9.Viruslarga qarshi preparatlarni ishlab chiqish.
Virusga qarshi preparatlar paydo bo‘lganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shuni ta’kidlash kerakki, inson organizmi avvalo, virusga qarshi interferonlar ishlab chiqishi orqali kurashadi. Ammo, organizmda ko‘pincha aksariyat kasalliklarni yengish uchun ushbu modda yetarlicha bo‘lmaydi. Bunday paytda interferon ishlab chiqishni tezlashtirish yoki uni endogen mahsulot sifatida tanaga yuborish zarur. Interferon turidagi preparatlar esa aynan ushbu maqsadlarga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |