Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan



Download 7,38 Mb.
bet73/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

Kreditning sub’ektlari bo’lib, kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar tushuniladi, ya’ni kreditor va kredit oluvchilar.
Kreditning ob’ekti bo’lib esa kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi pul yoki tovar shaklidagi moddiy boyliklar hisoblanadi.
Kredit berishdan maqsad esa vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’laridan qo’shimcha daromad olish (foiz shaklida) bo’ladi, yoki ishlab chiqarish davrining uzluksizligini (tovar krediti olinganda) ta’minlashga bo’lgan talabini qondirish hamda davlat byudjetining vaqtinchalik kamomadini qoplashdan iborat bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, iqtisodchi olimlar kreditning turlariga mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardan kelib chiqib turlicha yondashganlar. Fikrimizcha, kreditning turlariga tavsif berishda ularning amaliyotda qo’llanilishi va iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat krediti, bank krediti, iste’mol (ipoteka) kreditlari, tijorat krediti, xalqaro kredit mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Davlat krediti. Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni berish yoki olish jarayonida davlat bevosita ishtirok etadi. Ko’pchilik hollarda esa davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar beradi.
Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning sub’ektlari sifatida davlat nomidan markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari maydonga chiqsa, ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda ko’pchilik hollarda davlat byudjeti taqchilligini qoplash yoki yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida o’z nomidan qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqaradi. Davlat byudjetining taqchilligini qoplashda davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar kreditor sifatida namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalari ham mavjud bo’lib. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish;

  • muomalaga qo’shimcha pullarni (xazina biletlarini) emissiya qilish;

  • Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish;

  • Halqaro kredit va moliyaviy yordam so’rash;

  • Davlatning qimmatli – qog’ozlarini muomalaga chiqarish.

Davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq bazasini kamaytirib ko’rsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish hamda xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga moyillik tug’iladi. Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush farovonligini ta’minlashda salbiy holatlar yuz beradi.
Muomalaga qo’shimcha pullarni chiqarish hisobiga davlat byudjeti taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday xolatda milliy valyutaning sotib olish qobiliyati pasayadi va inflyatsiya darajasining ortishiga sabab bo’ladi.
Markaziy bankning krediti davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalariga nisbatan bir muncha samaraliroq hisoblanadi, lekin Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan 3 oy muddatga berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas.
Davlat byudjeti taqchilligini qoplashda halqaro kredit va xorijiy mamlakatlarning moliyaviy yordamini olish doimo ham ijobiy natijalarni bermaydi. Chunki, kreditor mamlakat qarz oluvchi mamlakatga qator shartlarni qo’yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish orqali kreditor mamlakat siyosiy va iqtisodiy taziyq o’tkazish holatlari ham amaliyotda uchrab turadi. Shuning uchun davlat byudjetining taqchilligini qoplashning eng qulay usuli davlatning qimmatli qog’ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish orqali kredit olishi hisoblanadi. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, davlat krediti faqatgina byudjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki iqtisodiyotni tiklash (asosan tabiiy ofatlar yoki urushlardan so’ng), mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan qurilish ishlarini bajarish yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini rivojlantirish uchun uzoq muddatlarga (5, 10 yil) olinishi mumkin.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish