A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


O sokor, qoraterak (Populus nigra



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

O sokor, qoraterak (Populus nigra 
L.) bo‘yi 30 m, diametri 1,5 m, 
shox-shabbasi keng, piramida va tuxumsimon shaklda, yirik daraxt 
bo‘lib, tanasi bitta yoki shoxlangan b o ‘ladi. Po‘stlog‘i bo‘yiga yorilgan, 
to ‘q kul rang. Shoxlari kul yoki novvoti rang. Barglari tuxumsimon yoki 
deltasimon, b o ‘yi 3-5 sm, eni 3,5 sm, o ‘tkir uchli, cheti tishchali, bargi 
bandli, bir oz tukli. Novdasi yumaloq, sariq, pushti, yashil, bir oz kalta 
tuklari bor yoki tuksiz. Barg kurtaklarining bo‘yi 18 mm, konus 
shaklida, uchli, tuksiz. Novdasidagi barglar 7,5 sm, eni 7,2 sm, 
ovalsimon-uchburchak shaklida, deltasimon, tubi keng ponasimon yoki 
tekis, cheti tishchali. Barg bandi 2,7-3,5 sm, bir oz tukli yoki tuksiz. 
Changchi gulli kurtaklarining b o ‘yi 10-12 mm, tuxumsimon, jigarrang
tuksiz. Kuchalasining bo‘yi 6,9 sm, eni 1 sm, ko‘p gulli, guli 24 ta 
bo‘lib, tuksiz kalta bandda joylashadi. Gulyon bargchalari pardasimon, 
qo‘ng‘ir rangda, bo‘yi 3-5 mm, keng yoki yumaloq shaklda, tubi 
ponasimon, tuksiz, cheti chuqur o ‘yiq. Urug‘chi gulli kurtaklarining 
bo‘yi 14-16 mm, juvoldizsimon, silliq, yashil-qo‘ng‘ir rangda, yelimli, 
tuksiz. Kuchalasining bo‘yi 5-7 sm, eni 0,8 sm, kalta tukli, ko‘p gulli, 
guli 33-40 ta bo‘lib, 15 mm li gulbandchada joylashadi. Gulyon 
bargchalari pardasimon, uchburchak shaklda, uchi uzun kiprikli. Ko‘sagi 
tuxumsimon yoki yumaloq, bo‘yi 5-7 mm, eni 3,5-5 mm, uch pallali
tuksiz, mayda do‘mboqchali. U rug‘i yirik bo‘lib, bo‘yi 2 mm, eni 1 mm, 
oq, cho'zinchoq, kalta kigiz tukli.
Y og‘ochi oq, o ‘zagi qo‘ng‘ir rangda, yumshoq, yengil bo‘lib, 
qiyshaymaydi, yorilmaydi, keyinchalik qorayadi. Shuning uchun ham u 
qoraterak deb ataladi. Y og‘ochida selluloza miqdori 50% ni tashkil 
etadi. O lq ildizi sershox. Suv bosishiga va sovuqqa chidamli. Qora 
terakning k o ‘p shakllari bo‘lib, ular barg plastinkasining tuzilishiga 
ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Qoraterak urug‘dan hamda qalamchadan


yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi. Kuchsiz sho‘rtob tuproqli yerlarda o ‘sa 
oladi.
Qoraterak MDH ning Yevropa qismida, Qrim va Kavkazgacha 
bo‘lgan yerlarda, G'arbiy va Sharqiy Sibirning janubiy qismida, Yenisey 
daryosi vodiylarida o'sadi. U G ‘arbiy Yevropaning (Skandinaviya, 
Irlandiya va Shotlandiyalardan tashqari) hamma yerida va Kichik 
Osiyoda ham uchraydi. Bu terak asosan daryo bo‘ylarida o ‘sadi. MDH 
ning Yevropa qismida va Markaziy Osiyo respublikalarida ko‘p ekiladi.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish