108 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
109
PORTFOLIO – BOLALARNING O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCHNI OSHIRISHDA MUHIM VOSITA SIFATIDA
N. Imamova
O‘qituvchi, Nizomiy nomidagi TDPU
Annotasiya.
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining portfoliosining
ahamiyati, yuritilish tartibi hamda portfolio yuritilishidan kutilayotgan ijobiy natija haqida mulohazalar
yoritilgan.
Аннотация.
В статье рассматривается значение портфолио дошкольников, порядок его проведения
и ожидаемые положительные результаты портфолио.
Abstract.
The article discusses the importance of the portfolio of preschoolers, the procedure for its
implementation and the expected positive results of the portfolio.
Kalit so‘zlar:
portfolio, shaxsiy rivojlanish, portret, ijodiy rivojlanish, baholash, ko‘rgazmali, rag‘bat, ijobiy,
yuritmoq, qiziqishlar atmosferasi.
Ключевые слова:
портфолио, личностное развитие, портрет, творческое развитие, оценка, выставка,
мотивация, позитив, ведение, атмосфера заинтересованности.
Key words
: portfolio, personal development, portrait, creative development, assessment, exhibition,
motivation, positive, leading, atmosphere of interest.
Shaxsiy rivojlanishda bolaning o‘z-o‘zini baholay olish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Inson o‘zi
haqida qanchalik ijobiy fikrda bo‘lsa, atrofdagi insonlarga nisbatan ham shunchalik ijobiy qarashga ega
bo‘ladi. Xuddi shunday, bolalarda ham o‘z-o‘zini baholashi muhimdir. Bolaning o‘zi haqidagi bahosini
oshirishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ulardan biri bola uchun portfolio yuritishdir.
Hozirda hech kimga sir emaski, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ham portfolio yaratishi va uni
olib borishi mumkin va kerak. Bolalar uchun portfolio yaratish chet el maktabgacha ta’lim muassasalarida
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekiston MTMlarida ham endilikda yo‘lga qo‘yilmoqda
.
MTM tarbiyalanuvchisining portfoliosi – bu tarbiyalanuvchining MTMga qabul qilinganidan boshlab
yakunlanganida qadar bolaning olib borgan ishlari va yutuqlari haqidagi o‘ziga xos hujjatdir.
Portfolio yuritish bola bilan yanada yaqin munosabat o‘rnatishga yordam beradi, bunda bola bilan
yanada ko‘proq birgalikda vaqt o‘tkazish, umumiy qiziqishlar atmosferasini yaratish kabi imkoniyatlarni
yaratadi, bundan tashqari bolaning muvaffaqqiyatlarini birgalikda bo‘lishish, faoliyatning turli ko‘rinishlariga
qiziqishini rag‘batlantirishni amalga oshirish mumkin. Bunda quyidagi yo‘nalishlar ko‘zda tutiladi:
- jamoaviy
-
shaxsiy rivojlanish;
- bilish-nutqiy rivojlanish;
- jismoniy rivojlanish;
- badiiy-estetik rivojlanish.
Portfolio yaratish nafaqat tarbiyachi, balki, ota
-
ona va bola uchun ham keraklidir. Potfolioga suratlar,
bola qo‘l mehnati bilan yaratgan ishlanmalari, rasmlari, kuzatishlar, bolaning so‘z boyligi hamda rivojlanib
borayotgan malakalari haqidagi ma’lumotlar yozilishi mumkin.
Bolaning portfoliosi suratlarga boy va yorqin bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Va mukammal holatda
bu portfolio bola uchun “Sevimli esdalik” kitobiga aylanishi hamda bundan bola o‘z holicha g‘urur tuyishi
ko‘zda tutilgan.
Ishni boshlashda bolaga bu “Sehrli kitob”ning nima ekanligi va uning bola bilan birgalikda to‘ldirib
borilishi ma’lum qilinishi kerak. Bunda bola tushunmaydi yoki ishdan tez sovib qoladi degan fikrdan yiroq
bo‘lish lozim. Bola albatta tushunadi, chunki har bir bola istisnosiz rangli, yorqin kitoblarni sevadi. Qiziqishi
ham yo‘qolmaydi, chunki bola har bir ijodiy ishni katta qiziqish bilan qabul qiladi va portfolioning vaqti-vaqti
bilan to‘ldirib borilishi boladagi qiziqishning yanada ortishiga sabab bo‘ladi.
Titul varag‘i haqida alohida gapirib o‘tish kerakki, bu varaq bayramdagi chiroyli kostyum kabidir. Bu
barcha ishning o‘zigi xos bo‘lishini ta’minlab beradi. Portfolini to‘ldirayotganda uni ma’lumotlar bilan judayam
to‘ldirib yubormaslikning oldini olish kerak. Ma’lumotlar qisqagina va qiziqarli ravishda turli ranglardan
foydalangan holda kiritilishi kerak. Titul varag‘ini tayyorlashda kompyuterdan foydalanish, bundan tashqari
bolani ham bu ishga qaysidir darajada jalb qilish kerak. Bu bolaning qiziqishini yanada oshiradi.
“Mening olamim” bo‘limi. [“Portret”] Bu yerda bola haqidagi muhim va qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni
joylashtirish mumkin.
“Mening ismi-sharifim”. Bu yerda bolaning ismi nima ma’noni anglatishi, nima uchun aynan shu ism
tanlanganligi hamda bu ismni bolaga kim berganligi haqidagi ma’lumot kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |