Ikkiyoqlama immunodiffuziya usuli yordamida viruslarni diagnostika qilish: IID-usulida o‘rganish va u yordamida har xil ob’ektlardan olingan namunalarda virus borligini, serologiya jihatidan har xil virus shtammlarining yaqin qarindoshligini, qisman qarindoshligini, o‘xshashligini, umuman o‘xshash emasligini reaksiyada hosil bo‘lgan presipitatsiya chiziqlariga qarab aniqlash usullari bilan tanishish.
Virusli infeksiyalar diagnostikasida molekulyar – genetik tekshiruv usullari. Bu usulga molekulyar gibridizatsiya va polimeraza zanjirli reaksiya kirib, ular o‘zining maxsusligi va sezgirligi tufayli so‘nggi yillarda juda keng tarqaldi. Bu usul tekshirilayotgan materialda aniqlanayotgan bakteriya yoki virusning hattoki yagona gen nusxasi (ular DNK yoki RNKlarining aniq bo‘lgan nukleotid ketma-ketligiga ko‘ra) bo‘lganda ham uning mavjudligini aniqlashga imkon beradi va shu infeksiyaning borligini isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |