A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Tabiiy  charmlar  assortimenti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Tabiiy  charmlar  assortimenti.  Tabiiy  poyabzal  charmlari 
ishlatilishi bo„yicha ikki guruhga: ustki va tag qismga bo„linadi. 
Poyabzallarning  ustki  qismi  uchun  charmlar  o„ta  yumshoqligi  va 
uncha  katta  bo„lmagan  qalinligi  bilan  xususiyatlidir.  Ular  quyidagi 
belgilari  bo„yicha  bo„linadi:  oshlash  hamda  yuza  qismini  pardozlash 
usullari,  ishlatiladigan  xomashyosi,  rangi,  turi  va  boshqalar.  Poyabzal 
charmlari  oshlash  usuli  bo„yicha  xromli,  tannidli,  qurama,  yog„li  va 
formaldegidli charmlarga ajratiladi. 
Yuzali  xrom  charmlari  (xrom  litsevoy)  qoramol  terilaridan  olinadi. 
Ularga  quyidagilar  kiradi:  upuka  -  yoshi  6  oygacha  bo„lgan  buzoqcha 
terisidan  olingan  charm,  u  eng  qimmatli  charmlardan  biri  hisoblanadi; 
buzoq  (virostok  va  polukojnik)  -  yoshi  6  oydan  yuqori  buzoqlar  terisidan 
olingan  charm;  buqa  (novvos)  va  qisir  sigir  terisidan  olingan  charm  va 
boshqalar.  Bularning  barchasi  yetarli  darajada  zich,  kam  cho„ziluvchan, 
yumshoq,  tabiiy  yuza  sirtli  va  o„zining  tabiiy  guli  bilan  bo„ladi.  Vuzali 
xrom  charmlar  har  xil  yoshdagi  guruhlar  uchun  modabop  va  ommabop 
poyabzallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Shevro  -  maydoni  60  dm
2
  dan  ortiq  bo„lmagan  yosh  echkilarning 
terisidan  olingan  yupqa  va  yuqori  sifatli  charm.  Shevroning  yuzasidagi 


280 
 
guli (mereyasi) baliq tangachalarini eslatuvchi chiroyli mayda naqshi bilan 
ajralib turadi. Ular modabop poyabzallar olishda qo„llaniladi. 
Echki  xromi  (kozlina)  yoshi  katta  echki  terilaridan  olinadi.  U 
shevroga  nisbatan  qalin,  maydoni  katta,  qattiqroq  va  yuzasidagi  gullari 
kattaroq bo„ladi. 
Shevret  shevroga  nisbatan  mustahkamligi  kam  (bo„sh)  va  yumshoq 
cho„ziluvchan charm bo„lib, qo„y terisidan olinadi. Yuzasidagi tabiiy rasmi 
bo„yicha shevroga o„xshash. Undan, asosan, xonada kiyiladigan va yozgi 
yengil poyabzallar tayyorlanadi. 
Xromli  cho„chqa  charmi  (cho„chqa  xromi)  -  yuza  qismidagi  rasmi 
uyachalarni eslatuvchi dag„al va qattiq charm. Dermada ochiq teshikchalar 
mavjud  (jun  tolasining  jun  xaltalarida),  ayniqsa,  ular  astar  tomonidan 
yaxshiroq ko„rinadi. Bu esa o„z navbatida charmning yuqori darajada nam 
o„tkazuvchanligini bildiradi. 
Xromli  cho„chqa  charmlari  quruq,  kam  to„ldirilgan  va  ushlaganda 
dag„al  bo„lishiga  qaramasdan,  nisbatan  yuqori  mustahkamlik  chegarasiga 
ega.  Ular  bosib  naqsh  berilgan  yoki  yuzasi  boyitilgan  holda  ishlab 
chiqariladi. Ko„proq har xil maishiy va sport poyabzallari tayyorlanadi. Ot 
terisidan olingan xromli charmlar yuzasidagi guli (mereya)ning echki terisi 
guliga  o„xshashligi  hamda  tolali  tuzilishi  bo„yicha  tana  va  buqalarnikiga 
yaqinligi  bilan  ajralib  turadi.  Ular  ko„pincha  tabiiy  yuza  qatlami  yoki 
sun‟iy qoplami kesilgan holda mereyali qilib ishlab chiqariladi. Xromli ot 
charmlaridan  erkaklar.  ayollar  va  bolalarning  har  xil  poyabzallari 
tayyorlanadi. 
Velyur - qalin, bir tusli past patli, asosan, qora yoki jigarrangli charm. 
U upuka, buzoq, echki xromi va yuza qismida ko„proq nuqsonlari bo„lgan 
hamda boshqa charmlarning astar tomonidan silliqlash yo„li bilan olingan 
charm. 
Nubuk  -  nuqsonlari  bo„lgan  charmlarning  yuza  tomonidan  silliqlab 
olingan  pat  qoplami  past  bo„lgan  charm.  U  yozgi  poyabzallarning  yuza 
qismi uchun ishlatiladi. 
Loklangan charmlar yuzali xrom charmlari (upuka, buzoq va boshq.), 
echki, shevro, ot, cho„chqa va boshqa xromli charmlarning yuza qatlamiga 


281 
 
poliuretanli  lok  qoplash  yo„li  bilan  olinadi.  Juda  yaltiroq  bo„ladi,  ranglar 
gammasi  xilma-xil  (oq,  qora,  jigarrang  va  boshq.).  Erkaklar,  ayollar  va 
bolalarning chiroyli poyabzallari uchun ishlatiladi. 
Bulg„ori  (yuft)  charmlar  qurama  usulida  olingan  charmlar  qatoriga 
kiradi  va  poyabzallarning  ustki  qismi  uchun  qo„llaniladi.  Tarkibida  yog„ 
moddasining  ko„pligi,  qalinligi  va  mustahkamligi  bo„yicha  xromli 
charmlardan  farq  qiladi.  Ishlatilishi  bo„yicha  poyabzal  va  sandal  bulg„ori 
charmiga  bo„linadi.  Poyabzal  bulg„ori  charm  tarkibida  26-  30%  yog„ 
bo„lib, u suvga chidamlilik xususiyatini beradi. Ko„proq maxsus va ishchi 
poaybzallar  tayyorlanadi.  Xomashyosi  bo„yicha  sigir  (eng  zich, 
mustahkam  va  suvga  chidamli),  cho„chqa  (yupqaroq,  qiltiq  junlaridan 
qolgan  teshikchalar  mavjud)  va  ot  (g„ovakroq  va  bo„shroq)  bulg„ori 
charmlariga ajratiladi. Sandal bulg„ori charmining tarkibida (6-12%) yog„ 
moddasi  kamroq,  qattiqroq,  tabiiy  va  sun‟iy  yuzali  (rnereya)  bo„ladi  va 
sandallar ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 
Zamsha  -  bu  patli  charm  bo„lib,  yog„lash  usuli  bilan  oshlanadi  va 
bug„u,  kiyik,  uy  va  yovvoyi  echki  terilaridan  olinadi.  Zamsha  yetarlicha 
mustahkam, yumshoq, havo o„tkazuvchan hamda suvga chidamli, ko„proq 
qora  rangga  bo„yaladi.  Undan  ayollarning  modali  poyabzallari 
tayyorlanadi. 
Poyabzallarning  tag  qismi  uchun  charmlar  ko„proq  qoramol,  oz 
miqdorda cho„chqa va ot terisidan tayyorlanadi. Ular o„ta qalinligi hamda 
qattiqligi bilan ajralib turadi, qurama usulda oshlash yo„li bilan olinadi. 
Poyabzallarning  tag  qismi  uchun  charmlar  ishlatilishi  bo„yicha 
quyidagilarga  bo„linadi:  tagcharmli  (qalinligi  3,6-6  mm,  asosan  cheprak-
qoramol  terisining  o„rta  qismi  va  olning  sag„risi),  patakli  (bo„yni  va 
qalinligi 3,5 mm. dan kam bo„lgan qorin qismi) va poshna fliklari (yig„ma 
poshna  qatlami).  Cho„chqa  terisidan  tayyorlangan  tagcharm  qalinligi 
nisbatan  kamroq.  Bu  charmlar  qattiqlik  darajasi  bo„yicha  tagcharmi  ip, 
yelim  hamda  burama  mixlarda  mahkamla-nadigan  poyabzallar  (ko„proq 
qattiq) uchun ishlatiladi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish