Agrokonsalting


–савол Qishloq xo‘jaligi bozor sub’yektlari faoliyatida noqishloq xo‘jaligi tarmog‘ini tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar



Download 2,27 Mb.
bet100/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

2–савол


Qishloq xo‘jaligi bozor sub’yektlari faoliyatida noqishloq xo‘jaligi tarmog‘ini tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar
Agrar tarmoqda bozor tamoyillarini bosqima-bosqich joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan agroiqtisodiy islohotlar natijasidada bugungi kunda qishloq xo‘jaligi tadbirkori deya nom olayotgan – yetishtirilgan mahsulot va mol-mulkka xususiy mulk sifatida egalik qilgan holda, yer uchastkalaridan uzoq muddatli ijara asosida foydalanib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yuvchi fermer xo‘jaliklari ustivor ravishda rivojlanmoqda.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri - fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nafaqat xomashyo sifatida sotish, balki mahsulotni o‘zlari tomonidan mustaqil tayyorlash, saqlash, qayta ishlab qadoqlash, iste’molchilarga tayyor holatda yetkazib berish kabi qo‘shimcha noqishloq xo‘jalik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu chora-tadbirlar aholi bandligini ta’minlash va yangi ishchi o‘rinlari tashkil qilish asosida qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va turmush farovonligi o‘sishini ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga nisbatan yuqori rentabelli tarmoq sifatida fermer xo‘jaliklari daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashtirish, qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish sharoitida fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish hamda boshqa sohalar faoliyati hisobiga yaratilayotgan daromadning muayyan qismini noqishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga jalb qilish hisobiga asosiy faoliyat - qishloq xo‘jaligini iqtisodiy barqaror rivojlantirish imkoniyatini yaratish mumkin. Fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatini izchil va tizimli rivojlantirish maqsadida istiqbolli va manzilli hududiy chora-tadbirlar dasturi, jumladan, imtiyozli kreditlar ajratish va soliq stavkalarini belgilash, texnologik qurilma va tovarlarning import va eksporti jarayonini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha huquqiy va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinmoqda. Shu nuqtai-nazardan, hozirgi kunda fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish qishloq hududlarida, mamlakat miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatini ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirish quyidagilarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:

  • qishloqda mulkdor sinf sifatida kichik va xususiy tadbirkorlik sohalarini tizimli rivojlantirishga;

  • qo‘shimcha faoliyat turlarini tashkil qilish asosida qishloq aholisini doimiy ish bilan band bo‘lishi va yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etishga;

  • qishloq hududlarida bozor, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma sub’yektlarini tashkil etish va rivojlantirish, ularda xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga;

  • qishloq hududlarida mahsulotlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq sohalarni rivojlantirishga;

  • dehqon, yer, ishlab chiqarish vositalari, yetishtirilayotgan mahsulot va daromad unsurlari o‘rtasida mustahkam iqtisodiy-huquqiy bog‘liqlikni shakllantirish va mustahkamlashga;

  • qishloq aholisi turmush farovonligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xo‘jaligi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad – tabiiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish, xo‘jalik a’zolarini ijtimoiy himoya qilish hamda pirovard natijada o‘z daromadini barqaror oshirib borishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish bilan bir vaqtda fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va sotishni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, o‘z hududida mehnatga layoqatli aholi uchun qo‘shimcha yangi ishchi o‘rinlarini tashkil qilish ya’ni, fermer xo‘jaliklarining o‘zida noqishloq xo‘jalik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashtirish jarayonida ob’yektiv zaruriyat hisoblanadi. Fermer xo‘jaliklarida noqishloq xo‘jalik faoliyatining o‘ziga xos alohida xususiyatlari va yo‘nalishlarini hisobga olib, ushbu jihatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish (dam olish uylari; davolanish maskanlari; umumovqatlanish shoxobchalari; xalq hunarmandchiligi; ekoturizm va boshqalar);
- yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari, ip, kalava-ip va boshqalar);
- xizmat ko‘rsatish (avtomobillarga texnik yordam ko‘rsatish; poyabzal ta’mirlash va tikish; qurilish materiallari ishlab chiqarish va qurish;
- kiyim-bosh va trikotaj mahsulotlarini tikish-to‘qish hamda boshqa xizmat turlari);
- mahsulotni tayyorlash, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash va sotish;
- tijorat va savdo-sotiq xizmati;
- kasanachilik xizmati va boshqalar.
Bugungi kunda noqishloq xo‘jalik faoliyatini tashkil etgan fermer xo‘jaliklarining maqomini belgilash talab etiladi. Chunki, fermer xo‘jaliklari noqishloq xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yar ekan, ushbu faoliyatdan olinayotgan foydaning ma’lum bir qismini albatta, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilg‘or tajriba va innovatsiya ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga sarflaydi. Bu jihati bilan fermer xo‘jaliklari endi nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasi va noqishloq xo‘jaligi faoliyatini mutanosib ravishda rivojlantirishga harakat qiladi, balki, u qishloq hududi farovonligi va obodonligi, yangi ish joylarini tashkil etish, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi tadbirlarni ham amalga oshiradi.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish