Tayanch so‘zlar:
nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar, axborot texnologiyalari, multimedia vositalari,
multimedia texnologiyalari, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar, kompyuter, mashg‘ulot, logoped,
korreksiya, logopedik mashg‘ulot.
Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishning asosi bolalarning intellektual saviyasi, bilim va ijodiy
salohiyatini oshirish muammolarini hal qilish zarurati bilan bog‘liqdir. Kognitiv va ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirish, bolalarni o‘qitish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan ta’lim jarayonida multimedia
texnologiyalaridan foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Buning isbotini bir qator rivojlangan davlatlar
ta’lim tizimi erishgan yutuqlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Shu nuqtayi nazardan, mavjud ta’lim
tizimida paydo bo‘layotgan axborot makoni talablariga muvofiq o‘zgarishlarni nazarda tutadigan va buning
uchun yangi axborot texnologiyalari, shu jumladan multimedia vositalaridan foydalanish orqali yechimlarni
taklif qiladigan ta’lim dasturlari e’tiborga loyiqdir.
Multimedia vositalari – bu apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan turli-
tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan
muloqot qilish imkonini beradi. Imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida
multimedia texnologiyalarining ta’lim jarayoniga tadbiq etilishini bolalarning individual xususiyatlari
uchun eng moslashuvchan ta’lim vositalaridan biri sifatida ko‘rishimiz mumkin. Jismoniy va psixik
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish vositalarini ishlab chiqish har doim maxsus pedagogika
sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning ajralmas yo‘nalishi bo‘lib, so‘nggi yillarda maxsus ta’lim
jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha muhim nazariy va amaliy tajribalarni to‘pladi
(Y. L. Goncharova, Z. M. Kordun, O. N. Lizunova, L. R. Lizunova, Z. A. Repina, Y. I. Sakulina va boshqalar.).
Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar ta’lim tizimida media texnologiyalarni qo‘llash fanlararo
bog‘liqlikni kengaytiradi, mavzularni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitishni ta’minlaydi. Bolalarda aqliy
qobiliyatlarining intensiv rivojlanish jarayoni kechadi, ulardagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun asos
yaratiladi. O‘quv jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanish korreksion
ta’limning dolzarb masalalarini samarali yechish uchun imkoniyat yaratadi. Bunda: o‘quv jarayonini qiziqarli
va natijaviyligini ta’minlash hisobiga ta’lim oluvchida o‘quv materialini anglab olish motivatsiyasi ortadi;
mustaqil ishlash va o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikmasi ortadi; o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini va
har bir ta’lim oluvchining o‘zlashtirishini ta’minlaydi; ta’lim oluvchining fikrlashini, bilish hissiyotini, maqsad
sari intilishlarini, ma’naviy tasavvurlarini rivojlantirish hisobiga umumiy faol rivojlanishga erishiladi; o‘quv
jarayonida barcha o‘quvchilarning faolligini ta’minlaydi.
Axborot kompyuter texnologiyalarini bolalarning ta’lim olishi va rivojlanishida qo‘llash hozirgi kunda
eng faol o‘rganilayotgan yo‘nalishlardan biri sanaladi (Y. M. Gorvits, N. A. Zvorygina, I. V. Ivanova, L. A. Leonova
va boshqalar). Ba’zi olimlar (B. F. Lomov, V. Y. Lyaudis, S. L. Novoselova, G. P. Petku va boshqalar) o‘z ishlarida
axborot-kompyuter texnologiyalari va kompyuter o‘yinlarini zamonaviy maktabgacha ta’limda qo‘llash ta’lim
jarayonining mahsuldorligini oshiruvchi vositalaridan bir ekanligini ta’kidlab o‘tishgan.
So‘nggi paytlarda nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarning soni ortib bormoqda, ayniqsa, nutqi to‘liq
rivojlanmagan bolalar hisobiga. Motivatsiya muammosi logopedik ishning asoslaridan biri hisoblanadi.
Ko‘pincha birgina logopedning istagi va nuqsonni korreksiyalashga qaratilgan ish bolalar nutqining ijobiy
tomonga rivojlanishi uchun kamlik qiladi. Ko‘pincha bolalar shug‘ullanishni istashmaydi va tovushlarni
avtomatizatsiyalash uchun har bir bo‘g‘in hamda so‘zni talaffuz qilish ularni charchatadi.
Bolalar mashg‘ulotga qiziqishlari uchun ta’lim jarayonini tashkil qilishda noodatiy yondashuvlar,
rivojlantirishning individual dasturlari va yangi texnologiyalar talab etiladi. Logopedik mashg‘ulotdagi
materiallar individual tarzda taqdim etilishi lozim. Bu topshiriqni multimedia vositalari yordamida hal etish
mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, multimedia texnologiyalaridan kattalar va bolalarning hamkorlik faoliyatida
foydalanish bolaning ruhiy va shaxsiy rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishning samarali usullaridan
biri hisoblanadi, ular bolaning oliy psixik funksiyalarini qayta tiklaydi va faollashtiradi, faoliyat motivatsiyasini
Do'stlaringiz bilan baham: |