Shartnonui nazariya. Gollandiyada ushbu nazariyani Grosiy va Spinoza, Angliyada — Lokk va Gobbs, Fransiyada Russo. Rossiyada A. N. Radishchev rivojlantirgan. Ularning fikrieha. hokimiyat xalqqa tegishli boiib. xalq uni monarxga bergan. Normal hayot kechirish uchun odamlar davlat tuzish to'g'risida o'zaro shartnoma tuzadilar, ixtiyoriy sur’atda unga o'z huquqlarining bir qismini topshiradilar. Keyinchalik ularning maium bir shaxsga bo'ysunishlari haqida ikkilamchi shartnoma tuziladi. Agar monarx hokimiyatni suiiste’mol qilsa, xalq qo'zg'olon ko'tarishga va monarxni taxtdan ag‘darishga haqli boiadi.Shartnoma nazariyasiga ko'ra, davlat — ongli ijod mahsuli, odamlar kelishgan ahd natijasi. Davlat — o'zaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti bo'lib, ana shu shartnoma asosida ular o'zlarining erkinliklari va hokimiyatining bir qismini davlatga beradilar.
Zo'ravonlik nazariyasi (Gumplovich, Kautskiy, Dyuring)ga ko'ra, zo'ravonlik asosida bir qabila ikkinchi qabilani bosib oladi va natijada bosib olingan qabila bosib olgan qabilaga itoatkor hisoblanadi. Bosib olgan qabila esa hokimiyatini mustahkamlash uchun davlatni tuzadi.
Irrigatsiya nazariyasiga ko'ra, davlatlarning kelib chiqishi, ularning ilk shakllari Sharqda ulkan irrigatsiya (suv) inshootlarini qurish va ulardan foydalanish bilan bog'liq. Ushbu nazariya nemis olimi Vittfogelning «Sharq istibdodi» («Восmочный деспоmизм») asarida ifodalab berilgan.
Sinfiy nazariya namoyandalari (K. Marks, F. Engels, V. I. Lenin) fikricha, davlat iqtisodiy sabablar — ijtimoiy mehnat taqsimoti, qo'shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo boiishi, jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralishi tufayli kelib chiqqan. Ushbu jarayonlarning obyektiv natijasi oiaroq davlat o'zining maxsus boshqarish va bostirish vositalari bilan ana shu sinflarning kurashini bostirib turadi. Bunda davlat hukmron sinf manfaatlarini himoya qiladi. V. I. Lenin davlatni sinflarni kelishtirish organi emas, balki sinfiy hukmronlik organi, bir sinfning boshqa sinfni bostirish quroli, bir sinfning boshqa sinf ustidan hukmronligini ta’minlash mashinasi. deb hisoblagan.
Islom nazariyasi. Bu nazariya islomda fiqh fani doirasida VIII- X asrlarda tarkib topgan. Uni ta’riflashda klassik musulmon huquqida hokimiyat munosabatlarini tartibga soluvchi Qur’on va Sunna qoidalari ko‘p emasligini nazardan qochirmaslik muhimdir. Bundan tashqari «davlat» atamasining o'zi ular tomonidan qoilanilmaydi. Faqat «imomat» (dastlabki ma’nosi namozga imomlik) va «xalifalik» (vorislik) tushunchalari mavjud. Ular keyinchalik musulmon davlatini ifodalashda qo‘llana boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |