A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


Savat toli (Salix viminalis



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

Savat toli (Salix viminalis 
L.) buta bo'lib, bo‘yi 5-6 m, yosh 
novdalari kulrang tukli yoki tuksiz, shoxlari ham tuksiz. Barglari chiziq- 
lansetsimon, o ‘tkir uchli, cheti tekis, pastga egilgan, orqa tomoni 
ipaksimon tukli. Barg chiqarishdan oldin yoki bir vaqtda gullaydi. Bu tol 
Rossiyaning o‘rmon-tundradan c h o i mintaqasigacha tarqalgan. O lrta va 
g'arbiy Yevropada, Xitoyda, M ongoliyada va Hindistonda uchraydi. U 
daryo bo‘ylarida, orollarda o ‘sib, qalin o ‘rmon hosil qiladi. Bu tol 
qalamchadan yaxshi ko‘karadi. Uning novdasidan eng yaxshi savat 
to ‘qiladi. Po‘stlog‘ida 6-15 % tannin moddasi bor. M adaniy holda 
ko‘plab ekiladi.
Qizil tol (Salix purpurea 
L.) buta, bo‘yi 4 m, shox va novdalari 
uzun, egiluvchan, tuksiz, to‘q qizil rangda bo‘lib, ayrim vaqtlarda qizil 
zangori rangga kiradi. Barglari qarama-qarshi joylashadi. Barg 
plastinkasi yupqa, tuksiz, yashil - zangori rangda, cheti tekis, teskari 
tuxumsimon, quriganda qorayib qoladi. Barglari yozilguncha yoki bir 
vaqtda gullaydi.
U Qrimda, Kavkazda va Markaziy Osiyoda uchraydi, qalamchadan 
yaxshi ko‘payadi Uning egiluvchan ingichka novdalaridan savat 
to‘qiladi. Daryo va ko‘l bo‘ylarida yaxshi o ‘sadi.
Qoratol (Salix australior 
L.) b o ‘yi 15- 25 m ga, diametri 50-80 sm 
ga yetadigan, novdalari qizil-novvoti rangdagi, silliq tuksiz daraxt. Yosh 
novdalarining uchi tukli. Kurtaklari o ‘tkir uchli, novvoti rangda, 
novdaga yotiq joylashgan. Barg bandi kalta, bezsiz. Yon barglarining 
bo‘yi 2-8 sm, eni 1,5-5 sm, o ‘tkir uchli, keng yoki tor lansetsimon, cheti 
tishchali, har ikkala tomoni bir xil yashil rangda tuksiz. Bu tol bir jinsli 
ikki uyli daraxt. Changchi guli kuchalasining b o ‘yi 7 sm, eni 1 sm 
keladi. Gulyon bargchalari tuxumsimon bo‘lib, kalta tukli. U rug‘chi 
gulining kuchalasi 4-6 sm uzunlikda, eni 0,6-0,9 sm. Gulyon bargchalari 
tuxumsimon bo‘lib, kalta tukli. Qoratol barg yozish bilan bir vaqtda 
gullaydi. Qalamchadan ko‘paytirish mumkin.


Y og‘ochi oq, egiluvchan b o ‘lib, novdalaridan savat to‘qiladi. 2-3 
yillik novdalaridan tokzorlarga ishkom qilish uchun va mayda asbob- 
uskunalar yasashda ishlatiladi. Bu tol Oloyorti past tog‘larida, Janubiy 
Q ozog‘iston va Markaziy Osiyodagi daryo bo‘ylarida tarqalgan. U 
madaniy holda ko‘p ekiladi.
M ajn u n to l (Salix babylonica L.) Bo‘yi 8-10 m, diametri 50-60 sm 
bo ‘lgan daraxt. Po‘stlog‘i b o ‘yiga yorilgan, to‘q kul rangda. Shoxlari 
uzun, ingichka bo‘lib, ko‘pincha pastga osilib turadi. Novdasi sariq- 
yashil yoki qizg‘ish rangda. Kurtaklari mayda, o ‘tkir uchli, yashil- 
qo‘ng‘ir rangda. Barglari tor lansetsimon, bo‘yi 10-16 sm, eni 1-1,5 sm, 
uchi o ‘tkir, cheti mayda tishchali, ayrim vaqtlarda tishsiz. Yosh 
novdasidagi barglari tukli, yuz tomoni tiniq yashil, yaltiroq, orqa tomoni 
oqish yoki zangori rangda. Barg bandining bo‘yi 0,7-0,9 sm, bezsimon 
tukli, 15-30 ta yon tomiri bor. Yon bargchalari lansetsimon yoki 
juvoldizsimon, o ‘tkir uchli, cheti tishchali. Ikki uyli daraxt. Kuchalasi 
ingichka, kalta bandli, tubida bargchalari bor, gullari zich joylashgan, 
barg yozib bo ‘lgandan so‘ng gullaydi. Gulyon bargchalari ingichka, 
tuxum yoki lansetsimon, uchki qismi uzun tukli. Bu tol qalamchadan 
yaxshi k o ‘payadi.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish