A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/488
Sana31.08.2021
Hajmi7,65 Mb.
#160773
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   488
Bog'liq
Axborot xavfsizligi MAJMUA2018-2019 — копия

 
 
Tayanch  iboralar:  Identifikasiya,  autentifikasiya,  ma’murlash,  avtorizasiya,  maskarad,  takroriy, 
majburiy kechikish. 
Asosiy tushunchalar va turkumlanishi 
Identifikasiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori  (nomi) bo’yicha aniqlash 
jarayoni.  Bu  foydalanuvchi  tarmoqdan  foydalanishga  uringanida  birinchi  galda  bajariladigan 
funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha o’zining identifikatorini bildiradi, tizim esa 
o’zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.  
Autentifikasiya  (Authentication)  –  ma’lum  qilingan  foydalanuvchi,  jarayon  yoki  qurilmaning 
haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatdan 
aynan  o’zi  ekanligiga  ishonch  xosil  qilishiga  imkon  beradi.  Autentifikasiya  o’tkazishda  tekshiruvchi 
taraf  tekshiriluvchi  tarafning  xaqiqiy  ekanligiga  ishonch  hosil  qilishi  bilan  bir  qatorda  tekshiriluvchi 
taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o’z xususidagi 
noyob,  boshqalarga  ma’lum  bo’lmagan  axborotni  (masalan,  parol  yoki  sertifikat)  kiritishi  orqali 
identifikasiyani tasdiqlaydi.  
Identifikasiya  va  autentifikasiya  subyektlarning  (foydalanuvchi-larning)  haqiqiy  ekanligini 
aniqlash  va  tekshirishning  o’zaro  bog’langan  jarayonidir.  Muayyan  foydalanuvchi  yoki  jarayonning 
tizim  resurslaridan  foydalanishiga  tizimning  ruxsati  aynan  shularga  bog’liq.  Subyektni 
identifikasiyalash va autentifikasiyalashdan so’ng uni avtorizasiyalash boshlanadi. 


19 
 
Avtorizasiya (Authorization) – subektga tizimda ma’lum vakolat va resurslarni berish muolajasi, 
ya’ni  avtorizasiya  subyekt  harakati  doirasini  va  u  foydalanadigan  resurslarni  belgilaydi.  Agar  tizim 
avtorizasiyalangan  shaxsni  avtorizasiyalanmagan  shaxsdan  ishonchli  ajrata  olmasa  bu  tizimda 
axborotning konfidensialligi va yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikasiya va avtorizasiya muolajalari 
bilan foydalanuvchi harakatini ma’murlash muolajasi uzviy bog’langan.  
Ma’murlash  (Accounting)  –  foydalanuvchining  tarmoqdagi  harakatini,  shu    jumladan,  uning 
resurslardan  foydalanishga  urinishini  qayd  etish.  Ushbu  hisobot  axboroti  xavfsizlik  nuqtai  nazaridan 
tarmoqdagi xavfsizlik xodisalarini oshkor qilish, taxlillash va ularga mos reaksiya ko’rsatish uchun juda 
muhimdir.  
Ma’lumotlarni  uzatish kanallarini himoyalashda subyektlarning o’zaro autentifikasiyasi,  ya’ni 
aloqa  kanallari  orqali  bog’lanadigan  subyektlar  xaqiqiyligining  o’zaro  tasdig’i  bajarilishi  shart. 
Xaqiqiylikning  tasdig’i  odatda  seans  boshida,  abonentlarning  bir-biriga  ulanish  jarayonida  amalga 
oshiriladi. “Ulash” atamasi orqali tarmoqning ikkita subyekti o’rtasida mantiqiy bog’lanish tushuniladi. 
Ushbu muolajaning maqsadi – ulash qonuniy subyekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha axborot 
mo’ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir. 
O’zining xaqiqiyligining tasdiqlash uchun subyekt tizimga turli asoslarni ko’rsatishi mumkin. 
Subyekt  ko’rsatadigan  asoslarga  bog’liq  holda  autentifikasiya  jarayonlari  quyidagi  kategoriyalarga 
bo’linishi mumkin:  

biror  narsani  bilish  asosida.  Misol  sifatida  parol,  shaxsiy  identifikasiya  kodi  PIN 
(Personal  Identification  Number)  hamda  “so’rov  javob”  xilidagi  protokollarda  namoyish  etiluvchi 
maxfiy va ochiq kalitlarni ko’rsatish mumkin;  

biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smart- kartalar, sertifikatlar 
va touch memory qurilmalari;  

qandaydir  daxlsiz  xarakteristikalar  asosida.  Ushbu  kategoriya  o’z  tarkibiga 
foydalanuvchining  biometrik  xarakteristikalariga  (ovozlar,  ko’zining  rangdor  pardasi  va  to’r  pardasi, 
barmoq izlari, kaft geometriyasi va x.) asoslangan usullarni oladi. Bu kategoriyada kriptografik usullar 
va vositalar ishlatilmaydi. Beometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni 
nazoratlashda ishlatiladi.  
Parol  –  foydalanuvchi  hamda  uning  axborot  almashinuvidagi  sherigi  biladigan  narsa.  O’zaro 
autentifikasiya uchun foydalanuvchi va uning sherigi o’rtasida parol almashinishi mumkin. Plastik karta 
va smart-karta egasini autentifikasiyasida shaxsiy identifikasiya nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi. 
PIN – kodning mahfiy qiymati faqat karta egasiga ma’lum bo’lishi shart.  
Dinamik – (bir martalik) parol - bir marta ishlatilganidan so’ng boshqa umuman ishlatilmaydigan 
parol. Amalda odatda doimiy parolga yoki tayanch iboroga asoslanuvchi muntazam o’zgarib turuvchi 
qiymat ishlatiladi.  
“So’rov-javob”  tizimi  -  taraflarning  biri  noyob  va  oldindan  bilib  bo’lmaydigan  “so’rov” 
qiymatini ikkinchi tarafga jo’natish orqali autentifikasiyani boshlab beradi, ikkinchi taraf esa so’rov va 
sir yordamida hisoblangan javobni jo’natadi. Ikkala tarafga bitta sir ma’lum bo’lgani sababli, birinchi 
taraf ikkinchi taraf javobini to’g’riligini tekshirishi mumkin.  
Sertifikatlar  va  raqamli  imzolar  -  agar  autentifikasiya  uchun  sertifikatlar  ishlatilsa,  bu 
sertifikatlarda  raqamli  imzoning  ishlatilishi  talab  etiladi.  Sertifikatlar  foydalanuvchi  tashkilotining 
mas’ul shaxsi, sertifikatlar serveri yoki tashqi ishonchli tashkilot tomonidan beriladi. Internet doirasida 
ochiq kalit sertifikatlarini tarqatish uchun ochiq kalitlarni boshqaruvchi qator tijorat infrastrukturalari 
PKI  (Public  Key  Infrastructure)  paydo  bo’ldi.  Foydalanuvchilar  turli  daraja  sertifikatlarini  olishlari 
mumkin.  
Autentifikasiya  jaryonlarini  ta’minlanuvchi  xavfsizlik  darajasi  bo’yicha  ham  turkumlash 
mumkin. Ushbu yondashishga binoan autentifikasiya jarayonlari quyidagi turlarga bo’linadi: 


20 
 
-  parollar va  raqamli sertifikatlardan foydalanuvchi autentifikasiya; 
-  kriptografik usullar va vositalar asosidagi qatiy autentifikasiya; 
-  nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo’lgan autentifi-kasiya jarayonlari 
(protokollari); 
-  foydalanuvchilarni biometrik  autentifikasiyasi. 
Xavfsizlik nuqtai nazaridan yuqorida keltirilganlarning har biri o’ziga xos masalalarni yechishga 
imkon beradi. Shu sababli autentifikasiya jarayonlari va protokollari amalda faol ishlatiladi. Shu bilan 
bir qatorda ta’kidlash lozimki, nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo’lgan autentifikasiyaga 
qiziqish amaliy xarakterga nisbatan ko’proq nazariy xarakterga ega. Balkim,  yaqin  kelajakda ulardan 
axborot almashinuvini himoyalashda faol foydalanishlari mumkin.   
Autentifikasiya protokollariga bo’ladigan asosiy xujumlar quyidagilar: 

maskarad (impersonation).  Foydalanuvchi o’zini boshqa shaxs deb ko’rsatishga urinib, 
u shaxs tarafidan xarakatlarning imkoniyatlariga va imtiyozlariga ega bo’lishni mo’ljallaydi; 

autentifikasiya  almashinuvi  tarafini  almashtirib  qo’yish  (interleaving  attack).  Niyati 
buzuq odam ushbu xujum mobaynida ikki taraf orasidagi autenfikasion almashinish jarayonida trafikni 
modifikasiya-lash  niyatida  qatnashadi.  Almashtirib  qo’yishning  quyidagi  xili  mavjud:  ikkita 
foydalanuvchi o’rtasidagi autentifikasiya muvaffaqiyatli o’tib, ulanish o’rnatilganidan so’ng buzg’unchi 
foydalanuvchilardan birini chiqarib tashlab, uning nomidan ishni davom ettiradi; 

takroriy  uzatish  (replay  attack).  Foydalanuvchilarning  biri  tomonidan  autentifikasiya 
ma’lumotlari takroran uzatiladi; 

uzatishni  qaytarish  (reflection  attak).  Oldingi  xujum  variantlaridan  biri  bo’lib,  xujum 
mobaynida niyati buzuq odam protokolning ushbu sessiya doirasida ushlab qolingan axborotni orqaga 
qaytaradi.  

majburiy  kechikish  (forsed  delay).  Niyati  buzuq  odam  qandaydir  ma’lumotni  ushlab 
qolib, biror vaqtdan so’ng uzatadi.  

matn tanlashli xujum ( chosen text attack).  Niyati buzuq odam autentifikasiya trafigini 
ushlab qolib, uzoq muddatli kriptografik kalitlar xususidagi axborotni olishga urinadi.  
Yuqorida  keltirilgan  xujumlarni  bartaraf  qilish  uchun  autentifikasiya  protokollarini  qurishda 
quyidagi usullardan foydalaniladi: 

“so’rov–javob”, vaqt  belgilari, tasodifiy sonlar, indentifikatorlar, raqamli  imzolar kabi 
mexanizmlardan foydalanish; 

autentifikasiya  natijasini  foydalanuvchilarning  tizim  doirasidagi  keyingi  xarakatlariga 
bog’lash.  Bunday  misol  yondashishga  tariqasida  autentifikasiya  jarayonida  foydalanuvchilarning 
keyinga o’zaro aloqalarida ishlatiluvchi maxfiy seans kalitlarini almashishni ko’rsatish mumkin; 

aloqaning  o’rnatilgan  seansi  doirasida  autentifikasiya  muolajasini  vaqti-vaqti  bilan 
bajarib turish va h. 
“So’rov-javob” mexanizmi quyidagicha. Agar foydalanuvchi A foydalanuvchi V dan oladigan 
xabari yolg’on emasligiga ishonch xosil qilishni istasa, u foydalanuvchi V uchun yuboradigan xabarga 
oldindan  bilib  bo’lmaydigan  element  –  X  so’rovini  (masalan,  qandaydir  tasodifiy  sonni)  qo’shadi. 
Foydalanuvchi V javob berishda bu amal ustida ma’lum amalni (masalan, qandaydir f(X) funksiyani 
hisoblash) bajarishi lozim. Buni oldindan bajarib bo’lmaydi, chunki so’rovda qanday tasodifiy son X 
kelishi foydalanuvchi V ga ma’lum emas. Foydalanuvchi V harakati natijasini olgan foydalanuvchi A 
foydalanuvchi  V  ning  xaqiqiy  ekanligiga  ishonch  xosil  qilishi  mumkin.  Ushbu  usulning  kamchiligi  - 
so’rov va javob o’rtasidagi qonuniyatni aniqlash mumkinligi. 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   488




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish