ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
ijtimoiy dorixonalarni xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni
tavsiya etilgan
xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km,
qishloq hududida 5 — 10 kmdan ko‘p bo‘lmagan masofada).
9. Ijtimoiy dorixonalar viloyat,
tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot
birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirilishi lozim.
Ijtimoiy dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
10. Ijtimoiy dorixonalar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka
va mazkur Nizomga
amal qiladi.
11. Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona
assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi
dori vositalari va tibbiy
buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari
bilan ta’minlashdan iborat.
12. Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizatsiyasi uchun va dori vositalari va
tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ta’minotchilardan sotib oladi
(olib kirishdan tashqari);
shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
retsept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan, retseptsiz beriladigan dori vositalari
ro‘yxatiga muvofiq dori vositalarini retseptsiz ravishda chakana realizatsiya qilish, shuningdek,
qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan
ta’minlaydi;
belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q qiladi;
iste’molchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya
ta’siri va samaradorligi past holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini
xabardor qiladi;
ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga
kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan dori
vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda ma’lumot
taqdim etadi;
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qo‘llash bo‘yicha maslahat berish
va axborot yordami ko‘rsatadi;
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi to‘g‘risida axborot berish
imkonini ta’minlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i
bo‘yicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi;
ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan
tartibda tasdiqlangan
cheklangan narxlar ko‘rsatilgan dori vositalari assortimenti ro‘yxatini ko‘rinarli joyda
joylashtiradi;
shifokor retsepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini o‘tkazish
(tegishli litsenziyasi mavjud bo‘lganda).
13. Ijtimoiy dorixonalarda tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiya va ta’mirlash
ishlarini o‘tkazish uchun yopish davlat tomonidan,
sherik bilan kelishilgan holda, sanitariya
kunlarini o‘tkazish uchun esa — qo‘shimcha ravishda Davlat sanitariya nazorati organlari bilan
kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: