108 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
109
“Mening oilam”. Bu yerda bolaning oilasi kimlardan iborat ekanligi, ularning ismlari yozilishi, bundan
tashqari kichik oila daraxtini joylashtirish mumkin.
“Mening do‘stlarim”. Bu yerda bolaning yaqin do‘stlari
,
ularning qiziqishlari yoki umumiy qiziqishlari
kiritiladi.
“Men qayerda yashayman”. Vatan va uning e’tiborga molik joylari haqida.
“Mening bog‘cham”. Bola qaysi bog‘chaga va qaysi guruhga borishi haqida ma’lumot.
“Mening sevimli mashg‘ulotlarim hamda o‘yinlarim”
.
Bola oyisi bilan yoki MTMda olib boriladigan
mashg‘ulotlar
.
“Mening sevimli kitoblarim”. [kitob nomi va muallifi kiritiladi].
“Mening mashg‘ulotlarim”. [bolaga qiziq bo‘lgan u o‘zi yolg‘iz qolganida shug‘ullanadigan ishi, masalan,
rasm chizish, raqs tushish].
“Mening sayr vaqtim”. [bolaning ochiq havodagi mashg‘ulotlari va o‘yinlari].
“Mening bayramlarim”. Bu bo‘limda MTMdagi bolaning tug‘ilgan kuni va boshqa bayramlardagi rasmlar
haqida ma’lumotlar. Masalan, mening 4 yoshga to‘lgan kunim va boshqalar.
“Men o‘sib-ulg‘aymoqdaman” bo‘limi. Bu bo‘limda jismoniy rivojlanish dinamikasi yo‘nalishi kiritilishi
mumkin. Bunda vaqti-vaqti bilan bolaning antropometrik ma’lumotlari kiritib boriladi. Uni jadval, turli grafik
yoki suratlar ko‘rinishida kiritish mumkin. Bolaning bo‘yi va og‘irligiga qo‘shimcha ravishda kaft kattaligi yoki
boshqa ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Bu bo‘limda bolaning tug‘ilgan kunida tushgan rasmlarini kiritish
mumkin.
Jismoniy rivojlanish ko‘rsatgichlari
3 yosh
4 yosh
Bo‘y uzunligi, sm
Og‘irlik, kg
“Mening kaftim”. Bunda bolaning kaft tasvirini tushirib
,
yil sari qanday o‘zgarishini kuzatishimiz mumkin.
Umumiy rivojlanish dinamikasi. Bola tilidan jumlalar, bolaning qiziqarli so‘zlari, jumlalari
.
“Men harflarni bilaman”.
“Men o‘qiyman” [bolaning 3–5 yoshida harflarni, so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qishi]
“Men sanayman” [bolaning 3–5 yoshida 10 gacha, o‘nlab, yuzlab sanashi]
“Mening sevimli qo‘shig‘im”.
“Mening sevimli she’rim”.
“Men chala oladigan musiqiy asboblar”.
“Men raqs tushaman”.
“Atrofimdagi olam”.
“Ijodiy rivojlanish”
.
Bu bo‘lim o‘zida ijodiy ishlarning suratlari, rasmlar, bolalarning turli sahna ko‘rinishlarida
qatnashganlarining suratlarini o‘z ichiga oladi.
Turli janrlardagi rasmlar [akvarael, guash, turli bo‘yoqlar].
Loy ishi [plastilin, loy, turli massalar].
Applikatsiya
.
Konstruksiyalash
.
Ishlanmalarning rasmlari
.
Teatr postanovkalari [rollarni kiritish, fotolarni biriktirish].
“Mening yutuqlarim” – bu bo‘limda diplom, yorliqlar, MTMlarda bolalarni rag‘batlantirish uchun berilagan
yorliqlar berib boriladi. Bu kabi ma’lumotlarni xronologik tartibda joylashtirish maqsadga muvofiq. Turli
konkurslar, sport musobaqalarida qatnashganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Bu blokning materiallari bolaning
individual reytingini tuzishga, ta’lim-tarbiya ishlari olib borilishining natijalarining o‘zgarayotganini bilib
borish imkoniyatini yaratadi.
“Fikr-mulohaza va istaklar” [ko‘rgazmali tarzda] tarbiyachilar, ota-ona, pedagoglar tomonidan.
Pedagogning ijobiy baholashichalik hech narsa bolaga motivatsiya bera olmaydi. Bu bo‘limda bola haqidagi
fikrlar, uning tirishqoqligi, yil oxirida yoki biror tadbirda qatnashganligi haqidagi mulohazalar va takliflar
yoziladi.
MTM tarbiyachisi uchun portfolio tuzish uchun eslatma.
1. Ota-onalarni bola uchun portfolio yuritishda jalb etish.
2. Portfolioning bo‘limlarini tartiblashda raqamlash tavsiya etilmaydi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |