Vositalari muomalasi doirasida davlat tartibi



Download 295,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana26.02.2022
Hajmi295,92 Kb.
#472254
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2mavzu

 YAkunlovchi qoidalar
 
22. Ushbu nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javob beradilar. 
23. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha ijtimoiy dorixonalar faoliyatining va 
mazkur Nizom talablariga rioya qilinishining nazorati dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana 
realizatsiyasini litsenziyalovchi hududiy organga hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligiga yuklanadi. 
24. Ijtimoiy dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi 
soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish 
departamenti tomonidan amalga oshiriladi. 


 
IV. Xususiy sherikning huquq va majburiyatlari
4.1. Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega: 
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish orqali tijorat faoliyatini mustaqil ravishda 
yuritish; 
qo‘llash va realizatsiya qilish uchun tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan holatlarda sanitariya-gigiena buyumlari, 
dorivor ozuqalar, mineral suvlar, shuningdek, davolash-kosmetologiya mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalar 
realizatsiyasini amalga oshirish; 
ta’mirlash va boshqa texnik ishlarni belgilangan tartibda o‘tkazish; 
davlat tomonidan sherikning ushbu SHartnoma shartlari buzilgan holatlarda uni bekor qilishni talab etish. 
Xususiy sherik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
4.2. Xususiy sherikning majburiyatlari: 
dorixona assortimentiga kiruvchi, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning savdoda doimiy 
bo‘lishini ta’minlash; 
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan to‘liq 
narxdagi dori vositalarining retsept asosida berilishini, ayrim toifadagi bemorlarga esa — qonunchilikda 
belgilangan tartibda imtiyozli asosda berilishini ta’minlash; 
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kirmagan dori vositalari va tibbiy 
buyumlarni davlat-xususiy-sherikchilik to‘g‘risidagi shartlarga muvofiq, davlat tomonidan sherik belgilagan 
savdo ustamasidan oshmagan ustama narxlarda realizatsiya qilishni amalga oshirish;
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni ijtimoiy ?orixona va uning filiallari orqali, shuningdek, 
respublikaning qishloq vrachlik punktlari mavjud bo‘lmagan chekka, tog‘li hududlardagi aholisiga maxsus 
ixtisoslashtirilgan avtotransport orqali etkazib berish yo‘li bilan realizatsiya qilish; 
bino (xonalar)dan qat’iy maqsadli ravishda foydalanish;
binolarni (xonalarni) sanitariya-gigienik me’yorlarga mos ravishda saqlash; 
muhandislik kommunikatsiyalarini ish holatida saqlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq 
saqlanishi bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish
tovar-moddiy boyliklarning harakati bo‘yicha hisob va hisobot hujjatlarini, shu jumladan belgilangan tartibda, 
elektron ravishda yuritish hamda hisobotlarni belgilangan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligiga taqdim etish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalariga, shu jumladan dori vositalarining 
imtiyozli asosda berilishiga rioya etish; 
sog‘liqni saqlash tashkilotlariga ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan, 
ambulatoriyada davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari haqida 
ma’lumot taqdim etish
iste’molchilardan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri yoki 
samarasizligi hamda qalbakilashtirilgan, sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni aniqlash holatlari haqida 
Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilish va ularning tarqalishiga chek qo‘yish; 
dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish va saqlash haqida aholiga bepul axborot berish va konsultativ 
yordam ko‘rsatish; 
dori vositalari va tibbiy buyumlarni belgilangan tartibda saqlash va yo‘q qilishni amalga oshirish;
ijtimoiy dorixona mijozlariga dorixona assortimentiga kiruvchi ijtimoiy dori vositalari va tibbiy buyumlar 
ro‘yxati va ularning narxi haqida axborot berish; 
giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning qonunda belgilangan tartibda saqlanishini va realizatsiya 
qilinishini ta’minlash; 
ijtimoiy dorixonalarga qo‘yilgan sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etish; 
davlat tomonidan sherikka etkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash. 
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga boshqa majburiyatlarni ham oladi. 



Download 295,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish