Kiritmalar usuli yordamida fitopatogen viruslarni diagnostika qilish: Viruslarni to‘qimalarda, to‘qima ekstraktlarida elektron mikroskop yordamida aniqlash. To‘qima ichidv virus borligini bilish uchun avvalo kasallangan barg to‘qimasini kesmasi yoki barg orqasidagi tukchalarini 500- 900 marta katta qilib yorug‘lik mikroskopida M.I.Goldin metodi asosida preparatlar tayyorlab kuzatiladi. Tukchalarni kuzatganda ularda geksagonal, amorf, sakkizsimon ipchalarni-kiritmalarni kuzatish mumkin.
Fitopatogen viruslar aralashmasidan ma’lum bir virusni (shtammni) toza holda ajratish usluli: Tabiatdan ajratib olingan virus namunasidan aniqlagich (indikator) o‘simliklar to‘plamini to‘g‘ri tanlab agrotexnika shart — sharoitlariga va tozalikka roiya qilib ularni inokulyatsiya qilinsa ma’lum muddatdan so‘ng virus yuqtirilgan o‘simlikda shu virusga oid simptomlar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |