Vakillik demokratiyasi xalqning o'z hokimiyatini vakillik idoralari. ya’ni demokratik hokimiyatning va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish idoralarining saylab qo'yiladigan organlari orqali amalga oshirilishini bildiradi. Bevosita demokratiya xalqning demokratik hokimiyat masalalarini hal etishda umumxalq ovoz berishi (referendum) yo'li bilan to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishidir.
Demokratik tuzum belgilari:
shaxsning iqtisodiy sohada erkinligi;
inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e’lon qilinishi va kafolatlanishi;
barcha shakllardagi va tom ma’nodagi demokratiya;
hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi;
ijtimoiy hayotda fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm), ijtimoiy birlashmalarning ko'pligi;
qonun ustunligi.
Antidemokratik tuzumga xos xususiyat shundaki, bunday tuzumda davlat idoralari hokimiyatni amalga oshirish chog‘ida demokratik prinsiplar va qoidalarga rioya etmaydilar, ularni doimo yoki tez-tez buzadilar. Bunday siyosiy tuzumda fuqa- rolarning huquq va erkinliklari poymol etiladi, qo‘pol ravishda buziladi, muxolafat bartaraf etiladi (ba’zan juda shafqatsizlik bilan), ba’zida esa parlament singari demokratik institutlar yo‘q qilinadi.
Aksildemokratik tuzum belgilari quyidagilardan iborat:
davlatning huquqdan ustunligi;
davlatning jamiyat hayoti barcha sohalarini nazorat qilishi;
davlatning shaxs manfaatlariga befarqligi;
jamoat tashkilotlarining davlatlashtirilishi;
ijtimoiy hayotning butunlay harbiylashtirilishi;
kam sonli millatlar manfaatlariga e’tibor berilmasligi.
Aksildemokratik tuzumlar ichida fashistik va totalitar tuzumlami ko‘rsatish mumkin.
Fashistik tuzumda har qanday muxolafat yo‘q qilinadi, biron irqning hukmronligi e’lon qilinadi, boshqa hududlarni bosib olish uchun yo‘l ochiladi. 1933—1945-yillardagi fashistlar Germaniyasi va o‘sha davrdagi fashistlar Italiyasi fashistik tuzumli davlatlarga misol boia oladi.
Totalitar tuzum bir partiyaning hukmronligi, huquq va erkinlik- larning poymol etilishi, ko'pincha esa ularning yoppasiga buzilishi, o‘zgacha Fikrlashga qarshi kurash, saylovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatining bo‘lmasligiga asoslangan boshqaruvi deb ta’riflanadi. Totalitar davlat misoli sifatida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin.
Siyosiy tuzum davlat shaklining insonning jamiyatdagi mavqeini belgilovchi eng muhim elementidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |