A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Sintetik charmlar. Sintetik charmlar poliefiruretan asosidagi yuqori 
molekulali moddalarning dispersiyasi yoki eritmasi bilan yuzasi qoplangan 
sintetik  tolali  noto„qima  materiallar  asosida  tayyorlanadi.  Ular  tashqi 
ko„rinishi hamda tuzilishi bo„yicha tabiiy charmlarga juda yaqin. Sintetik 
charmlar  tuzilishining  o„ziga  xos  xususiyatlari  bo„yicha  uch  turdagi 
charmlarga  ajratiladi:  gazlama  armaturali  uch  va  bir  qatlamli  sintetik 
charmlar. 
Uch  qatlamli  sintetik  charmlar  -  SK-2  (Rossiya),  korfam  (AQSH), 
bareks (Chexoslovakiya), patora va xaytellak (Yaponiya) hamda boshqalar 
bir-biridan  tola  tarkibi,  asos  tun,  poliuretan  kompozitsiyasining  tarkibi  va 
ishlab  chiqarish  texnologiyasining  o„ziga  xos  xususiyatlari  bilan  farq 
qiladi. Ikki qatlamli sintetik charmlar - SK-8 (Rossiya), ksile (Germaniya), 


284 
 
klarino, eykas, kordley (Yaponiya), kolaten va kollavel (Chexoslovakiya), 
jentra (AQSH) va boshqalar ham asosan, materiallar asosi bo„yicha ajralib 
turadi.  Bir  qatlamli  sintetik  charmlar  -  porveyr  (Angliya)  asossiz  bo„lib, 
poliuretan kompozitsiyasi qoplangan plyonkadan iborat. 
Poyabzallarning  tagi  uchun  ishtalitadigan  sun‘iy  materiallarga 
rezinali  plastinalar  (ko„proq  shulardan  kesilgan  yoki  qoliplangan  tag 
qismlari - tagcharmlar, poshnalar, poshnali tagcharmlar), kartonlar, rantlar 
uchun sun‟iy charmlar va plastmassalar kiradi. 
Tagcharm  rezinasi  tabiiy  yoki  sintetik  kauchuklar,  oltingugurt  va 
foydali  qo„shimchalardan  vulkanizatsiya  qilish  yo„li  bilan  olinadi. 
Oltingugurt vulkanizatsiya qiluvchi modda hisoblanadi, chunki u kauchuk 
bilan o„zaro reaksiyaga kirishish natijasida rezina hosil bo„ladi. 
Rezinalar  tuzilishi  bo„yicha  g„ovakli,  g„ovaksiz,  tola  bilan 
to„ldirilgan  turlar:  turli  rangda  bo„ladi.  Poyabzallarning  tagcharmi  uchun 
rezinalar  tarkibi  va  tuzilishi  bo„yicha  quyidagilarga  ajratiladi:  odatdagi 
g„ovaksiz,  g„ovakli,  charmga  o„xshash  g„ovakli  va  g„ovaksiz 
(to„ldiruvchisiz, tolali to„ldiruvchi), transparent rezinasi va stironip. 
Charmga  o‗xshash  rezinalar  qalinligi,  qattiqligi,  eiastik  va  plastik 
xususiyatlari  bo„yicha  tabiiy  charmlarga  o„xshash,  lekin  yeyilishga 
chidamliligi  bilan  farq  qiladi.  Ular  tag  qismi  yelimlash  usuli  bilan 
olinadigan  poyabzallar  uchun  ishlatiladi.  Quyidagi  charmga  o„xshash 
rezinalar  g„ovakli  tuzilishga  ega:  kojvolon  (yuqori  mexanik 
ko„rsatkichlarga ega), darnit (termik barqaror kojvolon), voloknit, vulkanit 
(barchasiga tolali to„ldirgichlar qo„llanilgan). 
Transparent  rezinasi  -  egiluvchan  tiniq  material,  tarkibida  ko„proq 
tabiiy  kauchuk  bo„ladi.  Aralashmaga  tabiiy  kauchuk,  transparent  sintetik 
izopren  (ski)  qo„shilsa  stironip  rezinasi  olinadi.  Ulardan  chuqur  taram-
taram  (riflyonniye)  qilingan  egiluvchan  tagcharmlar  (sport  poyabzallari) 
tayyorlash uchun foydalaniladi. 
Poyabzal  kartonlari  patak,  to„shama  patak,  gelyonok  va  boshqa 
qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Kartonlar tayyorlashda xomashyo sifatida 
lateks  yoki  bitum-kanifol  bilan  yelimlanadigan  charm  va  o„simlik  tolalari 
qo„llaniladi.  Kartonlar  tarkibi  bo„yicha  quyidagilarga  bo„linadi:  patakbop 


285 
 
(selluloza  tolasidan),  charm  karton  (charm  va  selluloza  tolasidan),  patakli 
sun‟iy  poluval  hamda  kojmatol  (charm  tolasidan),  tekson  (selluloza 
aralashmasi  va  lateksdan),  kapron  (lateks  bilan  shimdirilgan  kollagen 
hamda  sintetik  tolalardan).  Ishlatilishi  bo„yicha  quyidagi  guruhlarga 
bo„linadi:  patak  (C),  dastak  (Z),  to„shama  patak  (P),  gelyonok  (GL)  va 
platforma uchun (PL). 
Plastmassalar  tagcharmlar  tayyorlashda  ishlatiladi.  Jumladan, 
polivinilxloriddan  yeyilishga  chidamli,  egiluvchan,  lekin  sovuqqa 
chidamsiz, poliuretandan yeyilishga va egilishga chidamli, nisbatan yengil, 
shaklini  saqlovchi  tagcharmlar  hamda  kapron  va  polietilendan  poshnalar, 
poshnatagi (poliamiddan) tayyorlanadi. 
Poyabzallar  uchun  ko„plab  to‗qimachilik  materiallari  (gazlamalar, 
trikotaj, noto„qima xolstlar va to„qima-attorlik buyumlari) ham ishlatiladi. 
Bularning  har  biri  tola  tarkibi,  tuzilishi  va  pardozi  bo„yicha  bo„linadi. 
Jumladan,  tola  tarkibi  bo„yicha  paxta,  zig„ir,  jun,  ipak  hamda  qurama, 
foydalanishi  bo„yicha  poyabzallar  ustki  qismi  detallarining  tashqi 
bo„laklari  (atlas,  ikki  qatlamli  kirza,  ragojka,  drap,  sukno,  zamsha, 
vertyolkali  trikotaj  matosi,  noto„qima  materiallar),  astarlar  (tiksarja, 
diagonal,  tik-lastik,  bayka,  sun‟iy  mo„yna  va  boshq.)  va  oraliq  qismlari 
(kord-bumazey, bo„z va xom mitkallar) bo„ladi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish