112 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
• 113
oshiradi, uning bola tomonidan boshqariluvini ta’minlaydi. Buning ustiga ular tarbiyalanuvchilarning tarbiya
va o‘qitish jarayonini individuallashtirishni ta’minlovchi vosita sanaladi.
Logopedik ishning samarali kechishini ta’minlash uchun bir qancha komplekslar mavjud: MTT ortopedik
kabineti uchun kompyuter o‘yinlari kompleksi: “Gulcha” va “RELAX” kompyuter dasturlaridan foydalanish
bolalarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda korreksion va rivojlantiruvchi topshiriqlarni uyg‘unlashtirishga imkon
beradi (bu dasturdagi maxsus mashqlar boshqa a’zolarni davolashga tayyorlash maqsadida ortopedik
davo choralari mobaynida olib boriladi); Grafik dasturlar kompleksi – ko‘ruv idrokini rivojlantirish uchun
“Pleoptika”, “O‘rgimchak”, “Belgilar” elektron trenajyorlari; kompyuterdagi logopedik dasturlar kompleksi
mutaxassislarga dizartriya, rinolaliya, duduqlanish hamda ikkilamchi nutq buzilishlarini korreksiya qilishga
yordam beradi. Tasvirlar, materialning musiqa bilan hamohangligi, interfaol o‘yin shaklida taqdim etilishi
dasturni maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nafaqat qiziqarli ko‘rinishiga, balki logoped bilan shug‘ullanish
mobaynida bolaning nutqiy motivatsiyasi, xotira davomiyligi, nutqiy mahsuldorlikni oshirishga ham yordam
beradi.
Shunday qilib, MTТ mutaxassislari tomonidan qayd etilishicha, kompyuter dasturlaridan korreksion
logopedik mashg‘ulotlarda foydalanish idrok (taktil va eshitish idroki) asosida bolaning kompensator
imkoniyatlarini faollashtiradi, diqqatning turg‘unligini oshiradi, ta’lim jarayonida bolaning qiziqishini uzoq
muddat tutib turishga imkon beradi.
Multimedia texnologiyalaridan bolalar bog‘chasida logopedik mashg‘ulotlarda qo‘llash butun
mashg‘ulot mobaynida bolaning turg‘un diqqatini va qiziqishini tutib turish imkonini beradi. U yoki bu nutqiy
buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarning ruhiy emotsional holati turg‘un emasligi va mehnatga layoqati pastligi,
tez toliquvchanligini inobatga olsak, bu o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Kompyuter ma’lumotlarning
bolalarga nisbatan yaqin bo‘lgan barcha turlarini o‘zida jamlagan. Harakat, ovoz, multiplikatsiya ancha vaqt
davomida bolalarning diqqatini tutib turadi. Bolalar ayni mashg‘ulot, o‘yin va harakatga qiziqishi uchun
emotsional va kognitiv quvvat olishadi. Shunday qilib, multimedia texnologiyalaridan nutqiy buzilishga
ega maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda foydalanish bolalarda o‘qish jarayoniga bo‘lgan ijobiy
munosabatni shakllantirishi bilan dolzarb hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalaridan logopedik mashg‘ulotlarda foydalanish quyidagilarning imkonini beradi:
bolalarning bilish sohasini faollashtirish; har bir bolaga shaxsiy jihatdan mos kelishi va turli darajadagi
topshiriqlarni bajarishga imkon berishi; o‘rganishga bo‘lgan intilishini oshirish (motivatsiya); differensial
yondashuvni amalga oshirish; o‘qish, yozish, ijodiy malakalarni samarali shakllantirish; o‘quv faoliyati
odatlarini shakllantirish (rejalashtirish, refleksiya, o‘z-o‘zini boshqarish). [1]
Kompyuterdan foydalaniladigan mashg‘ulotlar bolaning sog‘ligini asrash uchun sanitariya-gigiyena
qoidalariga rioya qilgan holda fragmentar tarzda olib borilishi kerak:
1. Kompyuterning yangi modellaridan foydalanish.
2. Haftada ikki martadan ortiq o‘tkazilmaydigan bir mashg‘ulot mobaynida kompyuterdan qisqa vaqt
ichida foydalanish (5–10 daqiqa) (bolaning yoshi va asab tizimining xususiyatlarini inobatga olgan holda).
3. Ko‘z uchun mashqlarni bajarish, kompyuter bilan ishlash mobaynida har 1,5 – 2 daqiqa mobaynida
ko‘zni bir necha soniyaga kompyuterdan boshqa joyga qarash.
Multimedia texnologiyalari o‘zi nima va ulardan logopedik mashg‘ulotlarda qanday qilib foydalanish
mumkun:
1. Buning uchun multimedia texnologiyalarini logopedik mashg‘ulotlarda qo‘llash haqidagi adabiyotlarni
tahlil qilib chiqish lozim.
2. Multimedia texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llashning imkoniyatlarini va ularning boladagi
bilish jarayonlariga ta’sirini o‘rganish.
Logoped doimo zamon bilan hamnafas bo‘lmog‘i, ya’ni bolalarning foydasi uchun barcha metodlardan
foydalanishi lozim. Nutqning to‘liq rivojlanmasligidagi murakkab tuzilish idrokning saqlanib qolgan
jihatlariga yo‘naltirilgan rejali korreksiya ishi tizimini belgilab beradi. Multimedia texnologiyalari bolaning
faoliyatini tashkil qilishda va amalga oshirishda turli analizatorlardan foydalanishga imkon beradi.
[1]
Xulosa qilib aytish kerakki, maktabgacha ta’lim sharoitlarida turli xildagi multimedia texnologiyalaridan
foydalanish mumkin va o‘ta muhim hisoblanadi. Pedagogning bola bilan hamkorlikda tashkil etilgan
faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib u yorqin, hissiyotlarga boy, ko‘rgazmali materiallarga boy,
ovoz va videotasvirlardan foydalangan holda olib borilishi lozim. Bularning barchasini amalga oshirishga
multimedia vositalari imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |