari qog’oz pul belgilarining barchasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi ko’payib, yangisi (qog’oz yoki metall) bilan almashtirish lozim bo’lganda yoki valyuta kursi o’zgarganda, pul tizimiga o’zgartish kiritish zarur bo’lganda o’tkaziladi.
Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadrsizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bog’liq holda turli usullarda: ortiqcha qog’oz pullarni yo’q qilish bilan pul hajmini kamaytirish (deflyatsiya); eski pul belgilarini yo’q qilib, yangi qog’oz pul belgilarini zarur miqdorda chiqarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qog’oz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qog’oz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Inflyatsiya sur’atlari yuqori bo’lgan sharoitda denominatsiya o’tkazish ko’zda tutilgan samarani bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo’ladi.
Pul islohotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maksadida, deflyatsiya kursi bo’yicha pullarni yangi pullarga almashtirish:
- aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish):
- ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda “shok yo’li” bilan davolash nomi bilan mashhurdir.
Bu usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o’tishda qo’llanilgan. “Shok yo’li” bilan davolashda ish haqini to’lashni to’xtatib qo’yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o’tkazish, ish o’rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o’tkazilgan pul islohotida aholining naqd pullari va jamg’armalari 6,5 yangi nemets markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi. Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nemets markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyx markasidagi qarzi, mamlakatda bo’lgan disbalans tugatilgan va shu yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish sur’atlari tuxtatilgan. “Shok yo’li” bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u “Dodj rejasi” degan nomini olgan. Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaqtning o’zida er islohoti o’tkazildi, byudjet kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib qo’yildi. Iqtisodni “shok yo’li” bilan davolash Sharqiy Evropa mamlakatlari - Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda ham qo’llanilgan.
Denominatsiya o’z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o’z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narx-navolarni o’sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo’nalishda olib boriladi:

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish