Charm
poyabzallarniag
tasnifi
va
assortmenti.
Charm
poyabzallari ishlatilishi bo„yicha maishiy, sport, ishlab chiqarish,
ortopedik va profilaktik poyabzallarga bo„linadi. Undan tashqari, milliy
poyabzallar (maxsi va kovushlar) ham ishlab chiqariladi.
Maishiy poyabzallar charm poyabzallari assortimentida asosiy
o„rinlarni egallaydi; sport poyabzallari - sport bilan shug„ullanishda,
ishlab chiqarish poyabzallari - issiq sexlarda, kimyo korxonalarida va
sanoatning boshqa tarmoqlarida; ortopedik poyabzallar - oyoq
shikastlanganda, oyoq kaftida kasallik bo„lganda; profilaktik poyabzallar -
oyoq kaftining o„zgarishiga yo„l qo„ymaslik uchun ishlatiladi.
Maishiy poyabzallar yuza qismi tanavorining materiali, rangi, ishlab
288
chiqarish usuli, tagcharmining ashyosi hamda mahkamlanish turi va xillari
bo„yicha bo„linadi.
Ustki qismi materiali bo‗yicha poyabzallar bulg„ori, xromli,
to„qimachilik materiali, sun‟iy charmli va aralash materialli bo„ladi.
Bulg‗ori poyabzallar maishiy poyabzallar assortimentida uncha yuqori
bo„lmagan o„rinni egallaydi. Ular ko„pincha ishlab chiqarish poyabzallari
sifatida ishlatiladi; mustahkam, suvga chidamli va tagcharmi rezina hamda
kamroq tabiiy charmdan ishlab chiqariladi. Ularning assortimentiga
etiklar, yarim etiklar, botinkalar, baxillar, untlar va boshqa maxsus
poyabzallar kiradi (baliqchilar, ovchilar hamda o„rmonchilar uchun).
Xromli poyabzallar charm poyabzallari assortimentida katta o„rinni
egallaydi. Ular xromli oshlangan charmlardan (yuzali xromlar, shevro,
shevret, velyur, lokli charmlar, ayrim hollarda zamsha va bulg„or
charmlari) tayyorlanadi. Bundan tashqari, sun‟iy charmlar hamda
to„qimachilik materiallari ham ishlatiladi. Xromli poyabzallar nisbatan
yengil, egiluvchan, yaxshi gigiyenik va estetik xususiyatlarga ega.
Sun‘iy charmdan tayyorlangan poyabzallar 7 yoshgacha bo„lgan
bolalardan tashqari, aholining barcha yosh va jins guruhlari uchun ishlab
chiqariladi.
Ishlab chiqarish usuli bo‗yicha maishiy poyabzallar mexanik va qo„l
usuliga ajratiladi. Qo„lda ishlab chiqariladigan poyabzallarda rantni tikish
va tanavorni qolipga tortish qo„lda bajariladi.
Tayyorlash tarzi bo‗yicha erkaklar va ayollar poyabzallari ommabop,
modabop, bolalar hamda yosh bolalar poyabzallari ommabop va bezakli
guruhlarga bo„linadi.
Zamonaviy poyabzallar ommabop poyabzallarga nisbatan yuqori
sifatli qimmatbaho materiallardan tikiladi, yaxshi bezalgan va patagi tabiiy
charmdan tayyorlanadi. Shuning uchun ular bejirim, yengli va murakkab
bezak pardozli bo„ladi.
Bolalarning bezatilgan poyabzallari ham ko„proq qimmatbaho
materiallardan (xromli lok, upuka va boshq.), ochiq, rang-barang tusli,
qismlari bir rangli, qurama, turli shaklli qoplamalar va dekorativ bezaklar
bilan bezalgan holda chiqariladi.
289
Poyabzallarning tumshuq qismi fasoni va poshnasi modaning
ta‟sirida tez-tez o„zgarib turadi. Tumshug„i ingichka, kesik, oval va aylana,
poshnasi stolbaga o„xshash, shpilka, ponaga o„xshash va boshqa shakllarda
bo„lishi mumkin. Poshnalar balandligi bo„yicha past (26 mm.gacha), o„rta
(26-45 mm), baland (46-60 mm) va juda baland (60 mm. dan yuqori)
bo„ladi.
Modelining murakkabligi ustki qismi tanavorining bichilish shakli
bilan tavsiflanadi. Murakkablilik darajasi bo„yicha ommabop poyabzallar
uch toifaga bo„linadi: silliq, pardozli va shaklli bichilgan. Modabop
erkaklar poyabzallari birinchi va ikkinchi, ayollar modabop poyabzallari
birinchi, ikkinchi va uchinchi murakkablilik toifalarga bo„linadi.
Bolalarning bezatilgan poyabzallari faqat shaklli bichimda tayyorlanadi.
Etiklar bichilgan va kamroq tortilgan (ustki qismi bir bo„lak
charmdan tayyorlangan) holda ishlab chiqariladi.
Etikchalar, yarim etikchalar etiklardan qo„njisining balandligi,
modelining xilma-xilligi, bezaklari va berkililadigan ilmog„i (zastyojka)
bilan farq qiladi. Ular har xil balandlikdagi poshnalarda ishlab chiqariladi.
Botinkalar oyoqni pastki boldir qismigacha, yarim botinkalar to„piqqacha
yopib turadi. Bichilishi va konstruksiyasining o„ziga xos xususiyatlari
bo„yicha turli-tuman bo„lishi mumkin. Ilmog„i esa xilma-xil (shnur,
rezinka. pryajka, «molniya» ilmoqli va boshq.).
Tufli yarim botinkaga nisbatan ko„proq tanavorining (taxminan
uzunligining 2/3 qismi, yarim botinkada uzunligining yarmigacha)
ochiqligi bilan farq qiladi. Tuflilar uchun ko„proq murakkab bichimlar,
bezakli pardozlar va chiroyli siluetlar xosdir. Tuflilar tanavorining
an‟anaviy bichimiga qayiqcha (lodochka) bichimi, yozgi ochiq tumshuqli
hamda ochiq o„kchali, pantolet turidagi (qayishsiz ochiq o„kchali),
qayishlardan bichilgan va boshqalar kiradi.
Sandallar sandal usulida mahkamlangan, astar va pataksiz, mayda,
katta-katta teshikli, bir yoki ikki berkitiladigan qayishli hamda poshnasiz
poyabzal.
Sandaletlar har xil bichimli yozgi yarim botinka, odatda, katta-katta
teshikli, rantli, yonbosh va qurama uslublarda mahkamlangan bo„ladi.
290
Sandaletlar erkaklar, ayollar, o„g„il bolalar va maktab yoshidagi bolalar
uchun ustki qismi tabiiy charm hamda sun‟iy materiallardan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |