8.Bakteriofaglarning ochilishi
Bakteriofaglar ham viruslarning bir turi bo‘lib, faqat bakteriyalarning, zamburug‘larning va aktinomitsetlarning virusidir. Bakteriofag «fagos» - grekcha so‘z bo‘lib, “yemiraman” degan ma’noni anglatadi. Bakteriyalarda boshqa turli tirik mavjudotlarga o‘xshash o‘zining paraziti bo‘ladi va bu bakteriofag deyiladi.
Bakteriofaglarni birinchi bo‘lib rus biologi Gamaleya (1898) va ingliz olimi Tuort (1915) aniqlaydi, lekin ular buni atroflicha tekshirmaydilar.
1917-yili fransiyalik olim D.Erell dezinteriya kasalligi bilan kasallangan odamning axlatini tekshirib, axlatda filtrdan o‘tuvchi qandaydir narsalar borligini va ana shu narsa dezinteriya (ichburug‘) kasalligini qo‘zg‘atuvchi bakteriyani eritib, kasalning tuzalishiga yordam berishini aniqlaydi. Ana shu filtrdan o‘tuvchi narsaga «bakteriofag» deb nom berdi. Bakteriofag ta’sirida bakteriyalarning erib ketishi bakteriofagiya hodisasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |