Vzu davlat va huquq asoslari



Download 395,4 Kb.
bet53/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Shartnoma

Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash,


o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o’zaro kelishuvidir.
Shartnoma atamasi uch manoda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki moddiy manfaatlar to’g’risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va yuridik shaxslar) nima to’g’risida o’zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat manosida ishlatiladi. Bu erda u o’zining birinchi manosi – yuridik fakt sifatida ko’riladi va o’rganiladi.
Shartnoma tushunchasida asosiy belgi, asosiy shart – taraflarning muayyan natijaga erishishga qaratilgan o’zaro kelishuvlaridir. Taraflarning har qaysisi tomonidan shartnoma bo’yicha olinadigan huquq va burchlar har xil bo’lsa ham, ular oqibatida yagona huquqiy natija beradi, masalan, biron-bir narsaga nisbatan egalik huquqi o’tkaziladi yoki biron-bir ashyodan foydalanish huquqi olinadi va h.k.
Taraflarning kelishuvlari natijasida erishiladigan bevosita aniq natijani mazkur shartnoma
tuzishda taraflarning o’z oldilariga qo’yilgan asosiy maqsaddan ajratish kerak. Masalan, metallurgiya zavodi mashinasozlik zavodi bilan muayyan miqdordagi, shart qilingan nav va markali po’latni etkazib berish to’g’risida shartnoma tuzadi. Bu erda taraflar o’zaro kelishuvlarining bevosita natijasi metallurgiya zavodi tomonidan mashinasozlik zavodiga shartnoma bilan belgilangan muddatlarda va muayyan shartlarga binoan malum miqdorda po’lat etkazib berish hisoblanadi. Shartnomaning maqsadi esa har ikki taraf uchun umumiy bo’lib, taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha ko’rsatkichlarini bajarishdan, pirovardida foyda (daromad) olishdan iborat bo’ladi. Binobarin, har ikki taraf ham shartnomani lozim darajada bajarishni o’zlarining burchlari deb biladilar.
Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish uchun tuziladi. Bazi hollarda shartnoma shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi. Bu adabiyot, fan va sanat asarlarini yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar, chunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari, kinostsenariyalar va boshqa shartnomalar uchun xarakterlidir.
2. Shartnomalarning turlari
Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar o’rtasida huquq va majburiyatlarning o’zaro
taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalarga bo’linadi. Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq bo’lib, hech qanday majburiyat bo’lmaydi, ikkinchi tarafda esa faqat majburiyat bo’ladi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o’z vaqtida qarz beruvchiga qarzga bergan pul summasini talab qilish huquqiga ega. Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq va majburiyatga ega bo’ladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo’yicha sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega bo’lib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa – olayotgan ashyoning bahosini to’lashi zarur bo’lib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Fuqarolik muomalasi tuziladigan shartnomalarning ko’pchili-gi ikki tomonlama bo’lib, yuqorida ko’rsatilgan oldi-sotdi shartnomasidan tashqari mahsulot etkazib berish, mulk ijarasi, pudrat va boshqa shartnomalardan iborat. Ko’p tomonlama shartnomalar ham mavjud bo’lib, unda taraflar uch va undan ortiq bo’ladi. Ularda bir paytning o’zida har bir tarafda muayyan huquq va majburiyatlar bo’lishi xarakterlidir. Masalan, franshizing, lizing shartnomalari.



Download 395,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish