Nazorat uchun savollar?
Mikrofirmalar haqida tushuncha va ularni rivojlanishida konsultatsiyalarning o‘rni.
Firmaning hayotiylik siklida konsultativ vazifalar.
.Mikrofirmalar uchun qulay muhit yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Kichik biznes konsaltingida innovatsiyalar.
17-M A V Z U: Kichik korxonalarni tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha maslahatlar
REJA
1. Kichik korxonalarhaqida tushuncha va ularni rivojlanishida konsultatsiyalarning o‘rni.
2. Korxonaning hayotiylik siklida konsultativ vazifalar.
3. Alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan sohalar.
Tayanch iboralar:kichik korxona, konsultatsiya, advokat, menejer, tendensiya, operatsion, tendesiya.
1–савол
Kichik korxonalar haqida tushuncha va ularni rivojlanishida konsultatsiyalarning o‘rni.
Hozirgi vaqtda kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan konsultantlar xizmatidan foydalanish o‘ziga xos trendga aylandi. Biznesning natijasiga bog‘liq bo‘lgan faoliyatlar majmuaga aylanib bormoqda, ayniqsa tashqi yordamchilarga bo‘lgan ichki ehtiyoj o‘sib bormoqda. Konsultantlarning xizmatini yoqlab chiquvchi kichik biznes sub’yektlarining menejerlar bankirlar, advokatlar, buxgalterlar va boshqa shu kabi savdo birlashmalari tomonidan qo‘llab quvvatlovchi xizmatlardan foydalanishadi.
Konsultantlar odamlarga o‘z kichik biznesini tashkil qilishga yordam berishadi, bu esa uning o‘rnini iqtisodiy rivojlanishda muhim o‘rin tutishini anglatadi. Yangi tadbirkor uchun eng qiyin ish bu uni o‘z faoliyatini boshlab olish hisoblanadi, natijada esa ko‘plab konsultantlar ishlab chiqarishning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi. Konsultantlar va kichik biznesni rivojlantirish markazlari tez-tez o‘z ishini endi tashkil qilmoqchi bo‘layotgan ishbilarmonlar uchun maxsus o‘quv seminar treninglar tashkil etib turishadi.
Mavjud kichik tadbirkorlar o‘z faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos amaliy muammolarni hal etishda konsultantlar xizmatidan foydalanishadi. Konsultatsiya muddati bilvosita muammmoga bog‘liq, ba’zan konsultatsiyalar bir necha oylar davomida berilishi mumkin. Agarki, muammo biznesning kengayishiga xavf solishi mumkin bo‘lsa unda konsultatsiya muddati uzaytirilishi mumkin. Ishlab chiqarish kengayishi ko‘p vaqt olishi mumkin, shu sababdan konsultatsiya davriy ravishda bir yoki ikki yilni o‘z ichiga olishi mumkin.
Biznesni tashkil qilishning har bir bosqichi va iqtisodiy o‘sish kichik ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyat va qulayliklar olib keladi. Bundan tashqari, biznesni o‘z vaqtida olib borish ijtimoiy va oilasi bilan o‘tkazuvchi vaqtini ish vaqti bilan moslashtirgan holda olib borishga harakat qilishlari lozim bo‘ladi, bu esa o‘z o‘rnida qo‘shimcha talablarga ham doimo tayyor turishlari lozimligini ko‘rsatadi. Bu esa oilada bola tarbiyasi va uy ishlariga ma’sul bo‘lgan ayol tadbirkorlarga o‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘diradi.
Iqtisodiy siyosatlar ichida strukturaviy o‘zgarishlar: savdoni erkinlashtirish va xususiylashtirishni olib borish natijasida kichik biznes sektori ish o‘rinlarini yaratish, mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashning asosiy kalitiga aylanib bormoqda. Bu konsultatsiya xizmatida ushbu talablar bilan bog‘liq katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu esa o‘z o‘rnida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish sohasida hamda shular kabi kichik biznes rivojlanishini qo‘llab quvvatlovchi hukumat va nohukumat agentliklariga maslahat berishning personal manbalari rivojlanishida yangi me’yorlarni tanishtirdi. Asosan, konsalting xizmatlarini yangi shakllari siyosiy formatsiya va joriy etishning kritik sohalarining quyidagi sektorlariga ta’sir etadi:
Rivojlanish strategiyalari;
Dasturlarni joriy etish va baholash;
Rivojlantirish loyihalarini boshqarish;
Ishlab chiqrish bilan shug‘ullanuvchi ayol, yosh va nogironlar kabi alohida savdo guruhlarini ehtiyojlarini qondirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |