YAkunlovchi qoidalar
22. Ushbu nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradilar.
23. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha ijtimoiy dorixonalar faoliyatining va
mazkur Nizom talablariga rioya qilinishining nazorati dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana
realizatsiyasini litsenziyalovchi hududiy organga hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligiga yuklanadi.
24. Ijtimoiy dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish
departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Xususiy sherikning huquq va majburiyatlari
4.1. Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish orqali tijorat faoliyatini mustaqil ravishda
yuritish;
qo‘llash va realizatsiya qilish uchun tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan holatlarda sanitariya-gigiena buyumlari,
dorivor ozuqalar, mineral suvlar, shuningdek, davolash-kosmetologiya mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalar
realizatsiyasini amalga oshirish;
ta’mirlash va boshqa texnik ishlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;
davlat tomonidan sherikning ushbu SHartnoma shartlari buzilgan holatlarda uni bekor qilishni talab etish.
Xususiy sherik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
4.2. Xususiy sherikning majburiyatlari:
dorixona assortimentiga kiruvchi, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning savdoda doimiy
bo‘lishini ta’minlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan to‘liq
narxdagi dori vositalarining retsept asosida berilishini, ayrim toifadagi bemorlarga esa — qonunchilikda
belgilangan tartibda imtiyozli asosda berilishini ta’minlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kirmagan dori vositalari va tibbiy
buyumlarni davlat-xususiy-sherikchilik to‘g‘risidagi shartlarga muvofiq, davlat tomonidan sherik belgilagan
savdo ustamasidan oshmagan ustama narxlarda realizatsiya qilishni amalga oshirish;
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni ijtimoiy ?orixona va uning filiallari orqali, shuningdek,
respublikaning qishloq vrachlik punktlari mavjud bo‘lmagan chekka, tog‘li hududlardagi aholisiga maxsus
ixtisoslashtirilgan avtotransport orqali etkazib berish yo‘li bilan realizatsiya qilish;
bino (xonalar)dan qat’iy maqsadli ravishda foydalanish;
binolarni (xonalarni) sanitariya-gigienik me’yorlarga mos ravishda saqlash;
muhandislik kommunikatsiyalarini ish holatida saqlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq
saqlanishi bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
tovar-moddiy boyliklarning harakati bo‘yicha hisob va hisobot hujjatlarini, shu jumladan belgilangan tartibda,
elektron ravishda yuritish hamda hisobotlarni belgilangan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligiga taqdim etish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalariga, shu jumladan dori vositalarining
imtiyozli asosda berilishiga rioya etish;
sog‘liqni saqlash tashkilotlariga ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan,
ambulatoriyada davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari haqida
ma’lumot taqdim etish;
iste’molchilardan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri yoki
samarasizligi hamda qalbakilashtirilgan, sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni aniqlash holatlari haqida
Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilish va ularning tarqalishiga chek qo‘yish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish va saqlash haqida aholiga bepul axborot berish va konsultativ
yordam ko‘rsatish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni belgilangan tartibda saqlash va yo‘q qilishni amalga oshirish;
ijtimoiy dorixona mijozlariga dorixona assortimentiga kiruvchi ijtimoiy dori vositalari va tibbiy buyumlar
ro‘yxati va ularning narxi haqida axborot berish;
giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning qonunda belgilangan tartibda saqlanishini va realizatsiya
qilinishini ta’minlash;
ijtimoiy dorixonalarga qo‘yilgan sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etish;
davlat tomonidan sherikka etkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga boshqa majburiyatlarni ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |