Mavzu: Yer mulk kadastrini yuritishni tashkil qilish
Reja:
1. Davlat yer kadastri yuritish
2. Respublika tasarrufidagi Davlat yer kadastrini tutgan o'rni
3. Xududiy darajadagi mamuriy birliklar kartasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Davlat yer kadastri yuritish
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 dekabrdagi 543-son qaroriga
Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to'g'risida NIZOM
Mazkur Nizomga O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qaroriga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan
Umumiy qoidalar
Davlat yer kadastrining mazmuni
III. Davlat yer kadastrini yuritish
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar kafolatlanishini ta'minlash, yerlarni hisobga olish va baholash maqsadida O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga, ”Davlat yer kadastri to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuritiladi.
2. Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo'jalik va huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o'rni va o'lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o'rtasidagi taqsimoti to'g'risidagi ma'lumotlar va hujjatlar tizimidan iboratdir.
3. O'zbekiston Respublikasining yer fondi davlat yer kadastri ob'ekti hisoblanadi.
4. Yerning tabiiy xossalarini, huquqiy holatini va undan foydalanishni har tomonlama o'rganish va baholash davlat yer kadastrining mavzusi hisoblanadi.
5. Yer kadastri axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli va tejamli yer kadastri axboroti byerish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Davlat yer kadastrini yuritish ayerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa tadqiqotlar va izlanishlar olib borish, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan ta'minlanadi.
6. Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to'g'risidagi axborot bilan ta'minlash, yerdan oqilona foydalanishni, qayta tiklash va muhofaza qilishni, yer tuzilishini tashkil etish, yer uchun haq to'lash miqdorlarini asoslash, xo'jalik faoliyatini baholash uchun mo'ljallangan.
7. Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi:
yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqini, yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ijaraga olish huquqlarini, syervitutlarni hamda bu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish;
yer miqdorini hisobga olish;
yer sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash);
yerni qiymat jihatidan baholash.
8. Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
respublikaning butun hududini qamrab olish;
fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qo'llash;
yer kadastriga doir axborot ishlab chiqilishi uslubiyotining birligi va uzluksizligi;
yer kadastri axborotining ishonchliligi va tejamliligi.
9. Davlat yer kadastri ma'lumotlari asosiy (dastlabki) va joriy ma'lumotlarga bo'linadi. Dastlabki ro'yxatdan o'tkazish vaqtida olingan ma'lumotlar va davlat yer kadastrining dastlabki ma'lumotlarini tuzish asosiy axborot hisoblanadi.
Davlat yer kadastri ma'lumotlarini qayta ro'yxatdan o'tkazish va (yoki) o'zgartirish jarayonida olingan ma'lumotlar joriy axborot hisoblanadi.
10. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimini, boshqa kadastr tizimlari va monitoringlarini yaratish va yuritish uchun fazoviy-huquqiy asos hisoblanadi.
11. Yer kadastri axborotidan yer munosabatlarini tartibga solishda, yerdan foydalanish bilan bog'liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda foydalanilishi kyerak.
12. Davlat yer kadastrini yuritish ishlari davlat byudjetidan, shuningdek yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatiga olganlik uchun undiriladigan mablag'lar va boshqa manbalar hisobidan mablag' bilan ta'minlanadi.
II. DAVLAT YER KADASTRINING MAZMUNI
13. Quyidagilar davlat yer kadastrining mazmunini tashkil etadi: yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish, yer miqdori va sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash), yerni qiymat jihatidan baholash, shuningdek yer kadastri axborotini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga tegishli shakllar va hajmlarda byerish.
14. Mulk huquqi sub'ektini, yer uchastkalariga egalik qilish va foydalanishni belgilovchi, yer uchastkasiga bo'lgan huquqlar kafolatlanishini ta'minlovchi, yerni hisobga olish va baholash uchun asos yaratuvchi yerni ro'yxatdan o'tkazishga doir axborot yer kadastri axborotining asosiy, dastlabki tarkibiy qismi hisoblanadi.
Dastlabki ro'yxatdan o'tkazish axborotini shakllantirish paytida ishlarni o'tkazish paytigacha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog'liq holda paydo bo'luvchi yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar chegaralari belgilanadi va ro'yxatdan o'tkaziladi (qayta ro'yxatdan o'tkaziladi).
15. Yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi bunday huquqqa oid davlat ordyeri, oldi-sotdi shartnomalari va yer uchastkalariga mulk huquqi yuzaga kelishi uchun asos bo'ladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hadya etilganligi, almashtirilganligi to'g'risidagi bitimlar va boshqa hujjatlar asosida tartibga solinadi.
Yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi tegishli organlarning yer byerish to'g'risidagi qarorlari asosida ro'yxatdan o'tkaziladi.
Yerni ijaraga olish huquqi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi asosida ro'yxatdan o'tkaziladi.Syervitutlar va mulk huquqini boshqa cheklashlar, yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish shartnomalar, sud qarorlari asosida ro'yxatdan o'tkaziladi.
Yer uchastkasidan o'zgalarning ham qisman foydalanishi mumkinligi davlat hokimiyati organlarining qarorlari yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar asosida ro'yxatdan o'tkaziladi.
Binoga, imoratga va inshootga bo'lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o'tishi natijasida yuzaga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi ana shu mulkdorlarning oldi-sotdisi, almashtirilganligi, hadya etilganligi, vasiyat qilinganligi to'g'risidagi tegishli shartnomalar va boshqa shartnomalar, mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar va shaxslarning qarorlari, shuningdek binoga, imoratga, inshootga mulk huquqi undan boshqaga o'tayotgan shaxsning yer uchastkasiga tegishli hujjatlari (tegishli hokimiyat organlarining qarori bilan rasmiylashtirilgandan keyin) asosida ro'yxatdan o'tkaziladi.
16. Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish naturada yer uchastkalari chegaralari aniqlangandan, rasmiylashtirishning ro'yxatdan o'tkazish yig'imi to'langandan va hujjatlar byerilgandan keyin tuman (shahar) yer kadastri daftarining tarkibiy qismi hisoblangan yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar registrida amalga oshiriladi (3-ilova).
Yer uchastkalariga egalik qilish, foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi o'zgaga o'tishi paydo bo'lganligi davlat ro'yxatiga olinganligi uchun yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismi, jismoniy shaxslardan esa o'ndan bir qismi miqdorida to'lov undiriladi.
Yer uchastkalariga egalik qilish, foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqlari to'xtatilishi davlat ro'yxatiga olinganligi, shuningdek yer uchastkasini saqlash vazifalari, syervitutlar va bu huquqlarga oid boshqa cheklashlar uchun to'lov undirilmaydi.
Yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
davlat ro'yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasining kimga tegishli ekanligi to'g'risida nizo borligidan dalolat byeruvchi hujjatlarning mavjudligi;
davlat ro'yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilganligi to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjudligi.
17. Yer uchastkalarining naturada chegaralarini belgilash geodeziya usullari bilan yoki joyning o'zida chegaralarning burilish nuqtalarini zarur aniqlikda belgilash va ularni chegara qoziqlari bilan mahkamlash yo'li bilan kartografiya matyerialidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Yer uchastkalarining umumiy maydoni talab qilinadigan aniqlikda tahliliy, grafik-tahliliy yoki mexanik usullar bilan aniqlanadi.
Yerni ro'yxatdan o'tkazish axboroti avtomatlashtirilgan yerga doir axborot tizimiga kiritiladi.
Joriy ro'yxatdan o'tkazish axborotini shakllantirishda ro'yxatga oluvchi hujjatlar mundarijasiga mulkdorlar, yer uchastkalari egalari va foydalanuvchilarining huquqiy holati, shuningdek yerning maydoni, chegaralari, undan foydalanish maqsadi va foydalanish rejimi bo'yicha yuz byergan o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlar kiritiladi.Naturada qayd etilgan o'zgartirishlar, ular hujjatlar bilan rasmiylashtirilgandan keyin, yer kadastri daftariga hamda avtomatlashtirilgan yerga doir axborot tizimiga kiritiladi.
18. Yer uchastkalarining umumiy maydonini hisobga olish asosan geodeziya usullari bilan, yuqori aniqlikni talab etmaydigan hollarda esa kartometrik usullar bilan bajariladi.
Ekin maydonlari bo'yicha yer miqdorini hisobga olish bir va undan ortiq konturlardan iborat bo'lgan asosiy yer kadastri birliklari - yer uchastkalari doirasida yuritiladi. Barcha toifadagi ekin maydonlari hisobga olinishi kyerak.
Ekin maydonlari bo'yicha yer miqdorini asosiy hisobga olish tegishli ko'lamdagi yangilangan reja-kartografiya asosida kartometrik usul bilan amalga oshiriladi.
19. Yer sifatini hisobga olish quyidagilarni o'z ichiga oladi: tabiiy-qishloq xo'jaligi va yer kadastri bo'yicha rayonlashtirish, yer tasnifi, ularni ekologiya, texnologiya va shaharsozlik belgilari va boshqa belgilar bo'yicha tavsiflash, tuproq va yerni guruhlarga ajratish.
Yerlarning o'lchami, joylashgan o'rni, ekin maydonlari turlari va sifat holatiga oid qayd etiladigan ma'lumotlar yerni hisobga olish axborotini tashkil etadi.
20. Ma'muriy-hududiy darajaning oshishiga qarab yerni hisobga olish axboroti uning ko'rsatkichlarining qiyosiyligiga rioya qilingan holda umumlashtiriladi.
21. Yerlar qiymatini baholash turli maqsadlarga mo'ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligining hozirgi vaqtdagi darajasini aniqlash, kelajakda uni oshirish imkoniyatlarini tahlil qilish, asoslash, yer solig'i va boshqa to'lovlarni, uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yishda yo'l qo'yilgan nobudgarchilik va ko'rilgan zararlarni qoplash, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni rag'batlantirish uchun amalga oshiriladi.
Barcha toifadagi yerlarni baholash qonunchilik bilan belgilangan tartibda natura (yerlarning har bir toifasi uchun o'ziga xos bo'lgan) va qiymat ko'rsatkichlari tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ham tuproqning unumdorlik quvvati - tuproq boniteti bo'yicha qiyosiy baholash amalga oshiriladi.
Yerlarning qiymat bahosiga va tuproq bonitetiga doir ma'lumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi.
22. Yerni ro'yxatga olish, yerni hisobga olish va yerni baholashga doir asosiy va joriy axborotlar yer kadastri axboroti majmuini tashkil etadi, ular har xil: alfavit - raqam (matn, jadval, koordinatlar va maydonlar ro'yxati), grafik (reja, xarita, sxemalar), elektron raqam (EHMning tezkor xotirasi, magnit manbalari) shakllarida qayd etiladi.
23. Har bir ma'muriy-hududiy darajada taqdim etiladigan yer kadastriga doir hujjatlarning tarkibi va shakli "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasi tomonidan ishlab chiqiladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, Davat soliq qo'mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishib olinadi. (O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qarori tahriridagi band)
24. Yer kadastriga doir ma'lumotlarning ishonchliligi uchun davlat yer kadastrini yuritish vazifasi yuklangan tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlarining vakolatli shaxslari, shuningdek, yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlari javob byeradilar. (O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qarori tahriridagi band)
III. DAVLAT YER KADASTRINI YuRITISh
25. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlari tomonidan amalga oshiriladi. (O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
26. Dastlabki kadastr ma'lumotlari yangilanayotganda yer uchastkalarining huquqiy holatida, yerlarning sifat holati va ulardan foydalanishda, ularni baholashda yuz byerayotgan o'zgarishlar aniqlanadi va ro'yxatdan o'tkaziladi. Yer uchastkalari mulkdorlari, yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar davlat yer kadastrini yuritish vazifasi yuklangan tegishli xizmatlarga ko'rsatib o'tilgan o'zgarishlar to'g'risida o'n kun muddatda axborot byerishga majburdirlar.
27. Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlari:
mulkdorlardan, yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan va ijarachilardan huquqiy holatda, yer uchastkalarining tarkibida va yer uchastkalaridan foydalanishda yuz byergan o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'playdilar va naturada tekshirilgandan keyin joriy o'zgarishlarni uch kun mobaynida yer kadastri axborotiga kiritadilar;
tuman (shahar) yer resurslari miqdori va ularning sifati to'g'risidagi ma'lumotlar banklarini tuzadilar va ularni zamonaviy darajada tutadilar;
har yili 15 yanvargacha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalariga yerlarning miqdori va ulardan foydalanish to'g'risida hisobot taqdim etadilar. (O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
28. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari:
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlarining yer kadastrini yuritishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar;
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo'limlarining hisobotlarini umumlashtiradilar, yer uchastkasiga egalik huquqi sub'ektlari, mintaqadagi yer resurslari miqdori, sifati va ularni baholashga doir ma'lumotlar bankini yaratadilar, Respublika yer ma'lumotlari yagona bankini yaratishda qatnashadilar;
yer uchastkalariga bo'lgan mulkchilik, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish va ijaraga olish huquqini, syervitutlar to'g'risidagi bitimlarni va ushbu huquqlar bo'yicha boshqa cheklashlarni ro'yxatdan o'tkazadilar;
tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib olingan mintaqa yerlarining miqdori va ulardan foydalanilishi to'g'risidagi hisobotlarni har yili 1 fevralgacha "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasiga taqdim etadilar. (O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
29. "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasi:
davlat yer kadastri yuritilishini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishini ta'minlaydi;
viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma'muriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qo'yish ishlarini amalga oshiradi;
topografiya-geodeziya ishlarini va yerlarni tegishli masshtablarda xaritaga olishni tashkil qiladi;
yer resurslarini ayerokosmik usullar bilan o'rganishni tashkil etadi;
hududiy bo'linmalarning yerlarning miqdori va ulardan foydalanilishi to'g'risidagi hisobotlarini o'rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
ishlab chiqilgan yer kadastri axborotlari sifatini nazorat qiladi;
mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
tuproq, geobotanik va boshqa turdagi maxsus tadqiqotlarni, yerlarni baholashni tashkil etadi;
yer kadastri axborotining sifati va har xilligiga talabni muntazam o'rganib boradi, yer kadastrini yuritish texnologiyasini takomillashtirishni ta'minlaydi;
respublika mintaqalari bo'yicha yer kadastri hujjatlarini yangilash navbatini va muddatlarini asoslab byeradi;
avtomatlashtirilgan yer axboroti tizimini joriy etishni va uning faoliyatini amalga oshiradi;
yer kadastri axborotlarini nashr etadi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga ma'lumotlar taqdim etadi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan yer kadastri axborotlari tarkibini, hajmini va ularga texnik talablarni belgilaydi;
har yili 1 martgacha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Yer resurslarining holati to'g'risida milliy hisobotni taqdim etadi. (O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qaroriga muvofiq 30-band o'z kuchini yo'qotgan
30. Yer resurslari davlat qo'mitasi:
tuproq, geobotanika tekshiruvlarini va maxsus tekshirishlarning boshqa turlarini, yerlarni baholashni tashkil etadi;
yer kadastri axborotining sifatiga va uning turli-tumanligiga bo'lgan talabni muntazam o'rganib borishni amalga oshiradi, yer kadastrini yuritish texnologiyasini takomillashtirishni ta'minlaydi;
respublika mintaqalari bo'yicha yer kadastri hujjatlarini yangilash navbati va muddatlarini asoslab byeradi;
yer bo'yicha axborotlarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni va uning ishlashini amalga oshiradi;
yer kadastri axborotini e'lon qilishni amalga oshiradi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga ma'lumotlar taqdim etadi;
har yili 1 martgacha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Yer resurslarining holati to'g'risida milliy hisobotni taqdim etadi.
O'zR VM 19.10.2004 y. 483-son Qaroriga muvofiq 31-band o'z kuchini yo'qotgan
31. ”O'zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi:
Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan yer kadastri axborotlarining tarkibi, hajmlari va ularga qo'yiladigan texnik talablarni belgilaydi;
shaharlar va shaharchalarda davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |