Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan


-MAVZU. INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YO’LLARI



Download 7,38 Mb.
bet61/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

8-MAVZU. INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YO’LLARI


Reja:
1. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari
2. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari
3. Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari


1. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari
Muomalada qog’oz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. “Inflyatsiya” termini – lotincha so’zdan olingan bo’lib – “shishirilgan”, “bo’rttirilgan”, “ko’pchigan” kabi ma’nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va xizmatlarning bahosini o’sib borishini anglatadi.
Inflyatsiya so’zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSh Federal hukumati 1861 – 1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qog’oz pullarni emissiya qilishi sabab bo’ldi. G’arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyatsiya termini birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillarning o’rtalaridan keng miqyosda paydo bo’ldi.
Biroq, shuni ta’kidlash joizki, inflyatsiya natijasida pullarning qadrsizlanishi, ularning to’lov qobiliyatining pasayishi kabi muammolar tarixan qog’oz pullar muomalaga chiqarilishi va tangalarning zarb qilishi davridan boshlangan. Dastlabki davrlarda inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, hukumat tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va og’irligi talab darajasidan past bo’lgan haqiqiy qiymatga ega bo’lmagan tanga pullar muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Gretsiyada miloddan avvalgi VI asrda metall tangalarning tarkibida qimmatbaho metallarning hajmini yarmidan ko’prog’ini oddiy metallarga, ya’ni haqiqiy qiymatga ega bo’lmagan metallarga almashtirildi. Xuddi shu holat Rim Imperatorlari tomonidan ham amalga oshirildi. O’rta asrlarga kelib, ko’pchilik davlatlarning hukumdorlari kumush tangalarni mis tangalarga, keyinchalik oddiy alyumin metallarga almashtirdi. Bu jarayon hukumatga qimmatbaho metallarni tejash evaziga mamlakat xazinasiga juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullarning to’lov qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi.
Muomalada qog’oz pullarning paydo bo’lishi natijasida tanga – pul bilan bog’liq inflyatsiya muammosi qog’oz – pulga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Davlatning burjuaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi davrida o’rta asrlarda pul muomalasida paydo bo’lgan muammolarni barqaror pul tizimini tashkil etish orqali bartaraf etishga urinishlar bo’ldi.
XVIII – XIX asrlarda va XX asrning boshlarida birinchi jahon urushiga qadar inflyatsiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud bo’lib, davriy xarakterga ega edi. Masalan, inflyatsiya muammosi Frantsiyada – 1789 – 1791 yillarda Buyuk frantsuz revolyutsiyasi davrida, Angliyada Napolen bilan urush davri – XIX asrning boshlarida mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.
Birinchi jahon urushi davrida oltin monometallizm tizimining barbod bo’lishi va qog’oz pullarning oltin tangalarga qat’iy belgilangan kurs asosida ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o’zining inflyatsiyaga qarshi kurashish mexanizmidan mahrum bo’ldi. Shu davrdan boshlab, inflyatsiya iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega bo’lgan va keng qamrovli muammo sifatida barcha mamlakatlarda namoyon bo’la boshladi.
Inflyatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, S.Bryu va K.Eklund inflyatsiyani iqtisodiyotda baholarning o’rtacha ko’tarilishi sifatida6, P.Xeyni esa pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo’qolishi ekanligini ta’kidlaydilar7.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyani vujudga kelishi 1930 yillarda muomalaga haddan ziyod qog’oz va tanga pullarni chiqarilishi natijasida iqtisodiyotning “pul kanallari” to’lishi yuz beradi, bu o’z navbatida inflyatsiyaga olib kelishi ta’kidlandi, 1940 yillarda esa inflyatsiyaning sababi iqtisodiyotda qog’oz pullar to’lov vositasini bajarishi har qanday holatda inflyatsiyani keltirib chiqarishini e’tirof etishdi, 1950 yillarda inflyatsiyani kelib chiqishining asosiy sababi sifatida uning etarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.
1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyatsiya murakkab, ko’p omilli ijtimoiy – iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir qilishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida baholadilar.
Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy olimlar o’zlarining fikrlarini bildirgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi olimlari V.A.Shchegortsov va V.A.Taranlar “Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar sifati va iste’mol qiymati o’zgarmagan holda ularning bahosini o’sib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib boradi.”8, deya ta’kidlaydilar.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor Sh.Abdullaeva inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga: “Inflyatsiya so’zining iqtisodiy mohiyati –muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif beradi9.
Guvohi bo’lganimizdek, inflyatsiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar bildirilgan. Fikrimizcha, “Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi natijasida muomaladagi qog’oz va tanga pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishidir”.
Tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishini har doim ham inflyatsiya sifatida qaralishi maqsadga muvofiq emas, agar muomaladagi pul massasi tegishli tovarlar va xizmatlar massasi bilan ta’minlanmasligi natijasida ularning bahosi ortsagina bunday holat inflyatsiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha pul massasi paydo bo’lmagan holatda yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan ortib ketishi natijasida bozor kon’yukturasining o’zgarishi, ya’ni bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya mavjudligini anglatmaydi. Bunday holatda baholarning ortishi noinfiliatsion omillar ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Xususan, iqtisodiy va tabiiy resurslarning taqchilligi natijasida ularning bahosini ortishi, mavjud tovarlar va xizmatlar sifatining pastligi natijasida kam hajmdagi sifatli tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi kabilar shular jumlasidandir.
Umuman olganda, ta’kidlash joizki, iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi muomalada pul mablag’lari hajmining haddan ortiq ko’payishi natijasida pul muomalasi bilan bog’liq iqtisodiy inqirozdan dalolat beradi. Bu tovarlar va xizmatlar umumiy bahosining sezilarli sur’atlarda o’sib borishida (1), tovarlar va xizmatlar taqchilligida (2), rezidentlarning milliy valyutadan “qochishi”, ya’ni ularning xorijiy valyutalarni jamg’arishga bo’lgan iqtisodiy manfaatdorligini ortib borishida (3), milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining pasayishida (4), mablag’larni ko’chmas mulklarga joylashtirilishida (5), tovar va xizmatlarning baholarini boshqa barqaror pul birliklariga bog’lab aniqlash kabilarda namoyon bo’ladi.
Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini aniqlashning turli yo’llari mavjud bo’lib, ulardan asosiylari iste’mol baholari indeksi (1) va inflyatsiya darajasini (2) aniqlovchi tengliklar hisoblanadi.
(1)
bu erda:

  1. IBI – iste’mol baholari indeksi;

  2. JDIKB – joriy davrdagi iste’mol savatchasi baholari;

  3. O’DIKB – o’tgan davrdagi iste’mol savatchasi baholari.

(2)


bu erda:

  1. – joriy davr iste’mol baholari;

  2. – bazaviy davr iste’mol baholari.

Iste’mol savatchasi – odamlarning birinchi darajali ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlar yig’indisi. Iste’mol savatchasi yordamida odamlarning yashash uchun zarur bo’lgan eng kam miqdordagi xarajatlar miqdori hisob – kitob qilinadi. Iste’mol savatchasiga Rossiyada 407 ta, AQShda 300 ta, Frantsiyada 250 ta, Angliyada 350 ta, Germaniyada 475 ta tovar va xizmatlar turi kiradi.
Inflyatsiya juda ko’p qirrali bo’lib, u asosan quyidagi shakllarda namoyon bo’lishi mumkin:

  • sudraluvchan inflyatsiya;

  • shiddatli inflyatsiya;

  • giperinflyatsiya;

  • kutilgan va kutilmagan inflyatsiya;

  • ochiq inflyatsiya;

  • yopiq inflyatsiya;

  • talab xarajatlar inflyatsiyasi;

  • taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi.


Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish