Vzu davlat va huquq asoslari


Mazkur majburiyatning ikki turi mavjud



Download 395,4 Kb.
bet51/112
Sana01.02.2022
Hajmi395,4 Kb.
#421280
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112
Bog'liq
Huquqshunoslik

Mazkur majburiyatning ikki turi mavjud:

  • fuqarolik huquqiga oid u yoki bu shartnomani bajarmaslik yoki undagi shartlarga rioya etmaslik sababli yuzaga keladi (masalan, to'lovni kechiktirish yoki tovarlarga haq to'lamaslik kabi shartnomaviy majburiyat);

  • fuqaroning hayoti. sog'liq yoki mol-mulki yoxud davlat mol- mulkiga zarar yetkazish (masalan, yo'l-transport hodisasi natijasida zarar yetkazish kabi shartnomadan tashqari majburiyat sababli yuzaga keladiganlar.

Shartnomada ko'rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun fuqarolik axloqiga oid javobgarlik quyidagilardan iborat:

  1. ziyonni qoplash: birinchidan, kreditorning buzilgan huquqi, buzilgan yoki yo'qotilgan mulkini (bu ham, o'z navbatida, real ziyonni tashkil etadi) tiklash bo'yicha xarajatlar; ikkinchidan. basharti huquqlari buzilmagan bo'lsada, kreditor olishi mumkin bo'lgan daromadni ololmaganlik (qo'ldan ketgan foyda).

  2. neustoyka (aybona, jarima, penya) shartnomada aniq, ko'rsatilgan pul miqdoridan iborat bo'lib, uni qarzdor shartnomani bajarmaganlik yoki oxirigacha bajarmaganlik uchun kreditorga to'lashi kerak. Mazkur qarz qat’iy pul summasida yoki foizlarda ifodalanishi mumkin.

Shartnomadan tashqari majburiyatda, masalan, kishining hayoti, sog'ligi yoki mol-mulkiga ziyon yetkazilganda, fuqarolik huquqiga oid javobgarlik yetkazilgan zararni qoplash tarzida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, jabrlanuvchining sog'ligiga zarar yetkazilishi bois, yuzaga kelgan qo'shimcha xarajatlar (davolanish, qarov, to'yimli ovqatlanish va boshqalar) ham qoplanadi. Biroq. mazkur xarajatlarning so'ralishi qonunga muvofiq ravishda isbotlanishi shart.
Jismoniy va manaviy jabr ko'rgan fuqaro, mulkiy zararni qoplash bilan birga, ma'naviy zararning ham qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo'lib, buni sud pul shaklida belgilaydi.
Fuqaroviy-huquqiy majburiyatni tavsiflash bilan bir qatorda uni qo'llashning quyidagi tartibini aytib o'tish kerak. Chunonchi, huquqi buzilgan shaxs sud, xo'jalik sudiga zararning qoplanishi, neustoykani to‘lash talabi bilan murojaat etishi mumkin. Umumiy da’vo muddati uch yilga teng bo'lib, shaxs majburiyatlarining buzilganligini bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasida fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi qonun Fuqarolik Kodeksi bo'lib, uning birinchi qismi 1995- yil 29-dekabrda, ikkinchi qismi 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan. Fuqarolik Kodeksiningikkala qismi 1997-yil 1-martda kuchga kirdi.
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi mulkiy va u bilan boshqa nomulkiy munosabatlami tartibga soladi. Mazkur munosabatlar tomonlarning tengligi, xohish-irodaning daxlsizligi va ishtirokchilarning mulkiy mustaqilligiga asoslangan.
Fuqarolik Kodeksi quyidagi munosabatlami tartibga soladi:

  • birinchidan, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini belgilashga oid;

  • ikkinchidan, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning vujudga kelish asoslarini amalga oshirish tartibi bo ‘yicha;

  • uchinchidan, intellektual faoliyat natijalariga huquq, belgilash bo ‘vicha;

  • to ‘rtinchidan, shartnomaviv va shartnomadan tashqari majburiyatlarni tartibga solish bo 'yicha;

  • beshinchidan, mulkiy va ular bilan bog 'liq, boshqa shaxsiv nomulkiy munosabatlami tartibga solish bo 'vicha va hk.

Fuqarolik huquqi ma’muriy va davlat ishtirokidagi — boshqa munosabatlar, shuningdek, soliqqa oid va boshqa moliyaviy munosabatlami tartibga solmaydi,
Fuqarolik munosabatlarning ishtirokchilari — fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat.
Fuqarolik huquqining prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • tartibga solinayotgan munosabatlar ishtirokchilarining o'zaro tengligi;

  • mulkning daxlsizligi;

  • shartnoma tuzish erkinligi;

  • har kimning xususiy ishlariga aralashuvning yo'l qo'yilmasligi;

  • buzilgan huquqlarning tiklanishini ta'minlash;

  • buzilgan huquqlarni sud orqali himoyalash.

Fuqarolik munosabatlari quyidagi yuridik faktlar natijasida yuzaga keladi:

  • shartnoma va boshqa davlat organlari kelishuv hujjatlarining tuzilishi;

  • sud qarorlarining qabul qilinishi;

  • mulkka egalik qilish;

  • intellektual faoliyat va san’at asarlarining yaratilishi (fan, adabiyot, san’at asarlari va boshqalar);

  • boshqa shaxsga zarar yetkazilishi;

  • asossiz boyish;

  • inson ixtiyoriga bogiiq bo'lmagan hodisaning ro‘y berishi (masalan, tabiiy ofatlar, bola tug‘ilishi, oiim va boshqalar).

Fuqaro o'zining buzilgan va da’voli huquqlarini sudga murojaat etish orqali hal qilishi, buzilgan fuqarolik huquqlarini bir qator usul va vositalar yordamida himoyalashi mumkin.
Mulkiy munosabatlarda ishtirok etish uchun fuqaro quyidagi xislatlarga ega bo'lishi kerak, ya’ni unda huquqiy layoqat va muomala layoqati bo'lishi zarur.
Fuqarolik huquqi subyektlariga yuridik shaxslar ham tegishli bo'lganligi sababli, ularning xususiyatlari, turlari, huquqiy mavqei bilan tanishish lozim. Fuqarolik huquqi obyektlariga ashyolar, pul, qimmatbaho qog'ozlar, mulkiy huquqlar, ish va xizmatlar, tadqiqotlar, ishlab chiqarish loyihalari, fan, adabiyot, san’at asarlari hamda intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek, shaxsiy nomulkiy hamda boshqa moddiy va nomoddiy ne’matlar kiradi.



Download 395,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish