A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Sun‘iy  va  sintetik  poyabzal  materiallari.  Sun‘iy  charmlar



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Sun‘iy  va  sintetik  poyabzal  materiallari.  Sun‘iy  charmlar. 
Poyabzallar tayyorlashda sun‟iy charmlarning keng ko„lamda qo„llanilishi 


282 
 
sababli  ishlab  chiqarish  hajmi  ko„payib,  assortimenti  esa  kengayib, 
tannarxi pasayib bormoqda. Sun‟iy charmlarning tannarxi -nisbatan arzon, 
qalinligi  va  barcha  maydoni  bo„yicha  bir  xil  xususiyatliligi  bilan 
tavsiflanadi.  Poyabzallarning  tag  qismi  uchun  ishlatiladigan  sun‟iy 
materiallar yeyilishga barqaror, suvga chidamli, yuza qatlamidagi polimer 
qoplamning  yuqori  plastikligi  payvand  qilish,  qizitib  naqsh  bosish  va 
qismlarini  osongina  qoliplash  imkonini  beradi.  Shuning  bilan  bir  qatorda 
sun‟iy charmlarning ayrim turlari ko„plab egilish-bukilishga (ayniqsa, past 
haroratda) chidamsiz, havo va bug„ o„tkazuvchanligi past. Hozirgi paytda 
mamlakatimizda  va  boshqa  ko„plab  davlatlarda  gigiyenik  xususiyatlari 
hamda  tashqi  ko„rinishi  bo„yicha  xromli  charmlarga  yaqinroq  bo„lgan 
sun‟iy  charmlar  ishlab  chiqarilmoqda.  Ular  sintetik  charmlar  sifatida 
ma‟lum. Sun‟iy poyabzal materiallari ishlatilishi bo„yicha poyabzallarning 
ustki va tag qismi uchun guruhlariga ajratiladi. 
Polimer  qoplamlarining  tarkibiga  kiruvchi  bog„lovchi  moddalar 
bo„yicha  poyabzallarning  yuza  qismi  uchun  sun‟iy  charmlar  kauchuk 
(elasto),  polivinilxlorid  (vinil),  nitroselluloza  (nitro),  poliamid  (amid), 
poliefiruretan  (uretan)  hamda  shularning  aralashmalari  bilan  qoplangan 
guruhlarga ajratiladi. Asosining tuzilishi bo„yicha sun‟iy charmlar gazlama 
(T), trikotaj (TR), noto„qima (NT) asosida bo„lishi mumkin. 
Etastosun‘iy  charmlar  yuft  va  ayrim  xromli  charmlarning  o„rnini 
almashtiruvchi  charm  sifatida  ko„proq  etiklarning  qo„njlari  uchun 
ishlatiladi.  Bularga  quyidagilar  kiradi:  poyabzal  kirzasi  -  uch  qatlamli 
paxta  gazlamali-kirza  lateks  aralashmasi  (sintetik  kauchuklarning  suvdagi 
dispersiyasi)  bilan  qoplangan  va  vulkanizatsiyalangan;  poaybzal  uchun 
g„ovakli  elastosun‟iy  charm-T  (karboksilatli  charm)  -  g„ovakli  tuzilish 
bilan  qoplangan,  elastik,  etikchalarning  ustki  qismi  uchun  ishlatiladi; 
sovuqqa  chidamli  poyabzalli  elastosun‟iy  charm-T  -  velveton  astarli; 
patakli elastosun‟iy charm-T - yumshoq qoplama hosil qiluvchi (porolonga 
o„xshash), ko„pikli lateks bilan qoplangan; astarbop elastosun‟iy charm-T 
(«sun‟iy  futor»)  -  ochiq  binafsha  rangli  material,  ushlaganda  yumshoq, 
yuza tomoni qoplamsiz, ustki tomonidan zamshani eslatadi. 
Vinilsun‘iy  charmlar  barcha  tuzilishdagi  to„qima  asoslarda  ishlab 


283 
 
chiqariladi.  Bularga  shargolin  (xususiyatlari  va  tashqi  ko„rinishi  bo„yicha 
poyabzal  kirzasini  eslatadi,  bulg„orli  poyabzallarning  qo„nji  uchun 
ishlatiladi),  vinilsun‟iy  charm-T  «tekstovinit»  (gazlamaning  teksturasiga 
o„xshatib qizdirib, gul bosilgan), lokli vinilsun‟iy charm-T va NT «sun‘iy 
lok»,  birlashtirilgan  vinilsun‟iy  charm-T  «sovinol»  (polivinilxlorid, 
kauchuk qoplamli) va boshqalar kiradi. 
Nitrosun‘iy  charm-T  «granitol»  texnik  gazlamaga  nitroselluloza 
mastikasini  surtish  (qoplash)  y‟oli  bilan  olinadi.  Yuqori  qattiqligi  bilan 
ajralib, qattiq dastak (zadnik) va tumshuq taglari tayyorlanadi. 
Uretanosun‘iy  charmlar  gazlama  va  trikotaj  asosida  tayyorlanadi. 
Ularyumshoq,  eiastik  hamda  ko„p  havo  o„tkazuvchan,  etikchalarning 
qo„njisini tayyorlaydigan flover-lok, sellana-lok va boshqalarni o„z ichiga 
oladi. 
Amidoelastosun‘iy  charm-T  va  NT  tik-sarja  hamda  shakli 
o„zgartirilgan  (modifikatsiyalangan)  g„ovakli  poliamidli  lateks  bilan 
qoplangan  noto„qima  material  asosida  olinadi.  Bu  materiallarning  har 
ikkisi ham tashqi tomonidan charmga o„xshash, astarlar tayyorlanadi. 
Takrorlangan  vinil  va  amidoelastosun‘iy  charm-T  yuza  tomonidan 
vinilsun‟iy  charm-T  «sun‟iy  lok,  astar  uchun  ishlatiladigan  g„ovakli 
poliamidlateksli  qoplamadir.  U  yuqori  chastotali  tok  bilan  birlashtirish 
mumkin bo„lgan astarsiz poyabzallarning ustki qismi uchun qo„llaniladi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish