6.2. Amaliy qism. Alyuminiy oksidi va metall
oksidlari (So, Fe, Ni, Zn va boshqaplar) asosida
qoplash uchuli bilan katalizator tayyorlash
Kerakli moddalar, idishlar asbob va qurilmalar: alyuminiy oksidi, suv, fosfor kosacha, stakanlar, kolbalar, shisha tayoqcha, termometr, quritish shkafi, mufel shkafi.
Toza holatdagi tayoqchasimon γ – Аl2О3 4х2 mm o‘lchovli bo‘lakchalarga qirqiladi 9tayyor holatdagisini ham ishlatish mumkin), elab changlardan tozalanadi va mufel shkafida 400-5000S gacha qizdiriladi. Metall oksidi mos ravishda metall nitratidan (kristall gidratidan) olinadi. Kerakli miqdordagi metall nitrati tarozida tortib olinadi va γ – Аl2О3 hajmiy nisbat 0.5-0.6 hajmi miqdordagi distillangan suvda eritiladi 80-900С gacha qizdiriladi. Keyin esa 4500 S da qizdirilgan γ – Аl2О3 tezlik bilan nitrat tuzi eritmasi ustiga solinadi. Bunda suv bug‘ining kuchli parlanishi kuzatiladi. Agar suv to‘liq bug‘lanib ketmasa aralashma quritish shkafida, 100-1200С da aralashtirib turilgan holatda quruguncha qizdiriladi. Nitrat tuzi bilan ishlov berilgan olyuminiy oksidi farfor kosachvgv (idishga) solinadi va mufel shkafida 400-4500 S da 2-3 soat davomida qizdiriladi. Bu sharoitda nitrat tuzi parchalanadi, hamda kritallizatsiya suvi bog‘lanib ketadi. Azot oksidi 190 -2000С da uchib chiqa boshlaydi (shuning uchun mo‘rili shkaf tagida yoki ochiq havoda ishlanadi). Natijada nitrat tuzi parchalanib metall oksidi holatda alyuminiy oksidi sirtiga qoplanadi va kerakli tarkibli katalizator ishlatishga tayyor bo‘ladi (ishlatishdan oldin katalizatorni elab changdan tozalash lozim).
Kerakli miqdordagi nitrat tuzi olishni hisoblash namunasi. Masalan, 96% Аl2О3 4% kolbalt oksidi tarkibli katalizatordan 100 g tayyorlash talab qilinsin. Demak 96 g Аl2О3 va 4 g kobalt oksidi kerak bo‘ladi. Kobalt oksidi olishda 6 molekula suv tutgan reaksiya asosida foydalanamiz:
2Co(NO3)2·6H2O =2CoO+4NO2+12H2O+O2
Reaksiya tenglamasidan ko‘rinadiki 1 mol kobalt nitrati kristall gidrati qizdirilganda 1 mol kobalt oksidi hosil bo‘ladi.
Kobalt nitrati kristallgidratining molekulyar massasi =291
Kobalt oksidining molekulyar massasi =75
291 g (kristallgidrat )--------------------------------------- 75 g (СоО)
Х g ----------------------------------------------------------------4 g (СоО)
Х=15,52 g
Shunday qilib tarkibi 96 % alyuminiy oksidi va 4 % kobalt oksididan iborat 100 g katalizator tayyorlash uchun quyidagi miqdorda boshlang‘ich komponentlar olish kerak:
Kobalt nitrati kristallgidrati Со(NO3)2 ·6H2O - - 15,52 g
Alyuminiy oksidi ---------------------------------------96,0
Do'stlaringiz bilan baham: |