Rekrutment bu kadrlarni tanlash va baholash xizmatiga oid konsalting xizmatlari hisoblanadi. Bu turdagi xizmatlarning rivojlanishining asosiy sababi boshqaruvchi va mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borishidir. Bu turdagi xizmatlarning kadrlar tanlash bilan shug‘ullanuvchi firmalar yoki ko‘p tarmoqli konsultatsiya xizmatlarini taklif etuvchi firmalar amalga oshiradi.
Sanab o‘tilgan oxirgi firmalar (umumiy konsultatsiya xizmati) kadrlarni tanlashdan tashqari, korxonalarni qayta tashkillashtirish yoki inson resurslarini boshqarish kabi masalalarini yechishda o‘z xizmitlarini taklif etishi mumkin.
Konsalting firmalari xizmat turiga qarab ishlab chiqarishning bunday sohalariga: interaktivlikning mutaxassis uslublarini, kadrlarni baholash texnolagiyasi, takliflarni ishlab chiqish usullari, mutaxassis kadrlarni jalb qilish uchun suxbatlarini kiritish mumkin.
Firmaning investitsiyaviy loyihalarini realizatsiya qilishda bu turdagi firmalar yangi menejerlar jamoasini tuzishda kompleks xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin
Konsalting o‘zining xizmat ko‘rsatish doiralarini kengaytirib bormoqda. Bu vaqtinchalik boshqaruv kadrlarni tanlab olish, ishlab chiqarishning tizimli qayta qurilish jarayonida yuqori boshqaruv personaliga yangi ish o‘rinlarini ochish. Bu kabi firmalar konsalting xizmatlarining hamma kadrlar bilan bog‘liq masalalarni yechishda ko‘maklashadi.
Reklama va omma bilan o‘zaro aloqalar. Bu faoliyatning asosiy maqsadi ommada eng yaxshi fikrlarni, spesifik qarashlarni qondirishdan iboratdir. Shuning bilan birga bu fikrlar raqobatchi firmalarga umuman o‘xshamasligi lozim. Nufuz ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. (intervyu, e’lon, moliyaviy hisobotning chop etilishi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama materiallarini tarqatish yoki turli xil ommaviy dasturlar ishlab chiqish bilan (konferensiya, prezentatsiya, turli xayriya namoyishlari).
Bu faoliyatning asosiy ob’yektlari, keng omma, davlat korxonalari, aksiya egalari yoki korxona xodimlarining o‘zlari.Reklama va omma bilan ishlovchi konsultantlarni taklif etishdan maqsad firma xaqida ijobiy fikrlarni ta’minlash va bu orqali firma uchun ham tashqi xam ichki muhitning ijobiy ta’siridir shakllantirishdir. Omma bilan ishlashda konsalting xizmatlarining qo‘yidagi yo‘nalishlarda xizmat qo‘rsatishi mumkin. Undan tashqari ular konsultatsiya berishda firmaning imdjini oshiruvchi maslahat ham berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |