Test
1. Bir-biriga zid ma’no bildiruvchi so‘zlar nima deyiladi?
A) antonim;
C) omonim;
B) sinonim;
D) paronim.
2. Antonimlar berilgan qatorni aniqlang.
A) ruxsat bermoq-taqiqlamoq, savodli-savodsiz, ilik-ilk;
B) sho‘x-yuvosh, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, dovon-devon;
C) kamtar, ishchan, epchil, erinmoq-ko‘zlamoq, tez-tez, shodlik-
g‘am;
D) erinchoq-g‘ayratli, tepsa tebranmas-epchil.
3. Quyidagi antonimik juftliklarning qaysi birida salbiy
bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘z bor?
A) yaxshi-yomon;
C) chiroyli – badbashara;
B) shirin-bemaza;
D) xursand – xafa.
4. Leksik antonimlar berilgan qatorni toping.
A) xursand va dili siyoh;
C) oq ko‘ngil va ichi qora;
B) yupqa va qalin;
D) ishladi va ishlamadi.
5. Qaysi qatorda ot antonimlar mavjud?
A) keldi – ketdi;
C) oq – qora;
B) savol – javob;
D) uy – xayol.
Do'stlaringiz bilan baham: |