114 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
115
MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN
BOLALARDA TOVUSHLAR TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH
Z. Vahobova
432-Davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti
mudirasi
Annotatsiya.
“Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf
etish” nomli maqolada bolalarda artikulyatsion motorikaning harakatchanligini oshirish ishlaridan
boshlash
lozimligi, fonematik idrokni shakllantirish va rivojlantirish ishlari esa tovushni nutqqa qo‘yish
va mustahkamlash ishlari bilan parallel ravishda olib borilishi haqida yoritilgan. Suningdek, tovushlardagi
kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yin faoliyati bilan bog‘lab o‘tish orqali
korreksiyalash ishining samaradorligini oshirish yuzasidan o‘yin turlaridan namunalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
fonematik, analiz, sintez, artikulyatsion, talaffuz, differensiatsiya.
Nutq madaniyati ustida olib boriladigan ish so‘zning bo‘g‘in tarkibi ustidagi ish bilan uzviy bog‘liq. Nutq
rivojlanishining past darajasiga ega bolalar uchun nutqning alohida tovushlarini ajratish va ularni alohida
ma’no birligi sifatida anglash murakkabdir. «Ona tilidagi tovushlar va ularning uyg‘unlashuvini o‘zlashtirish,
so‘zlarni o‘zlashtirish vositasi orqali amalga oshadi: faqat tovushlarning barqaror kompleksi singari so‘zlar
o‘zlashtiriladi.
Nutq rivojlanishining bu darajasida bolaga so‘zlardan alohida tovushlarni ajratish, so‘zning tovush
tarkibini og‘zaki tahlil qilish taklif qilinadi. Bunday faoliyat boladan so‘zning
tovush tomoniga ongli
munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Kichik yoshli bolalarga bu jarayon murakkablik qiladi. Nutq tiklanishining
bu bosqichida jarangli undoshlarning jarangsizlanishi, yumshoq undosh tovushlarning mos keluvchi qattiq
tovushlarga aralashtirilishi yoki almashtirilishi ehtimoldan xoli emas. Bo‘g‘inli mashqlar ehtiyotkorlik bilan
beriladi, chunki 3–4 yoshli bolalar uchun bo‘g‘in hech nimani bildirmaydi. Harqalay bo‘g‘inli mashqlarsiz
ham bo‘lmaydi, shuning uchun ularni o‘yin shaklida o‘tkazish lozim. Ma’lumki, tovushlar talaffuzidagi
kamchiliklarni bartaraf etishda uning sabablariga alohida e’tibor beriladi. Chunki artikulyatsion motorika
harakatchanligining yetishmasligi va fonematik idrokning rivojlanmaganligi tovushlar talaffuzidagi
kamchiliklarni keltirib chiqarishi hammaga ma’lum. Dastavval, artikulyatsion motorikaning harakatchanligini
oshirish ishlaridan boshlash lozim. Fonematik idokni shakllantirish va rivojlantirish
ishlari esa tovushni
nutqqa qo‘yish va mustahkamlash ishlari bilan parallel ravishda olib boriladi.
Unli tovushlar asosida so‘zlarda bo‘g‘in tarkibini aniqlash malakasini shakllantirish uchun unli va undosh
tovushlar differensiatsiyasi hamda nutqda unli tovushlarni ajratish bo‘yicha dastlabki ishlarni olib borish
zarur. Unli va undosh tovushlar haqida, ularni farqlashning (ular artikulyatsiya usuli va jarangdorligi bo‘yicha
farqlash) asosiy belgilari haqida tasavvurlar hosil qilindi. Mustahkamlash uchun quyidagi usullardan
foydalanish tavsiya etiladi: logoped unli tovushlarni talaffuz etganda bolalar qizil,
undosh tovushlarni
talaffuz etganda ko‘k bayroqchani ko‘taradilar. Keyinchalik unli tovushlarni bo‘g‘in va so‘zlarda ajratish
bo‘yicha ish olib boriladi. Buning uchun avval bir bo‘g‘inli so‘zlar (uy, oy, non, nok, ot) taklif etiladi. Bolalar
so‘zlarda unli tovush va uning o‘rnini (so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida) aniqlaydilar. Buning uchun so‘zning
grafik sxemasidan foydalanish mumkin.
Fonematik analiz va sintezni rivojlantirishda olib boriladigan logopedik ishlarda tovush analizining
ko‘rsatilgan shakllarining ontogenezda shakllanishi
izchilligi hisobga olinib, quyidagi ishlar amalga
oshiriladi:
- fonematik analiz va sintezni yordamchi vositalar va harakatlar asosida shakllantirish;
- nutqda tovush analizini shakllantirish. Bunda so‘zdagi birinchi, ikkinchi, uchinchi va boshqa tovushlar
aniqlanadi hamda ular soni belgilanadi.
- fonematik analizni aqliy faoliyatida shakllantirish. Bolalar so‘zlarni nomlamay va eshitib idrok etmay
faqat tasavvur asosida tovushlar soni va ketma-ketligini aniqlaydilar.
O‘zbek tilimizning
xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishda pedagogik
o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini takomillashtirish maqsadida boy adabiy merosimizdan namunalar
keltiramiz.
Tovushlar talaffuzining buzilishi, asosan, artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlarda
kuzatiladi. Shunday tovushlar qatoriga sirg‘aluvchi va shovqinli tovushlar kiradi. Bu tovushlardagi
kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yin faoliyati bilan bog‘lab o‘tish
orqali korreksiyalash ishining samaradorligi oshadi.
Quyida keltirilgan o‘yinlar sirg‘aluvchi tovushlarni shakllantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: