Mavzu: Tuproqshunoslik sohasida xorijiy mamlakatlardagi yangi yo’nalish va tarmoqlar



Download 7,56 Mb.
bet1/2
Sana10.06.2022
Hajmi7,56 Mb.
#651304
  1   2
Bog'liq
Tuproqshunoslik sohasida xorijiy mamlakatlardagi yangi yo’nalish va tarmoqlar


Mavzu: Tuproqshunoslik sohasida xorijiy mamlakatlardagi yangi yo’nalish va tarmoqlar
Reja:
1. Tuproqshunoslik zamonaviy sohalari
2. Xorijiy mamlakatlardagi yangi yo’nalishlar

Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan; uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. T. tabiiytarixiy fanlarga mansub boʻlib, tuproqni tabiat mahsuli, mehnat predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. T. iklimshunoslik, geomorfologiya, petrografiya, oʻsimliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bogʻliq. Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini oshirish, sanoat oʻgʻitlarini qoʻllash, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuprok, eroziyasiga qarshi kurash va boshqa masalalarni hal qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Tuproq 18-asr oxirlaridan oʻrganila boshlandi. 19-asr oʻrtalarida tuproqni geologik hosila deb qarovchi agrogeologik yoʻnalish vujudga keldi. 19-asr oxirlarida V.V. Dokuchayev Rossiyada tirik va ulik tabiat xususiyatlariga ega tabiiytarixiy jins — tuproq toʻgʻrisidagi tushunchani asoslagan genetik T.ni yaratdi. T.ning agronomik yoʻnalishi (tuproq bilan oʻsimlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, tuproq unumdorligi)ni P.A. Kostichev, geografik yoʻnalishi (tuproq kesmasining tuproq hosil boʻlish jarayoni bilan bogʻliq holda solishtirma tahlili)ni esa K.D. Glinka, N. M. Sibirsev va boshqa rivojlantirdi. Agronomik, oʻrmon va meliorativ T. — T.ningamaliy sohalaridir. 20-asr boshlarida T.ning yangi — kimyoviy yoʻnalishi vujudga keldi. Bu yoʻnalishni tuproq kolloid kimyosi asoschisi K. K. Gedroys yaratdi.
20-yillarda V. I. Vernadskiy tuproq hosil boʻlishida tirik organizmlar ahamiyatini oʻrganib, T.da biogeok i m yo yoʻnalishga asos soldi. 30-yillarga kelib, tuproq fizik kimyosi, fizikasi, mineralogiyasi, mikrobiologiyasi kabi boshqa boʻlimlar ham shakllandi. T.ning shu davrdagi hamda keyinchalik rivojlanishida N.A.Dimo, N.A. Gerasimov, Ye.N.Ivanova, V. A. Kovda, B.B. Polinov, L. I. Prasolov, N. N. Rozov, I. V. Tyurin va boshqalarning ishlari yetakchi axamiyatga ega boʻddi.
T.ning Oʻzbekistonda rivojlanishi Turkiston unti qoshida Tuproqshunoslik va geobotanika intining tashkil etilishi bilan uzviy bogʻliq (qarang Tuproqshunosyaik va agrokimyo institutoʻ). Bungacha Oʻrta Osiyo hududi tuproqlarini A. Middendorf, A.N. Krasnov, N. Teyx tadqiq etgan. P. S. Kossovich ragʻbarligida Yer tuzish va dehqonchilik bosh boshqarmasining qishloq xoʻjaligi. kimyosi lab. (Rossiya; 1897-yilda tashkil kilingan) tomonidan Mirzachoʻl va Andijon tajriba dalalari tuprogining kimyoviy va granulometrik tarkiblari tadqiq qilindi. Bu tadqiqotlar natijasida sur tuproklarda fosfor, kaliyning koʻpligi, gumus (chirindi)ning esa kam ekanligi va karbonatlarga toʻyinganligi aniqlandi. S. S. Neustruyev ishlarida tipik sur tuproklar tavsiflangan va shu tipdagi tuproklar terminologiyasiga asos solingan.
T.ning geografik, kimyoviy va biogeokimyo yoʻnalishlari sintezi tuproqning 4 asosiy: qattiq, suyuq, gazsimon va tirik qismlardan iborat ekanligini koʻrsatdi. Tuproqning bu tarkibiy qismlarida modda va energiya almashinuvi doimo oʻzaro taʼsir etib, uzluksiz kechadi. Tuproqda tirik organizmlarning boʻlishi uni biosferaning tirik mavjudotlari katoriga kiritish imkonini berdi. Shu asosda tuggroq unumdorligi, tasnifi va diagnostikasi haqidagi taʼlimot takomillashtirildi.
Oʻzbekistonda T. rivojida M. B. Bahodirov, B. V. Gorbunov, V. B. Gussak, N.V. Kimberg , M. A. Orlov, M. A. Pankov, A. M. Rasulov, S. N.Rijov. X. Maxsudov, M. U. Umarov, O. Komilov va boshqalarning hissasi katta. Oʻzbekiston tuttroqshunoslari sugʻorma dehqonchilik mintaqalari uchun afokompleks tadbirlar sistemasi, yaʼni yerni chukur haydash, sugʻorish, mineral va mahalliy oʻgʻitlardan unumli foydalanish; shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash choralari va boshqalarni ishlab chiqdilar. Tuproqshunoslik va afokimyo intida tadqiqot natijalari umumlashtirildi, kam oʻrganilgan va hali oʻrganilmagan joylar tuproqlari eroziongeografik jihatdan tadqiq etiddi. Yangi maʼlumotlar tuproq tasnifini nazariy tomondan qayta koʻrib chiqishni va uning yangi variantini yaratish imkonini berdi.
T.ning ilmiy, nazariy va amaliy masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, qishloq xoʻjaligi. oliy oʻquv yurtlari va OʻzMU ning tuproqshunoslik kafedralari va boshqa ilmiy muassasalarida oʻrganiladi. Ilmiy ishlar natijalari davriy ilmiy jurnali lar, shuningdek, ilmiy toʻplamlarda nashr qilinadi.

Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish