A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


Biometrik autentifikasiyalashning daktiloskonik tizimi



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/488
Sana31.08.2021
Hajmi7,65 Mb.
#160773
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   488
Bog'liq
Axborot xavfsizligi MAJMUA2018-2019 — копия

 Biometrik autentifikasiyalashning daktiloskonik tizimi 
Biometrik  tizimlarning  aksariyati  identifikasiyalash  parametri  sifatida  barmoq  izlaridan 
foydalanadi  (autentifikasiyaning  daktiloskopik  tizimi).  Bunday  tizimlar  sodda  va  qulay, 
autentifikasiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab 
barmoq  izlari  bo’yicha  katta  ma’lumotlar  ba’zasining  mavjudligidir.  Bunday  tizimlardan  dunyoda 
asosan polisiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi. 
Autentifikasiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi ro’yxatga 
olinadi.  Odatda,  skanerda  barmoqning  turli  xolatlarida  skanerlashning  bir  necha  varianti  amalga 
oshiriladi.  Tabiiyki,  namunalar  bir–biridan  biroz  farqlanadi  va  qandaydir  umumlashtirilgan  namuna, 
«pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikasiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. 
Autentifikasiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.  
Barmoq  izlarining  skanerlari.  Barmoq  izlarini  skanerlovchi  an’anaviy  qurilmalarda  asosiy 
element  sifatida  barmoqning  xarakterli  rasmini  yozuvchi  kichkina  optik  kamera  ishlatiladi.  Ammo, 
daktiloskopik  qurilmalarni  ishlab  chiqaruvchilarning  ko’pchiligi  integral  sxema  asosidagi  sensorli 
qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan autentifikasiyalashni 
qo’llashning yangi sohalarini ochadi.  
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan 
elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.  
Skanerlardan  biri  barmoq  izi  tasvirini  shakllantirish  maqsadida  teri  qismlarining  sig’im 
qarshiligini  o’lchaydi.  Masalan,  Veridicom  kompaniyasining  daktiloskopik  qurilmasi  yarim-
o’tkazgichli datchik yordamida sig’im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig’adi. Sensor ishlashining 
prinsipi  quyidagicha:  ushbu  asbobga  quyilgan  barmoq  kondensator  plastinalarining  biri  vazifasini 
o’taydi (2-rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir plastinkali 
kremniy  mikrosxemasidan  iborat.  Sezgir  sig’im  datchiklari  barmoq  sirti  do’ngliklari  va  pastliklari 
orasidagi  elektrik  maydon  kuchining  o’zgarishini  o’lchaydi.  Natijada  do’ngliklar  va  pastliklargacha 
bo’lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi.  
 
 


24 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Integral  sxema  asosidagi  sensorli  tekshirishda  AuthenTec  kompaniyasida  ishlatiluvchi  usul 
aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi.  
Qator  ishlab  chiqaruvchilar  biometrik  tizimlarni  smart-kartalar  va  karta–kalitlar  bilan 
kombinasiyalaydilar.  
Integral  sxemalar  asosidagi  barmoq  izlari  datchiklarining  kichik  o’lchamlari  va  yuqori 
bo’lmagan  narxi  ularni  himoya  tizimi  uchun  ideal  interfeysga  aylantiradi.  Ularni  kalitlar  uchun 
breloklarga  o’rnatish  mumkin.  Natijada  foydalanuvchi  kompyuterdan  boshlab  to  kirish  yo’li, 
avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega 
bo’ladi.  
Qo’l panjasining geometrik shakli bo’yicha autentifikasiyalash tizimlari. Qo’l panjasi shaklini 
o’quvchi  qurilmalar  barmoqlar  uzunligini,  qo’l  panja  qalinligi  va  yuzasini  o’lchash  orqali  qo’l 
panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari 90 
dan  ortiq  o’lchamlarni  amalga  oshiradi.  Natijada  keyingi  taqqoslash  uchun  9-xonali  namuna 
shakllantiriladi.  Bu  natija  qo’l  panjasini  individual  skanerida  yoki  markazlashtirilgan  ma’lumotlar 
bazasida  saqlanishi  mumkin.  Qo’l  panjasini  skanerlovchi  qurilmalar  narxining  yuqoriligi  va 
o’lchamlarining  kattaligi  sababli  tarmoq  muhitida  kamdan-kam  ishlatilsada,  ular  qat’iy  xavfsizlik 
rejimiga va shiddatli trafikka ega bo’lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) uchun 
qulay  hisoblanadi.  Ularning  aniqligi  yuqori  va  inkor  koeffisiyenti  ya’ni  inkor  etilgan  qonuniy 
foydalanuvchilar foizi kichik. 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   488




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish