Reaksiya tartibini topish usullari
Hozirgi paytda kimyoviy kinetikada qo‘llaniladigan reaksiyalar tartibini aniqlash usullarini ikki guruhga bo‘lish mumkin; 1) integral; 2) differensial.
Birinchi guruhga kinetik tenglamaning integral formasiga (1-jadvalga qaralsin) asoslangan va yarim o‘zgarish davri tenglamasi bilan bog‘liq usullar kiradi. Bu usullar quyidagilardan iborat.
O‘rniga qo‘yish usuli.
Grafik usul;
Ostvald –Noyyes usuli
Ikkinchi guruhga (differensial usullarga) esa.
Boshlang‘ich tezlik usuli;
Vant-Goff usuli.
Turli tartibli qaytar va qaytmas kimyoviy reaksiyalarning differensial va integral
kinetik tenglamalari
Reaksiya turi
|
Reaksiya tartibi
|
Differensial kinetik tenglama
|
Integral kinetik tenglama
|
T Ѕ uchun tenglama
|
Tezlik doimiysi o‘lchami
|
I qaytmas reaksiyalar
|
А→ maxsulot
А→ maxsulot
2А→ maxsulot
А+В→ maxsulot
3А→ maxsulot
|
nolinchi (0)
birinchi (1)
birinchi (1)
ikkinchi (2)
ikkinchi (2)
uchunchi (3)
|
|
CA = C0A – kt
|
|
mol· dm3/s
s-1
(mol·dm3) – 1/s
(mol·dm3) – 2/s
|
II qaytar reaksiyalar
|
|
Birinchi (1)
|
|
|
|
|
Integral usullar
O‘rniga qo‘yish usuli. Bu usul birinchi, ikkinchi va uchinchi tartibli reaksiyalsharning integral kinetik tenglamasini qo‘llashga asoslangan.
Bu tenglamalar tezlik doimiysining vaqtga reagentlarning boshlang‘ich va oxirgi konsentratsiyalariga bog‘liqlik holatiga keltiriladi:
0- tartibli reaksiya integral tenglamasi
Tezlik doimiysi ifodasi
1-tartibli reaksiya integral tenglamasi
Tezlik doimiysi ifodasi
2-tartibli reaksiya integral tenglamasi
(А+А→ mahsulot) holat uchun
Tezlik doimiysi ifodasi
(A+B→ mahsulot) holat uchun (1.8)
Tezlik doimiysi ifodasi
Tajribada konsentratsiyaning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi asosida olingan natijalar tezlik doimiysi ifodasiga qo‘yiladi. Agar yuqoridagi tenglamalardan birortasiga bir necha tajriba natijalari qo‘yilganda tezlik doimiysi bir xil (o‘zgarmas) qiymat hosil qilsa, tenglama qaysi tartibli reaksiya uchun bo‘lsa, o‘rganilayotgan reaksiya ham shu tartibga mos keladi.
Misol. Murakkab efirning ishqoriy sovunlanish reaksiyasida quyidagi tajriba natijalari olingan:
Vaqt, min.
|
Efir konsentratsiyasi,
mol/l
|
0
3
7
15
25
|
0.01 (С0)
0.00740
0.00550
0.00363
0.00254
|
Bu reaksiyaning tartibi (umumiy tartibi) o‘rniga qo‘yish usuli bo‘yicha hisoblansin.
Yechish: hisoblash ketma-ket (tashlab ketish ham mumkin) 0-. 1-va 2-tartibli reaksiyalar tezlik doimiysi tenglamalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
a) tezlik doimiysini (k) hisoblashni 3 va 25 minutdagi qiymatlarini (mos ravishda k3 va k25 deb belgilaymiz) 0-tartibli reaksiya tenglamasiga qo‘yib hisoblaymiz:
Olingan tezlik doimiysi o‘zgarmas qiymatga ega emas, (ular orasidagi farq juda katta), demak o‘rganilayotgan reaksiya 0-tartibli emas.
b) yuqoridagi vaqtlar uchun k ni 1- tartibli reaksiya tenglamasi orqali hisoblaymiz:
Tezlik doimiysining hisoblab topilgan qiymatlari bir-biridan katta farq qiladi (doimiy qiymatga ega emas). Demak bu reaksiya birinchi tartibli ham emas ekan.
v) yuqoridagi vaqtlar uchun k ning qiymatini ikkinchi tartibli reaksiyalar tenglamasiga qo‘yib hisoblaymiz:
Tezlik doimiysining hisoblab topilgan qiymatlari xatolik darajasida doimiy qiymatga ega. Shunga asoslanib aytish mumkinki, murakkab efirning gidrolizlanish reaksiyasining tartibi 2 ga teng.
Grafik usul. Bu usul 0-, 1-, 2- va 3-tartibli reaksiyalariga asoslangan (1-rasm).
1-rasm а) СА; б) lgCȦ / CA; в) 1/СА va g) 1/2СА larning vaqtga bog‘liqlik grafiklari.
a)nolinchi tartibli reaksiya: buning uchun nolinchi tartibli reaksiyaning kinetik integral tenglamasi СА=СА0-kt asos qilib olinadi va uning asosida СА – t bog‘liqlik grafigshi chiziladi. Grafik a) rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘lashi kerak.
b) birinchi tartibli reaksiya: birinchi tartibli reaksiyalar integral kinetik tenglamasi
Ko‘rinishda olinadi va bog‘liqlik grafigi chiziladi. Grafik b- rasmdagi holatga mos kelishi kerak.
v) ikkinchi tartibli reaksiya:
Ko‘rinishdagi ikkinchi tartibli reaksiya integral kinetik tenglamasi holatga o‘tkaziladi va bog‘liqlik grafigi chiziladi. Grafik v) rasm ko‘rinishdagi holatda bo‘lishi kerak.
g) uchinchi tartibli reaksiya: bunda uninchi tartibli reaksiya integral kinetik tenglamasi asosida koordinatalarga ½СА2-t qo‘yilib grafik chiziladi . grafik g- rasmdagi ko‘rinishda bo‘lishi kerak.
Shunday qilib turli tartibli reaksiyalar uchun reagent (reagentlar) konsentratsiyasining turli xil funksiyalari, jumladan СА (0-tartibli reaksiya); lnСА*/ СА (1-tartibli reaksiya); 1/СА (2-tartibli reaksiya) va ½СА2 (3- tartibli reaksiya) bilan vaqtning to‘g‘ri chiziqli bog‘liqligi grafik holatda berilgan bo‘lib, shu konsentratsiya funksiyasining tajribada aniqlangan qiymati grafikda yotadi va o‘rganilayotgan reaksiyaning umumiy tartibini beradi.
Ostvald-Noyyes usuli. Bu usul kimyoviy reaksiyaning yarim o‘zgarish vaqti (t1/2) parametrini qo‘llashga asoslangan. Yarim o‘zgarish vaqti- bu tasirlashuvchi moddalar konsentratsiyasi 2 marta kamayishi uchun ketgan vaqt. Turli tartibli qaytmas reaksiyalar uchun yarim o‘zgarish vaqti bilan reagent boshlang‘ich konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik turli tenglamalar bilan ifodalanadi, yani turlicha harakterga ega:
tartibli reaksiya
tartibli reaksiya
tartibli reaksiya
tartibli reaksiya
Mos ravishda yuqoridagi yarim o‘zgarish davri bog‘liqlik tenglamalaridan keltirib chiqarilgan tezlik doimiysi bilan yarim o‘zgarish davri va reagent boshlang‘ich konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlikni ifodalaydigan kinetik differensial tenglamalar ham turlichadir:
tartibli reaksiya
tartibli reaksiya
tartibli reaksiya
tartibli reaksiya
Tezlik doimiysining yarim o‘zgarish vaqti va reagent boshlang‘ich konsentratsiyasiga bog‘liqligi tenglamalaridan ko‘rinadiki, faqat birinchi reaksiyalarda yarim o‘zgarish vaqti reagent boshlang‘ich konsentratsiyasiga (СА*) bog‘liq emas va doimiy qiymatga ega (2-rasm). Boshqa tartibli reaksiyalarda esa t1/2 qiymati reagent boshlang‘ich konsentratsiyasiga bog‘liq va mos ravishda doimiy kattalik emas.
2- Rasm. Metilizonitril bosimining vaqtga bog‘liqligi
H3C – NC → H3C – C ≡ N
Berilgan reaksiya uchun ikkita yarim o‘zgarish davri keltirilgan.
Qaytmas kimyoviy reaksiyalar tartibini Osvald-noyyes usuli bo‘yicha aniqlash ikki xil bo‘ladi:
A) o‘rniga qo‘yish;
B) grafik.
O‘rniga qo‘yish: reagent boshlang‘ich konsentratsiyasi (С0) turlicha bo‘lgan turkum tajribalar o‘tkaziladi va har bir tajriba uchun yarim o‘zgarish vaqti (t) aniqlanadi, keyin esa olinagan kinetik natijalar ketma-ket (tanlab olib) tenglamalarga qo‘yilib tezlik doimiysi qiymati hisoblanadi. Agar tezlik doimiysining bir necha qiymati ayni bir tenglamada o‘zgarmas bo‘lsa reaksiya shu tartibga mos keladi.
Misol: NH4CNO→(NH4)2CO реакциянинг тартиби Освальд-Нойес усули билан қуйида берилган тажриба натижалари асосида ҳисоблансин.
№
|
Reagent C0,
ol/l
|
T 1/2, ch.
|
T 1/2, s.
|
1
2
3
|
0.05
0.10
0.2
|
37.03
19.15
9.45
|
133308
68940
34030
|
Yechish. Har bir tajriba uchun ketma-ket (tanlab olib) 0-,1-, 2- va 3-tartibli reaksiyalar uchun tezlik doimiysi bilan yarim o‘zgarish davri bog‘liqligi tenglamasidan tezlik doimiysini topamiz:
a)
tenglamani qo‘llab 1-tartibli reaksiya uchun К1, К2, va К3 larni topamiz.
К1 = ln2/133308
K2 = ln2/68940
K3 = ln2/34020
Tezlik doimiysi qiymati turlicha ekanligi kuzatiladi, demak ushbu reaksiya 1-tartibli emas.
б)
(ikkinchi tartibli uchun) tenglamani qo‘llab k1, k2 va k3 larni hisoblaymiz.
k1 = 1/133308·0,05 = 1.50· 10 – 4
k2 = 1/68940·0,10 = 1,45· 10 – 4
k3 = 1/34020·0,20 = 1,47· 10 – 4
Bunda tezlik doimiysi qiymati reagentning turli xil boshlang‘ich konsentratsiyalari uchun o‘zgarmas ekanligi kuzatildi. Demak, berilgan reaksiyaning tartibi 2 ga teng.
Grafik usul. O‘rganilayotgan reaksiyadan olingan natijalar asosida lgt½ -lgСА* bog‘liqlikgrafigi chiziladi. Agar bunda to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik bo‘lsa (3 –rasm), grafikdan burchak tangensi topiladi. Bunda tgα=n-1; n=1+tgα (n-reaksiya tartibi).
3-rasm. Yarim reaksiya vaqti logarifmi qiymatini reagent boshlang‘ich konsentratsiyasi logarifmasiga bog‘liqlik grafigi
Do'stlaringiz bilan baham: |