Virusli gepatit
Virusli gepatitning qo'zg'atuvchisi viruslar bo'lib, ular tashqi muhitga ancha chidamli. Bu viruslar 56°C da 30 daqiqa va undan ham ko'proq vaqtgacha o'z kuchini yo'qotmaydi, quruq sharoitga, past haroratga va ultrabinafsha nurlar ta'siriga
ham chidamli bo'lib, bemorlardan olingan qonda va qon zardobida ba'zan uzoq muddat saqlanadi.
Virusli gepatit A (infeksion gepatit) va virusli gepatiti V zardob gepatiti klinik jihatdan bir-biriga o'xshaydi. Keyingi paytlarda C, D va G turlari aniqlangan. Eng ko'p uchraydigan turi A va В turi hisoblanadi. Birinchi bo'lib, 1888-yili S.P.Botkin ta'riflagani uchun u Botkin kasalligi deb ham ataladi.
Epidemiologiyasi. Kasallikning tarqalish manbai bemor odam va virus tashuvchi kishilar hisoblanadi. A gepatitga yo'Hqqan bemorlar kasallikni inkubatsion (yashirin) davrining oxiri, sariqlik davrida va sariqlik davrining dastlabki 10 kunida atrofdagi odamlar uchun Virusli hisoblanadi. Shuning uchun ham bemorlar o'rtacha bir oy mobaynida (kasallik boshlan-gandan boshlab) yoki sariqlik paydo bo'lgan kundan boshlab, uch hafta davomida alohida ajratilishi shart. Zardobli gepatitning Virusli davri ancha uzoq bo'lib bemor sarg'ay-gandan so'ng ham virus tashuvchi bo'lib qolishi mumkin. Virusning yuqishi va tarqalishi bemordan ajralib chiqadigan har xil moddalar va suyuqliklar (so'lak, qon, siydik axlat, ko'krak suti, vaginal va seroz suyuqliklar) orqali yuz beradi. Kasallik ifloslangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, o'yinchoqlar, har xil uy-ro'zg'or buyumlari, qon, qon zardoblari, eritrositar massa quyish va jarrohlik muolajalari jarayonida yuqishi mumkin. Havo-tomchi yo'li bilan — aksirganda, yo'talganda gaplashgan-da yuqishi ham ehtimoldan ho И emas. Bundan tashqari, virusli gepatit ba'zan onadan yo'ldosh orqali homilaga ham yuqadi. Virusli gepatit bilan kasallanish ко'pro q kuz va qish oylarida kuzatiladi.
Kasallikning rivojlanish jarayoni davriy kechadi, chunki kasallik qo'zg'atuvchi organizmda o'z joyini hamma vaqt o'zgartirib turadi: virusning organizmga kirishi va organizmning unga moslashuvi, mahalliy limfa tugunlarida virusning birdan ommaviy ko'payishi, retikulo-endotelial sistemada birlamchi morfologik o'zgarishlarning paydo bo'lishi, dastlabki tarqalish (virusemiya), organizmdagi retikoendotelial hujayralarni (ayniqsa, jigar, taloq, bosh miya) umumiy zararlanishi, ta'siri oqibatida jigar hujayralari (gepatositlar)ning shikastlanishi, ikkilamchi virusemiya va rezidual davr — bu vaqtga kelib organizm sog'ayadi yoki kasallikning asoratlari qaytalanishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |