6.Sentrifugalash.
Differensial sentrifugalash. Chokish tezligiga kora turli kattalikdagi bolaklarni ajratish usuli. Bu usulda virus tutuvchi material kop marotaba kichik (2000-3000 ayl/daq) va katta (40000-50000 ayl/daq) tezliklarda sentrifugalanadi. Virus bir chokma usti suyuqligida (kichik tezlikda), bir chokmada (katta tezliklarda) boladi, resuspenziyalanib, yana sentrifugalanadi. Bu yol bilan virusning yuqori darajada tozalanishiga erishiladi.
Zichlik gradientida sentrifugalash. Viruslarni tozalash va ularning zichligini aniqlash uchun qollaniladi.
Bu usulda sentrifuga probirkasiga moddaning har xil zichlikdagi eritmalari qavat-qavat qilib quyiladi (masalan, saxaroza), bunda eng yuqori zichlik (virus zichligidan yuqori) probirka tubida hosil qilinadi, yuza qismiga qarab esa, zichlik asta-sekin kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |