Воображение и творчество



Download 1,08 Mb.
bet3/3
Sana10.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#541017
1   2   3
Bog'liq
O`zbek tilining izohli lugatida terminlarning berilishi

Murakkab terminlar


Murakkab terminlar – bir yoki birdan ortiq so‘zlarning grammatik tobelik munosabatiga asoslangan turg‘un birikma holatida bo‘ladi. Terminologiyaga bag‘ishlangan adabiyotlarda murakkab terminlar birikmali terminlar tarkibida o‘rganiladi. Ayrim adabiyotlarda esa, «tarkibli termin9», «murakkab termin» sifatida talqin etiladi.Murakkab tuzilgan terminlar yasashda quyidagi talablarga e’tibor berilishi lozim: a) termin mumkin qadar ixcham, kam sonli so‘zlardan iborat bo‘lishi kerak. Terminlarning ixcham bo‘lishi ularni qo‘llashda qulaylik tug‘dirishdan tashqari, ulardan yangi terminlar yasash imkoniyatini beradi. Chunki, mavjud terminlardan so‘z yasovchi affiks yordamida yangi termin yasash (son-teskari son, yoy-yoyning gradusi) hodisalar, tushunchalar orasida mavjud bo‘lgan aloqani ham ko‘rsatib turadi; b) murakkab termin tarkibidagi ba’zi so‘zni izohlaydigan yana boshqa so‘z bo‘lmasligi (qavs ichida berilmasligi) kerak. Aks holda termindan foydalanishda qiyinchilik bo‘ladi. Masalan, tuproqshunoslik sohasida yaratilgan degradasiyalangan (aynigan) qora tuproq, matematika sohasidagi erkin (bog‘liq) miqdor, o‘xshashlik (analogiya) metodi kabi terminlar muvaffaqiyatli chiqmagan bo‘lib, ularni ishlatish ancha noqulaylik tug‘diradi. Murakkab terminlar tarkibidagi har bir so‘z boshqasi bilan affikslar yordamida yoki sintaktik tartib orqali birikkan bo‘lishi kerak. Ularning ko‘makchilar va bog‘lovchilar vositasi bilan grammatik munosabatga kirishishlari ma’qul emas. Chunki yordamchi so‘zlar vositasi bilan birikkan so‘zlardan iborat bo‘lgan murakkab terminlarning terminlik xususiyati bilinmay qoladi, oddiy, erkin birikmaga o‘xshab ketadi. Masalan, burchak bilan o‘lchash, o‘rta va chet nisbatga bo‘lish (“zolotoye secheniye”) kabi. Ko‘rinib turibdiki, bu terminlar tarkibidagi bilan ko‘makchisi hamda va bog‘lovchisining kelishi ularni jonli nutq elementlariga o‘xshatib yuborgan.

Terminologik leksika


Terminologik leksikani professional va ilmiy terminlar tashkil etadi.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq atamasi bo’lgan so’z yoki so’z birikmasi termin deyiladi. Har bir fan, kasb-hunar o’z terminlariga, shu terminlar jamidan iborat leksikasiga ega. Bunday maxsus leksika terminologiya deb ham yuritiladi: fizika terminologiyasi, lingvistik terminologiya kabi.
“Terminlarni qo’llanish doirasi jihatdan, asosan ikki turga bo’lish mumkin. Birinchisi umumxalq tushunadigan va qo’llaydigan terminlar bo’lsa, ikkinchisi muayyan tor ixtisos doirasidagina qo’llaniladigan, mutaxasislargina tushunadigan maxsus so’zlardir. Har bir fan va texnika terminologiyasida, kasb-hunar sohasining leksikasida asosan ana shu ikki turli terminlar va so’zlarni uchratish mumkin”.
“O’zbek tili ilmiy terminologiyasida uch tip terminlarni ajratish mumkin:
“O’zbek tili ilmiy terminologiyasida uch tip terminlarni ajratish mumkin: 1) tarixiy – traditsion terminlar. Bu terminlar o’zbek tilida qadimdan termin funksiyasida qo’llanib kelmoqda. Bunday so’zlar zamonaviy o’zbek terminologiyasining negizini tashkil etadi: tarix, imlo, alifbo…
2) yangi o’zlashgan terminlar: akustika, jurnal, jurnalist, radio, televizor, telefon, telegraf, gaz kabi;
3) o’zbek tilining o’zida yaratilgan yangi zamonaviy terminlar: a) o’z material asosida yasalgan terminlar: uchburchak, kesim, saylov, aylanma, saylanma, so’z boshi va boshqalar. b) o’zlashgan so’zlar asosida yasalgan terminlar: elektrlashtirish, mashinalashtirish, kolxozchi va boshqalar”[9].
Terminlar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni aniq ifoda etuvchi so’zlar bo’lsa-da, lekin bu so’zlarning qo’llanilishi shu soha kishilari doirasi bilan chegaralangan bo’lishi shart emas. Bunda ikki holatni ko’rish mumkin: 1) Terminlarning ma’nosi sohaga aloqasi bo’lmagan kishilar uchun ham tushunarli bo’ladi va ular tomonidan ham qo’llanilaveradi. Masalan: botanikaga oid bug’doy, paxta, o’rik, g’o’za uzum, nok; sana’atshunoslikka oid sahna, afisha, aktyor;
2) Terminlarning ma’lum qismi shu termin oid bo’lgan soha kishilari uchun tushunarli bo’ladi va shular nutqida qo’llanadi: tilshunoslikka oid morfema, fonema, urg’u, o’zak; ximiyaga oid oksidlar, indikator kabi.
Terminlar kasb-hunarga, ilm-fanga doir tushunchalarni ifodalashiga ko’ra asosan, ikki katta turga: ilmiy terminlar va professional terminlarga ajraladi.
Professional terminlar: ovchilik, chorvachilik, kulolchilik, duradgorlik, binokorlik, poyabzaldo’zlik, naqqoshlik, kashtachilik va shu kabi sohalarga oid tushunchalar, o’zlariga xos so’zlar (terminlar) bilan ifodalanadi. Ma’lum kasb – hunarga va mutaxassislikga oid monosemantik so’zlar professional terminlar sanaladi.
Ilmiy terminlar fan, san’at va adabiyot va boshqa sohalarga oid terminlar. Har bir fan o’ziga xos terminlarga ega. Ilmiy terminlarning ba’zi turlaridan misollar keltiramiz:
Tilshunoslik terminlari: fonema, fonetika, urg’u, bo’g’in, reduksiya, leksika, semantika, frazeologiya, grammatika, morfologiya, sintaksis, ega, kesim, aniqlovchi, xol.
Adabiyotshunoslik terminlari: sifatdosh, o’xshatish, mubolag’a, jonlantirish, roman, hikoya, aruz, g’azal.
Tarixshunoslik terminlari: jamiyat, feodalizm, kommunizm, urug’, qabila, elat, millat, davlat.
Matematika terminlar: kub, kvadrat, minus, yechim, miqdor.
Shu kabi boshqa bir qancha sohalarga oid terminlar mavjud.

E`tiboringiz uchun rahmat!

  • E`tiboringiz uchun rahmat!

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish