«vismut-surma telluridlari asosidagi yarimo’tkazgichli plyonkalarning tenzorezistiv xususiyatlarini tadqiq etish»



Download 4,86 Mb.
bet9/30
Sana09.07.2022
Hajmi4,86 Mb.
#764572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
ANVARJONOVNA OXXXIRGISI1111111111

1.3-rasm. Bi2Te3 birikmasidagi qatlamlar tuzilishi
Kvintetlar orasidagi masofa nisbatan katta, shu sababdan Te(1) - Te(1)bog‘lanish kuchsiz bo‘ladi. Taqriban bu bog‘lanish van-der-vaals kuchlari orqali sodir bo‘ladi; bu holda Kulon itarish kuchi ta’siri ham mavjuddir. Te(1) - Te(1)bog‘lanishning kuchsizligi Bi2Te3 kristallarning (0001) sirt bo‘ylab yengil siljishi hisobiga sodir bo‘ladi deb tushuntiriladi. Bi yoki Sb va Te(1) va Bi yoki Sb s Te(2)bog‘lanishlar, asosan, kovalent tabiatli bo‘lib, ionli bog‘lanishning ulushi ham, oz bo‘lsa-da, yo‘q emas [22].
Ma’lumki, Bi2Te3 stexiometrik tarkibi 40,065 at % Bi + 59,935 at.% Te holga mos keladi. Vismut-surma telluridini eritish yo‘li bilan olishda stexiome­triyadan sezilarli chetlashish ham kuzatilgani [23, 24]. Stexiometriyadan bunday chetlashish Vismut tellurid kristallari o‘tkazuvchanligi tipining o‘zgarishiga olib keladi. Tellurning stexiometrik tarkibdan miqdoran ortishi elektronlar konsentratsiyasining orishiga olib keladi, Vismutning miqdoran ortishi esa kovak konsentratsiyasini ortiradi. Eritmadan o‘stirilgan kam miqdorli tellurli, kristallar Vismut bilan, aksincha tellur bilan boyitilgan bo‘ladi.
Vismut va tellur atomlarining ortiqcha miqdori antistruktura tipidagi defektlarga olib keladi. Xususan Vismutning har bir ortiqcha atomiga akseptorlarning 3/5, tellurga esa – donorlarning 2/5 ulushi to‘g‘ri keladi. Sb2Te3 stexiometrik tarkibi 40,40 at % Sb +59,60 at. % Te bo‘ladi va kavakli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Stexiometriyadan chetlashish o‘tkazuvchanlik tipining o‘zgarishiga olib keladi [25].
Birikmaning tarkibi stexiometriyaga nisbatan Bi va Sb atomlar bilan to‘yinishiga olib keladi. Sintezlangan birikmada doimo p–tip o‘tkazuvchanligi bo‘ladi va unda kovak konsentratsiyasi katta miqdorli bo‘ladi (p1019sm-3). Kovakning konsentratsiyasini kamaytirish uchun shixtaga Te atomlarining 3 % li kiritmasi bo‘lish talab etiladi [25, 26] ishda qayd qilingan natijalarga ko‘ra Bi2-xSbxTe3 yupqa qatlamni yuqori dozali kislorod ionli implantatsiya hisobiga o‘tkazuvchanligini n-tipga o‘zgartirish mumkin.
Bi2-xSbxTe3 birikmada elektromanfiy elemen­tlarning ortiqcha bo‘lishi hisobiga sodir bo‘ladigan stexiometriyadan chetlashish uch xil [27, 28]: uyachalar, antistrukturaviy va vakansiya ko‘rinishdagi defektlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu holda akseptor markazi rolida Te vakansiyalari va antistrukturaviy Bi yoki Sb atomlari keladi.
Uyachalararo elektromanfiy element donor markazi tabiatli bo‘ladi. [29, 30] ishlarda ko‘rsatilganki, Bi2Te3 va Sb2Te3 birikmalarda antistrukturaviy turdagi defektlar kuzatilgan. Bu holda antistrukturaviy defekti hosil bo‘lish energiyasi vakansiya hosil bo‘lish energiyasidan kichik bo‘ladi [30]. Xususan, Bi2Te3 materialda antistrukturaviy atomlar hosil bo‘lish energiyasi Bi - 0,4 eV vakansiya hosil bo‘lish energiyasi esa Te - I eV [31].
Vismut xalkogenidlari isitilganida tarkibiy qismlarga ajralib ketadigan past darajali birikmalar turkumiga kiradi [30, 31]. Vismut telluridining ajralish reaksiyasi quyidagicha boradi [29].
Sb2Te3 birikmasi uchun dissotsiatsiya sxemasi quyidagicha aniqlanadi [32]
(1.2)
(1.1) va (1.2) e’tiborga olinsa, u holda qattiq eritmaning dissotsiatsiya sxemasi
(1.3)
Termovakuum texnologiyasining qo‘llanilishida shixtaning yetarli darajada bug‘lanishi bug‘lanayotgan material bug‘ining xususiy bosimi vakuum kameradagi qoldiq bosimdan bir necha tartibda katta bo‘lishi talab etiladi.
Bundan tashqari, Bi2-xSbxTe3 bug‘lanishi 850÷900K dan katta temperaturalarda samarali kechadi [33] va u o‘sha materialning sublimatsiya temperaturasiga mos keladi.
Qattiq Vismut tellurid ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi (Pumum)ning temperaturaga bog‘liqligi 720÷850K temperaturalar oraligida quyidagicha ifodalandi
(1.4)
bu yerda A=10443±444, B=11,054±0,228 [33]. (1.4) tenglamadagi Pum, PSb4, PSbTe,PTe2 koeffitsientlar quydagi qiymatlarni qabul qiladi - A=10003. Pum uchun -B=10,925; RSb4 – B=9,97; PSbTe -B=10,573 va PTe2 uchun - B=10,573.
Bug‘ komponentalarining porsial bosimi PTe2=0,25 PBiTe, PBiTe=0,8Pum.
Uch komponentali P-(Bi,Sb)2Te3 qattiq eritma birikmasining bug‘lanishi katta ahamiyatlidir. Eritmalarning ayrim komponentalari bug‘lanishning temperaturasi va tezligi miqdoran bir- biriga yaqin qiymatlidir (10-2 Torr bosimda Bi uchun - 698oC va 2,710-4 g/sm2sek, Sb uchun – 678o C va 2,9510-4 g/sm2sek va Te uchun – 670oC va 4,0310-4 g/sm2sek [34], yupqa qatlamlarni vakuumda termik bug‘laish yo‘li bilan olish mumukin [35]. Bi2-xSbxTe3 birikma isitilganida uning tarkibida strukturaviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va u o‘zgarish termovakuum texnologiyaning sharoitiga bog‘liq bo‘ladi [36, 37].
Bi2-xSbxTe3 birikmaning eng uchuvchan kom­ponentalaridan biri tellurdir [38, 39]. Vismut-surma telluridi bug‘lanishining dastlabki paytlarida uning usidagi to‘yingan bug‘ tellur bilan to‘yingan bo‘ladi. Masalan, tellur gazining Sb2Te3 ustidagi bosimi 880 K temperaturada Sb4, Sb2Te3 va SbTe birikmalar ustidagi bosimlardan mos holda 750, 60 va 18 marta katta bo‘ladi [40].
[41] ishda Bi2-xSbxTe3 materialdan har xil vaqt oraligida bug‘latish yo‘li
bilan olingan yupqa qatlamlarda tellurning miqdoran o‘zgarishi tekshirilgan. Bu tekshirish yetti bo‘limda olib borilgan. Birinchi uch vaqt oraligida olingan yupqa qatlamlarda tellur atom birligida 83, 79 % bo‘lganligi aniqlangan va ikkinchi fazada esa ortiqcha tellurningn kamayishi kuzatilgan . Bu kamayish yupqa qatlamni tashkil etuvchi bloklarda saqlanib qolishi hisobiga borishi tushuntirilgan.
Bug‘latishning keyingi etaplarida olingan kondensatlarda tellurning miqdori stabillashgan va 60 at.%ni tashkil etgan. Kondensa­tlarning tellur bilan to‘yinishi [42, 43] ishlarda ham kuzatilgan. Texnologik protsesslarda bug‘latgich ustidagi gazsimon oqimning tarkibi stexiometrik miqdordagisini ta’minlash uchun zaslonkadan foydalanilgan va u bug‘dagi komponentalarning miqdoriy nisbatanlarining stabillashishida ochiladi.
Bi2Te3 guruh birikmalar asosida olingan yupqa qatlamlar strukturalarini shakllantirish va ularning xususiyatlarini tadqiq qilishga qator ilmiy tadqiqot ishlari bag‘ishlangan. [40] ishda slyudada o‘stirilgan Bi2-xSbxTe3 vakuum kondensatlarining strukturalarini shakllantirish bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari umumlashtirilgan. Amorf tagliklarda o‘stirilgan strukturalari haqida ma’lumolar [40-42] ishlar qayd qilingan. Bi2-xSbxTe3 vakuum konden­satlariga slyuda sezilarli epitaksial ta’sir ko‘rsatadi.
Poliimidda kondensatsiya temperaturasiga yaqin 360 K temperaturada elektronogramma va rentgenografik tekshirish natijalaridan Bi2-xSbxTe3 polikristall xossaga egaligi aniqlangan hamda kristallitlari (110) va (200) tekisliklaritaglik sirti tekisliiga nisbatan tartibsiz orientatsiyalanganligi tekshirilgan. Bu tekisliklar Bi2-xSbxTe3 materialning (001) tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan.
[43] ishda Bi-Sb-Te yupqa qatlamlar sistemasining tenzoelektrik xossalari bilan ularning strukturasi, kimyoviy va fazaviy tarkiblarini bog‘liqligini o‘rganish maqsadida kimyoviy tarkibining Bi-Sb-Te yupqa qatlam qalinligiga bog‘liqligi rentgenospektral analiz yordamida tadqiq etilgan.



Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish