Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Oziq-ovqat
mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, inson organizmi
uchun ahamiyati
Pazandachilik insoniyatning eng qadimiy san’atlaridan biri
bo‘ lib, uning kelib chiqishi olovdan foydalanish, dehqonchilik
va chorvachilik kabi sohalarning ilk davri bilan birga boshla-
nadi va shu sohalarning ravnaqiga bog‘liq holda rivojlanadi.
O‘zbek milliy pazandachiligi ham faoliyatning boshqa tur-
lari kabi doimo o‘zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga
kelib O‘zbekistonda ham pomidor, karam, kartoshka, lavlagi
kabi sabzavotlar; malina, qulupnay kabi rezavorlar yetishtirila
boshlandi. Taomlarning turlari ko‘paydi. Sabzavotlar, meva-
lar, ko‘katlar ko‘pligi sababli bizning taom
lar xushbo‘yligi,
mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va laz-
zatli bo‘lishini ta’minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish
pazandachilikning asosini tashkil qiladi.
Pazandachilik san’ati – o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan
inson organizmi uchun zarur bo‘lgan, uning mehnat qobili-
yatini oshiradigan, sog‘lom hayot kechirishini ta’minlaydigan
turli xil lazzatli, to‘yimli va pokiza taomlar tayyorlash ham-
da did bilan bezab dasturxonga berishning muayyan usullari
yig‘indisidir.
Kishining organizmi normal rivojlanishi, sog‘lom bo‘lishi
uchun turli xil oziq moddalar – oqsillar, yog‘lar, uglevodlar
(shirin moddalar), mineral tuzlar, vitaminlar – suv va boshqa
moddalar bilan ta’minlanib turilishi kerak.
Oqsillar hayot uchun eng muhim modda hisoblanadi. Oqsil
moddalar asosan go‘sht, baliq, tuxum, don va sut mahsulot-
larida ko‘p bo‘ladi. Oqsil moddalar organizmda yangi hujay-
ralarni hosil qiladi, barcha a’zolarning o‘sishini, rivojlanishini
ta’minlaydi va kuch-quvvat beradi. Sut oqsillari organizmda
oson hazm bo‘ladi, to‘liq o‘zlashadi.
102
Yog‘lar organizmga issiqlik beruvchi asosiy modda hisob-
lanadi.Yog‘lar o‘simlik va hayvonlardan olinadi. O‘simlik
yog‘lari paxta, zig‘ir, kungaboqar, zaytun, soya kabi o‘sim-
liklarning mag‘izlaridan olinadi. Eng yaxshi yog‘ sut mahsu-
lotlaridan olinadi. O‘simlik yog‘lari ham har xil taomlar va
salatlar tayyorlashda ishlatiladi. Hayvon yog‘lari mol, qo‘y
kabi hayvonlar teri osti va ichki charvi yog‘laridan olinib,
ular organizmda qiyin hazm bo‘ladi.
Uglevodlar (shirin moddalar) organizm uchun asosiy quv-
vat, issiqlik manbayi hisoblanadi. Uglevodlarning asosiy man-
balari: qand, asal, shirinliklar, ho‘l mevalar, sabzavotlar, sut
va don mahsulotlaridir. Uglevodlar organizmda tez va oson
hazm bo‘ladi.
Kishining normal o‘sishi va rivojlanishi, kasalga chalinmas-
ligi uchun vitaminlarning ahamiyati juda katta. Vitaminlarning
asosiy manbalari sabzavot va mevalar, don mahsulotlari, ba-
liq, sut va sut mahsulotlaridir.
Kishi organizmi uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni har
kuni iste’mol qiladigan taom va oziq-ovqat mahsulotlari orqa-
li qabul qiladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Sut va sut mahsulotlari.
2. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari.
3. Don va don mahsulotlari.
4. Sabzavot va mevalar.
5. Oziq-ovqat yog‘lari.
6. Qand va qandolatlar.
Sut tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan barcha mod-
dalar mav
jud. Bundan tashqari, organizmdagi kasalliklarni
yo‘qotuvchi va oldini oluvchi moddalar bor. Sut mahsulotla-
riga qatiq, tvorog, suzma, pishloq, qaymoq, sariyog‘ va bosh-
qalar kiradi.
Go‘sht – O‘zbekistonda, asosan, qo‘y va mol go‘shti, shu-
ningdek, ot, echki, parranda, baliq go‘shtlari iste’mol qilina-
103
di. Go‘sht mahsulotlariga kolbasalar, sosiska, yaxna go‘shtlar,
qazi, go‘shtli konservalar kiradi. Bular yuqori qimmatli,
to‘yimli mahsulotlardir.
Don mahsulotlari juda ko‘p guruhlarga bo‘linadi. Ularga
yormalar (guruch, grechka, manniy, arpa, suli, tariq), dukkak-
li donlar (mosh, loviya, no‘xat), makaron mahsulotlari, non
va non mahsulotlari kiradi. Ulardan tayyorlanadigan taomlar
uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlarga boy bo‘ladi.
Sabzavot va mevalarda organizm uchun zarur moddalar bor.
Ularning tarkibida uglevodlar, mineral moddalar, ayniqsa, vi-
taminlar ko‘p bo‘ladi. Ishtahani ochishda, ovqat hazm qilish-
da, ichak faoliyatini yaxshilashda sabzavotlarning ahamiyati
katta. Piyoz, sarim
soqpiyoz, turp, sholg‘om kabi sabzavotlar-
da organizmdagi zararli mikroblarni o‘ldiruvchi moddalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |