Mavzu: Tuproqshunoslik sohasida xorijiy mamlakatlardagi yangi yo’nalish va tarmoqlar



Download 7,56 Mb.
bet2/2
Sana10.06.2022
Hajmi7,56 Mb.
#651304
1   2
Bog'liq
Tuproqshunoslik sohasida xorijiy mamlakatlardagi yangi yo’nalish va tarmoqlar

Bugungi kunda mamlakatimiz xalq xo'jaligining turli sohalari, jumladan, tuproqshunoslik sohasi rivojini yangi innovatsion yo'nalishlar, ishlanmalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Tuproqshunoslik sohasida innovatsion yechimlarning qo'llanilishi, birinchi navbatda, qishloq xo'jaligi tarmog'ining asosiy bo'g'ini bo'lgan tuproqlardan samarali foydalanish, unumdorligini saqlash va oshirish, ularni sog'lomlashtirish, qishloq xo'jaligi yer egalariga tezkor va sifatli xizmat ko'rsatishga qaratilgan. Prezidentimizning 1-aprel kuni qabul qilgan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi farmonida ham ushbu yo'nalishga alohida e'tibor qaratildi.
Unda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022-yillardagi ustuvor faoliyat yo'nalishlaridan biri etib tuproq unumdorligini oshirish sohasida tuproqlarning agrokimyoviy, kimyoviy, fizik-kimyoviy hamda ekologik-meliorativ holatini kompleks monitoring qilish tizimi, resurstejamkor sug'orish va o'g'itlantirish agrotexnologiyalarini yaratish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berishning belgilanishi sohada hal etilishi lozim bo'lgan masalalar borligini ko'rsatadi. Bunda hududlarda mobil laboratoriyalar tarmog'ini tashkil etib, tuproqlarning holatini diagnostika qilish hamda unumdorligini oshirish ayniqsa, bajarilishi zarur bo'lgan vazifalardan hisoblanadi.
Oxirgi yillarda tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va ularni muhofaza qilish borasida Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jahondagi asosiy ekologik muammolardan bo'lgan global iqlim o'zgarishi sharoiti hamda sahrolanish natijasida Orol dengizining qurishi oqibatida yurtimizning janubiy hududlarida yuzaga kelgan noxush sharoitlarni o'rganish, ularning oqibatlarini bartaraf etish borasida tadqiqotlar olib borildi. Bu izlanishlar samarasida iqlim o'zgarishi va dengiz qurishining atrof-muhitga yetkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish, shuningdek, biotizimlarning adaptatsiya jarayonlarini muayyanlashtirish, Orol bo'yi tuproq resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga ilmiy asos yaratildi.
Ammo sohada muammolar ham yetarli. Ulardan biri respublikadagi tuproqlarning sho'rlanishi bo'lib, hozirgi kunga kelib mamlakatimizning deyarli 47 foiz maydoni turli darajada sho'rlanishga uchragan. Bunday tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida institut olimlari tomonidan amalga oshirilgan bir qator ishlar natijasida Sirdaryo viloyati bo'z-o'tloqi va o'tloqi tuproqlarining “Tuproq sho'rlanishi kartogrammasi” tuzildi. Ushbu kartogrammalar bilan birga tuproq-geografik xamda tuproq-meliorativ rayonlashtirish ma'lumotlari qayta tahlil qilindi. Ular asosida respublikaning turli litologik-geomorfologik, gidrogeologik, tuproq-iqlim, inson-xo'jalik sharoitlaridagi sug'oriladigan tuproqlarda optimal meliorativ rejimlarni yaratish bo'yicha tabaqalashtirilgan sxemalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ayni paytda hududlarda qishloq xo'jaligi ekinlarini optimal joylashtirish vazifasini bajaruvchi “Tuproq xossa-xususiyatlariga ko'ra ekinlarni joylashtirish dasturi” dasturiy ta'minoti tanlab olingan qishloq xo'jaligi ekinlari uchun tadbiq qilinmoqda. Belgilangan mezonlar asosida qishloq xo'jaligi ekinlarini optimal joylashtirishning miqdoriy va fazoviy xususiyatlari aniqlanib, tuproq xossa-xususiyatlariga ko'ra, dasturdan foydalanish bo'yicha qo'llanma ishlab chiqildi.
Bu sohada ilg'or texnologiyalarni keng joriy etishga bo'lgan talab ayniqsa, oxirgi yillarda ortib bormoqda. Buning natijasida Institutda yana bir innovatsion yangilik —“tuproq klinikasi” nomi ostida ishlab chiqarilayotgan mobil laboratoriyalar yaratildi. Qishloq xo'jaligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlangan mazkur mobil laboratoriyaning asosiy mohiyati yer egalariga dalaning o'zida tuproq holati, tuproqdagi oziqa moddalar balansi haqida ma'lumotlar berishdan iborat. Transport ichida tashkil etiladigan mobil laboratoriya zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. U joylarga chiqib, dehqon va fermerlarning og'irini yengil, uzog'ini yaqin qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Shuningdek, bugungi kunda tuproqlarni o'rganish bo'yicha xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Xususan, respublikaning degradatsiyaga uchragan tuproqlari holatini o'rganish, ularning unumdorligini tiklash va oshirish bo'yicha Rossiya Federatsiyasining “Zion Holding Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Buxoro viloyatida tuproq tadqiqotlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida agroklasterlarning o'rni ortib borayotganiga guvoh bo'lyapmiz. Shu bois, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti mazkur agroklasterlar bilan ham yaqindan hamkorliklarni yo'lga qo'ygan. Jarayonda Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Buxoro servis Agroklaster” MCHJ, Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro Agroklaster zaminlari” MCHJ va Toshkent viloyati “TST Agro Cluster” MCHJ xorijiy agroklasterlari bilan memorandumlar imzolanib, ularda institut olimlari tomonidan klasterlar yer maydonlarida tuproqlarning holati, ozuqa moddalari bilan ta'minlanganlik darajalarini aniqlash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Olingan ma'lumotlar asosida tuproqlar unumdorligini oshirish va qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olish bo'yicha ilmiy maslahatlar berilyapti.
Tuproqshunoslik sohasidagi mavjud muammolar va echimini kutayotgan masalalarni hal qilish maqsadida institut mutaxassislari tomonidan kelgusida mobil laboratoriyalar tizimi orqali tuproqlarning holatini diagnostika qilish hamda unumdorligini oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berish, tuproqlarning sog'lomlik darajasini baholovchi tuproq-ekologik xaritalarini ishlab chiqish, sun'iy intellekt texnologiyalari asosida tuproq resurslarini kompleks monitoring qilish va boshqarish tizimining informatsion ta'minotini yaratish, geoaxborot tizimi texnologiyalari yordamida tuproqlar degradatsiyasini baholash va xaritalash hamda boshqa yo'nalishlar bo'yicha tadqiqotlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Yuqorida keltirilgan innovatsion yechimlar, yo'nalishlar, ishlanma hamda agrotexnologiyalar mamlakatimizning barcha viloyatlarida tuproq-ekologik sharoitlarini yaxshilash, qishloq xo'jaligi ekinlarini ilmiy asosda joylashtirish, tuproqlar unumdorligini saqlash va qayta tiklash, yer kadastrini to'g'ri yuritish va er-suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda asos bo'lib xizmat qiladi.

Tuproq va undagi boy resurslar barcha tirik organizm, xususan insonlar uchun hayot manbai bo‘lib xizmat qiladi. 2002 yildan boshlab Xalqaro tuproqshunoslik ittifoqi tomonidan sayyoramiz tuproq resurslarining ahamiyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Xalqaro tuproqshunoslik ittifoqining qarori Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlangach, 2013 yil BMT Bosh Assambleyasi 5 dekabrni Butunjahon tuproq kuni deb e’lon qildi.
Tuproqlar ekotizimning asosiy tuzilmalaridan biri bo‘lib, odamlar hamda flora va fauna olami uchun yashash maydonini ta’minlaydi, biologik xilma-xillikni saqlaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning asosiy tarkibiy qismi, noqulay iqlim omillari sharoitida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash shartlaridan biri hisoblanadi. 

Tuproq unumdorligi unda yashaydigan chuvalchanglar, turli qurt-qumursqalar, yer qaziydigan hayvonlar, tuproqqa tushgan organik modda va chirindilar bilan bog‘liq. Mikroorganizmlar faoliyati va suvning erituvchanlik xususiyati ta’sirida kimyoviy moddalar (azot, fosfor, temir, kaliy, kalsiy va boshqalar) o‘simlik ildizlari so‘rib oladigan eritmalar hosil qiladi. Shunday qilib, tuproq hosil bo‘lish jarayoni to‘xtovsiz davom etadi. 
Tuproqni shunchaki, odamning oyoqlari ostidagi mustahkam poydevor sifatida ko‘rib bo‘lmaydi. Yerning unumdorligi hayotimizda asosiy omillardan biri. Shu nuqtai nazardan, ekologlar va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakillari dunyodagi tuproq resurslarining taxminan uchdan bir qismi tanazzulga uchraganidan, ba’zilari esa cho‘lga aylanayotganidan xavotirda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yer yuzida arid (qurg‘oqchilik) yuqori bo‘lgan hududlarning umumiy maydoni 48810 ming km2ni, yoki quruqlikning 33,6 foizini tashkil etadi. Shundan o‘ta qurg‘oqchil (ekstraarid) zonasiga 4 foizi, arid zonasiga 15 fozi va chala arid zonasiga 14,6 foizi to‘g‘ri keladi. Doimiy qurg‘oqchilik tabiiyki, cho‘llanishga olib keladi. 
Quruq yerlar dunyodagi ekin maydonlarining 43 foizdan yuqorisini tashkil etadi. Yerlarning tanazzulga uchrashi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yo‘qotish yiliga taxminan 42 milliard AQSH dollariga teng. So‘nggi 40 yil ichida dunyodagi barcha ekin maydonlarining uchdan bir qismi tuproq eroziyasi tufayli hosildorlikni yo‘qotish sababli tashlab ketilgan. Har yili yana 20 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlari shu qadar tanazzulga uchraganki, ular endi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ishlatilmayapti yoki urbanizatsiya sur’atlari tufayli shaharlarga singib ketgan.

Qurg‘oqchilik va unumdor yerlarning kamayishi BMTni ham tashvishga solayotgan muammolardan biri. 
2020 yilning oktyabr oyi boshida TED Countdown xalqaro iqlim tashabbusi ostida o‘tkazilgan forumda nutq so‘zlagan Antoniu Guterrish global iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik masalalariga alohida etibor qaratish zarurligi haqida gapirgandi.
“Agar biz hozir harakat qilmasak, bu asr insoniyat uchun so‘nggi asr bo‘lishi mumkin. Global iqlim o‘zgarishi misli ko‘rilmagan o‘rmon yong‘inlari, kuchli va tez-tez uchraydigan siklonlar, toshqinlar, qurg‘oqchilik va boshqa ekstremal ob-havo hodisalarini keltirib chiqarmoqda”, degan BMT rahbari.
Afrikaning qurg‘oqchilik va cho‘llanish yuqori bo‘lgan hududlaridan taxminan 60 million nafar aholi boshpana, oziq-ovqat va ish izlab Yevropa hamda Shimoliy Afrika mamlakatlariga ko‘chib o‘tgan.

Qurg‘oqchilikka moyil mintaqalar yer massasining 40 foizidan ortig‘ini egallaydi. Ushbu hududda ikki milliarddan ortiq odam yashaydi. Bu odamlarning deyarli barchasi rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi.
Biroq, rivojlangan davlatlar – Germaniya, AQSH, Italiya, Ispaniya, Portugaliya ham qurg‘oqchilik va cho‘llanishdan aziyat chekayotgan davlatlar sirasiga kiradi. 
Eroziya natijasida o‘lik tuproqlarni tiklash uchun juda ko‘p vaqt kerak. Ko‘pgina hududlarda changli bo‘ronlar tobora jiddiy muammoga aylanib bormoqda. Bu epimarkazda ham, undan ancha uzoqlikda ham inson salomatligi va ekotizim holatiga ta’sir qiladi.
Gobi cho‘lidan kelib chiqqan shiddatli bo‘ronlar Xitoy, Koreya va Yaponiyaning keng hududlariga ta’sir qiladi va quruq mavsumda ko‘p odamlarda isitma, yo‘tal va ko‘zning qizarishi uchrab turadi. Cho‘ldan esgan shamol changlari, hatto, Shimoliy Amerikada ham nafas olish muammolarini keltirib chiqaradi va Karib dengizidagi marjon riflarini yemiradi. 
Har xil darajada cho‘llanish sun’iy sug‘oriladigan yerlarning 30 foizida, tabiiy yog‘ingarchilik bilan namlangan qishloq xo‘jaligi yerlarining 47 foizida va yaylovlarning 73 foizida sodir bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili 1,5 milliondan 2,5 million gektargacha sug‘oriladigan yerlar, 3,5 milliondan 4 million gektargacha tabiiy yog‘ingarchilik bilan namlangan qishloq xo‘jaligi yerlari va taxminan 35 million gektarga yaqin yaylovlar to‘liq yoki qisman yo‘qoladi. BMT cho‘llanishning bu qadar tez rivojlanishi oqibatida 2025 yilga borib, dunyo aholisining har beshinchi odam cho‘llashgan hududda yashashga majburligi haqida gapirgan.

Cho‘llanish nima?


Cho‘llanish atrof-muhitdagi ekotizimlarda unumdor yerlarning ulushi kamayishi. Ekologik o‘zgarishlarni yuzaga keltirishda tabiiy omillar bilan birga, antropogen omillarning o‘rni ham muhim sanaladi. Kritik ob-havo sharoiti, ayniqsa, qurg‘oqchilik va odamlarning yerlarni ifloslantiradigan va yo‘q qiladigan harakatlari (shu jumladan, ortiqcha ishlov berish, o‘tloq va o‘rmonlarni yo‘q qilish) ekin maydonlarini cho‘lga aylantirmoqda. Ekotizimlarning o‘zgarishi va cho‘llarning kengayishi bilan oziq-ovqat ishlab chiqarish kamayadi, suv manbalari quriydi va aholining ayrim guruhlari yanada qulay sharoitga ega bo‘lgan joylarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lmoqdalar.
Cho‘llanish qanday oqibatlarga olib keladi:
• oziq-ovqat mahsulotlarining kamayishi, tuproq unumdorligining pasayishi va yerning tabiiy chidamliligini yo‘qolishi;
• daryolarning quyi oqimlarida toshqinlarning ko‘payishi, suv sifatining yomonlashishi, daryolar va ko‘llarda cho‘kindi jinslar, suv omborlari va harakatlanuvchi kanallarning loyqalanishi;
• shamol, chang, shu jumladan ko‘z, nafas olish va allergik kasalliklar va psixologik stress tufayli inson sog‘lig‘ining yomonlashishi;
• ta’sirlangan aholining odatdagi turmush tarzini buzish, boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishga majbur qilish.
• aholi migratsiyasi tufayli yuqumli kasalliklarning tarqalishi.

Bunday noqulay sharoitlarda yashovchi kambag‘al odamlar, ayniqsa, ayollar, siyosiy hayotda kamdan-kam ishtirok etadilar. Ular sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va ta’lim kabi birlamchi ehtiyojlardan foydalana olmaydilar.
Cho‘llanish muammosi mintaqamizda
Sayyoramizda global miqyosda sodir bo‘layotgan cho‘llanish jarayonlari yog‘ingarchilik kam kuzatiladigan O‘rta Osiyo mintaqasida ham keng o‘rin olgan. Ayniqsa, Qizilqum va Qoraqum cho‘llari bilan tutash bo‘lgan Orol dengizi havzasi ekologik ofat zonasi deb e’lon qilingan. 
Cho‘llanish jarayonlari 210 mln gektar maydonni egallab yotgan O‘rta Osiyoning arid (qurg‘oqchil) hududlari uchun ham bog‘liq. Turon tabiiy geografik o‘lkasida, xususan Qizilqum cho‘lida cho‘llanish hodisalarining geografik tarqalishi boshqa arid o‘lkalarga nisbatan o‘ziga xoslikka ega.
O‘rta Osiyo mintaqasi, xususan O‘zbekiston hududida ham cho‘llanish bilan bog‘liq vaziyat yil sayin jiddiylashib bormoqda. Bunga asosiy sabab:
• daraxtzorlarning maydoni yildan yilga kamayishi;
• Orol dengizi hududida cho‘llanish sur’ati oshib, dengiz suvi o‘rnida qum, tuz paydo bo‘lishi;
• me’yordan ko‘p suvdan foydalanish natijasida yerning suvli eroziyasi ko‘payishi. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hukumatlararo qo‘mitasi tomonidan cho‘llanishga qarshi kurashish va qurg‘oqchilikni yumshatish bo‘yicha 1994 yil 17 iyun Parij Konvensiyasi qabul qilingan edi. O‘zbekiston Respublikasi ham cho‘llanish va qurg‘oqchilik oqibatlariga qarshi kurashishning muhimligini e’tiborga olib, 1995 yilda ushbu Konvensiyaga qo‘shildi.
O‘zbekiston Respublikasining 70 foizdan ko‘proq hududi cho‘l va chala cho‘ldan iboratligini inobatga olsak, sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish, botqoqlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi, ayniqsa, Qizilqum cho‘lidagi Qoraxotin, Oyoqog‘itma, Mullali, Mingbuloq botiqlarida cho‘llanishning oqibatlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Orol dengizi suv sathining qurishi tufayli O‘zbekistonda yana qo‘shimcha 3 mln gektardan ortiq maydonda Orolqum paydo bo‘ldi. Natijada, ushbu hududda ekologik muhit yomonlashib, cho‘llanish jarayonlari yanada kuchaydi va ko‘plab ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirdi.

Oxir-oqibat qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning mahsuldorligi yil sayin kamayib, oziq-ovqat, yem-xashak va sanoat xom-ashyolarini yetarli miqdorda yetishtirib berish sekinlashmoqda va yetishtirilgan mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari ham pasayib bormoqda. Vujudga kelgan ekologik vaziyatning yomonlashishi natijasida cho‘llashgan yerlardan aholining shaharga ko‘chishi ko‘paymoqda. Bunga misol tariqasida Mo‘ynoq tumani aholisining o‘tgan asrimizning 70-80 yillarida ikki baravar kamayishi (45 ming kishidan 22 ming kishiga) yaqqol misol bo‘ladi.
Tabiatni asl holida qoldirish unga yordam berish bilan barobar. Yashil hududlarning qisqarishi, suv zaxiralarining kamayishi, iqlimning keskin isib ketishi, tuproq unumdorligining yo‘qolishi tabiatning biz insonlarga bergan “in’omi”. Zero, bunga o‘zimiz aybdormiz.
ttps://yuz.uz/uz/news/tuproqshunoslikning-zamonaviy-va-innovatsion-ilmi-yaratiladi
Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish