Viruslarning tabiati to‘g‘risida bir qancha gipotezalar bor. Birinchi gipotezaga muvofiq, iruslar hujayraviy tuzilishga ega bo‘lmagan sodda formalardan kelib chiqqan deyiladi. Ikkinchi gipotezaga muvofiq, viruslar degeneratsiyaga uchragan mikroorgaiizmlardir deyiladi. Uchinchi gipotezaga muvofiq, viruslar hujayra komponentlarining hosilasidir deb tushuntiriladi.
Viruslar boshqa organizmlar singari bir xil tipdagi molekulalardan tashkil topganligi bioximiyaviy tekshirishlarda isbotlangan. Boshqa organizmlarga qaraganda viruslarning genetik jihatdan moslanishi yuqori turadi, ehtimol genomi kichik, replikatsiya darajasi yuqori bo‘lganligi uchun shundaydir.
Hayvonlar virusi ham yuqori darajadagi genetik moslanish xususiyatiga ega, ularda komplementatsiya, rekombinatsiya, psevdorekombinatsiya, satelitizm uchraydi.Shunday qilib, viruslar hujayrasiz organizmlar bo‘lib, boshqa organizmlardan shakli, xususiyatlarining turli-tumanligi, bu virusning har xil organizmlarda turli kasallik alomatlarini namoyon qilishi va ular tarkibida faqatgina bir xil nuklein kislotasi uchrashi bilan farq qiladi. U o‘zida modda va tirik organizm xususiyatlarini namoyon etadigan va faqat tirik to‘qimadagina ko‘payadigan hayot formasidir.
25 Umurtqasiz hayvonlar viruslarining tarqalishi.
Ba’zi viruslar filogenetik barerni еngib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lib, faqatgina odam va umurtqali hayvonlar organizmida emas, balki umurtqasizlar (kanalar, chivinlar, iskaptoparlar va boshqalar) organizmida ham ko‘payadi. Bunday viruslarga: bunyaviruslar, togaviruslar, flaviviruslar, rabdoviruslarning ayrim avlodlari, arenoviruslar va reoviruslar kiradi. Bu viruslar uchun bo‘g‘imoyoqlilar ham tabiiy xo‘jayin, ham infeksiya tashuvchi bo‘lib hisoblanadi. Bunday viruslar arboviruslarning ekologik guruhini tashkil etadi.
26 Umurqali Bir zanjirli RNKning replikatsiyalanishi.
Ko‘paytirish va reproduksiyasi. Gripp viruslari tovuq embrionining amniotik va allantois bo‘shliqlarida, maymun, odam embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida yaxshi ko‘payadi, natijada hujayraga virusning kuchsiz patogen ta’siri kuzatiladi. Gripp viruslari epitelial hujayralarning glikoprotein retseptorlariga birikadi, retseptor endotsitoz yo‘l bilan hujayraga kiradi. Hujayra yadrosida virus genomining transkripsiya va replikatsiyasi amalga oshadi. Bunda RNK fermentlari aRNK sifatida ribosomalarga uzatiladi va u еrda virusga xos oqsillar sintez qilinadi. Virus hujayradan kurtaklanish yo‘li bilan chiqib ketadi.
27 Viruslar va ularning yangi xo‘jayinlari.
Viruslarning xususiy oqsil sintezlovchi va energiyani boshqaruvchi tizimi yo‘q, ya’ni to‘liq xo‘jayin hujayrasiga bog‘liq bo‘lgan genetik darajadagi qat’iy hujayra ichi paraziti hisoblanadi.
Viruslar disyunktiv usulda ko‘payadi va sezuvchan hujayrada reproduksiyalanadi, bunda u xo‘jayin hujayra resurslari va biosintetik tizimlaridan foydalanadi.
28 Dori vositalarining antivirus xususiyatlarini o‘rganish. Fagoterapiya.
Bakteriofagtibbiyotdaturlikasalliklarnidavolashdaishlatiladi. Kasalliknibakteriofagbilandavolashgafagoterapiyadeyiladi. Asosandezinteriya, vabo, toun, tifkasalliklarinidavolashdafaglarko‘pishlatiladi. Fagyaralargaishlatiladiganbo‘lsa, fagniyaragasepishyokidokanifagbilanho‘llabyaranibog‘lashmumkin. Ayrimvaqtlardafagniyaraningatrofigaukolqilibishlatishhammumkin. Fagnikasalnidavolashdakasalkishigaichirishhammumkin. BuninguchunavvalkasalodamningoshqozonidagiNSInineytrallashkerak. Buninguchunavvalkasalodamga 5% sodadan 25 mgichiriladi. Ichirilganfagichaklarda 7-8 kungachasaqlanadi. Shuusuldafagyordamidakasallikdansaqlanishmumkin.
29 Virusologiyada qo‘llaniladigan usullarga umumiy tavsif.
Do'stlaringiz bilan baham: |