qishloq vrachlik punktlari mavjud bo‘lmagan, shuningdek, tog‘li regionlar va chekka
hududlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun maxsus
ixtisoslashtirilgan
avtomobilning mavjudligi.
15. Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini amalga oshirish maqsadida xususiy sheriklik uchun
nomzod tanlash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat-
xususiy sheriklik nomzodini tanlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi)
tomonidan qabul qilinadi.
16. Komissiya tarkibi, uning ishchi organi va faoliyat reglamenti O‘zbekiston Respublika
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
17. Xususiy sherik nomzodini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun Sog‘liqni
saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga o‘z arizasini joylashtiradi,
arizada quyidagilar
ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
yuridik manzili;
bank rekvizitlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi
uchun berilgan
litsenziyaning ro‘yxat raqami;
dori vositalari va tibbiy buyumlar, tovar zaxirasi va aylanma vositalar, ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarning alohida hisob-kitobini olib borish imkonini beruvchi
dasturni o‘z ichiga oluvchi moddiy-texnik baza haqidagi ma’lumot.
18. Ma’lumotlarning ishonchliligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yordamida tekshiriladi.
19. Komissiya ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida nomzodga
Komissiya majlisining o‘tkaziladigan joyi va vaqti to‘g‘risida xabar beradi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash uchun nomzod o‘zining
nomzodini ko‘rib chiqishda Komissiya yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega.
20. Komissiya arizani o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va
davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida shartnoma tuzish yoki uni tuzishni rad etish to‘g‘risida
qaror qabul qiladi.
Komissiya qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun
ichida qabul qilingan qaror
to‘g‘risida nomzodni xabardor qiladi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan taqdirda nomzodga asoslantirilgan rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma tuzishni rad etish haqidagi Komissiya
qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
21. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha Komissiyaning qarori
davlat tomonidan sherikka keyingi ish kunidan kechikmay taqdim etiladi.
Davlat hamkori uch kun muddatda
nomzodga ushbu nizomning
ilovasiga
muvofiq
shakldagi davlat-xususiy sheriklik shartnomasi loyihasini yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: