Vositalari muomalasi doirasida davlat tartibi


Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish tartibi



Download 295,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana26.02.2022
Hajmi295,92 Kb.
#472254
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2mavzu

 Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish tartibi
 
7. Ijtimoiy dorixonalar dislokatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
8. Quyidagilar ijtimoiy dorixonalarni joylashishining asosiy omillari hisoblanadi: 
viloyat, tuman, shaharning ma’muriy-hududiy tuzilishi; 
hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari; 
shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni; 


ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi; 
ijtimoiy dorixonalarni xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan 
xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, 
qishloq hududida 5 — 10 kmdan ko‘p bo‘lmagan masofada). 
9. Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot 
birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirilishi lozim. 
 Ijtimoiy dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
 
10. Ijtimoiy dorixonalar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka va mazkur Nizomga 
amal qiladi. 
11. Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona 
assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy 
buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari 
bilan ta’minlashdan iborat. 
12. Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizatsiyasi uchun va dori vositalari va 
tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ta’minotchilardan sotib oladi 
(olib kirishdan tashqari); 
shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
retsept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan, retseptsiz beriladigan dori vositalari 
ro‘yxatiga muvofiq dori vositalarini retseptsiz ravishda chakana realizatsiya qilish, shuningdek, 
qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan 
ta’minlaydi; 
belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q qiladi; 
iste’molchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya 
ta’siri va samaradorligi past holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini 
xabardor qiladi; 
ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga 
kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan dori 
vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda ma’lumot taqdim etadi; 
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qo‘llash bo‘yicha maslahat berish 
va axborot yordami ko‘rsatadi; 
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi to‘g‘risida axborot berish 
imkonini ta’minlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i 
bo‘yicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi; 
ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan 
cheklangan narxlar ko‘rsatilgan dori vositalari assortimenti ro‘yxatini ko‘rinarli joyda 
joylashtiradi; 
shifokor retsepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini o‘tkazish 
(tegishli litsenziyasi mavjud bo‘lganda). 
13. Ijtimoiy dorixonalarda tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiya va ta’mirlash 
ishlarini o‘tkazish uchun yopish davlat tomonidan, sherik bilan kelishilgan holda, sanitariya 
kunlarini o‘tkazish uchun esa — qo‘shimcha ravishda Davlat sanitariya nazorati organlari bilan 
kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

Download 295,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish