Axborot texnologiyalar bilan ta’minlash.Axborot texnologiyalari deyilganda axborot avtomatik qayta ishlash usullari majmui tushuniladi. Hozirgi kunda bunday qayta ishlashlar elektron hisoblash mashinalari bilan amalga oshiriladi.Ular kompyuter dasturlarini qayta ishlaydi va qo‘llaydi, ma’lumotlar ba’zasini yaratishda kompyuter tarmoqlarini yaratish va boshqalarda keng qo‘llanilmoqda
Bu xizmatlar turini qo‘rsatuvchi 4 ta sub’yektni ajratish mumkin.
dastur ta’limotini ishlab chiqaruvchi mutaxassis firmalar,
Axborot texnologiyalarni menejmentda qo‘llashni taklif etuvchi menejment konsalting va buxgalteriya firmalari.Ular odatda standart dasturlarni korxona ehtiyojiga moslashtiradi, hisoblash tizimi integratsiyasi va uskunalarni tanlashga yordam beradi.
Kompyuterlarga xizmat ko‘rsatuvchi firmalar. Bunday firmalarning xizmatlariga: hisoblash tizimini loyihalash, dasturlash, foydalanuvchi-larni o‘rgatish, tarmoqlarni boshqarish, tizimli integralash va boshqalar kiradi.
Kompyuter uskunalarini ishlab chiqaruvchi firmalar.Ular axborot texnologiyalari tizimi faoliyatiga eng kech kirib boruvchi tarmoq guruhiga kiradi, ammo bu yo‘nalishda kuchli bo‘lib hisoblanadi. Ular axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, o‘zlari ishlab chiqargan uskunulardan foydalanishni o‘rgatadi.
Injeniring bu injenerlikga tayyorlov va ishlab chiqish jarayonini ta’minlovchi xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Odatda bu xizmatlar turli ob’yektlarni qurish va ekspluatatsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Umumiy injiniring xizmatlariga ajratishimiz mumkin
1) Ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarlik xizmatlari. 2) ishlab chiqarish jarayonini ta’minlab beruvchi xizmatlar. Injiniring xizmatini mutaxasis firma va qurilish sanoat kompaniyalari amalga oshiradi. Injenirlik savollargajavob beruvchi kompaniyalar, konsalting xizmatlari bir toifaga kiradi.
Investitsiya xizmatlari (investitsiyali banklar). Ularga alohida moliyaviy institutlar kiradi. Qimmatli qog‘ozlar (obligatsiya, aksiya)ni sotuvchi va sotib oluvchi investitsiya banklari yoki kompaniyalar.
Investitsiyali banklar o‘zining qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish orqali pul akkumulyatsiyasini amalga oshiradi, yoki o‘z mablag‘larini aksiya va obligatsiyalarga qo‘yadi, ya’ni pul qo‘yuvchi bilan qimmatli qog‘ozlarni ishlab chiqaruvchi firmalar o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. O‘zining asosiy qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish funksiyasidan tashqari bu turdagi ko‘p firmalar umumiy maliyaviy boshqaruv sohasida o‘z konsultativ maslaxatlarini berishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |