Virusli gepatit



Download 1,38 Mb.
bet2/3
Sana15.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#675534
1   2   3
Bog'liq
Virusli gepatit

Klinik manzarasi. Virusli gepatitning yashirin (inkubat-sion) davri 15 kundan 50 kungacha, o'rtacha 15-30 kun davom etishi mumkin. Zardobli gepatitning yashirin davri esa 60-180 kun davom etadi.
Virusli gepatitning sariqlik va sariqliksiz (atipik) kechgan turlari mavjud. Kasallikning uzoq davom etishini hisobga olgan holda o'tkir (2-3 oygacha), uzoq cho'zilgan (3-6 oygacha) surunkali (olti oydan ortiq) turlari ajratiladi.
Virusli gepatitning sariqlik bilan kechadigan turida qo'zg'atuvchisida (A yoki B) qat'i nazar, to'rt davr farqlanadi: sariqlik oldi (prodromal davr, 3—7 kungacha), sariqlik (10—15 sargayishdan keyingi va rekonvalessensiya (tuzalish davri).
Sariqlik oldi davri 2—3 kun davom etib, bemorlarni darmon-sizlik, bosh og'rig'i, taxikardiya, tana haroratining ko'tariHshi bezovta qiladi. Ayrim hollarda bemor kuchli qorin og'rig'idan ham shikoyat qilishi mumkin. Kasallikning bu davri o'tkir boshlanishiga qaramasdan, 2—3 kunda bemor o'zini yaxshi his qiladi.
Kasallikning ikkilamchi toksikoz davri ko'pincha tana harorati mo'tadil bo'lgani holda, to'satdan boshlanadi. Bemor-larda uyquchanlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ishtahaning yo'qolishi, yog'li ovqatlarni ko'ngil tusamasligi, ko'ngil aynishi, tez-tez qayt qilish kuzatiladi. Ko'pincha bu holatlar ustiga dispeptik va astenovegetativ belgilar ham qo'shiladi, bemor qorin sohasida paydo bo'luvchi og'riqqa shikoyat qiladi. Bu davr uchun xos va hamma vaqt uchraydigan kasallik belgisi — jigarning, ayniqsa, uning o'ng bo'lagining kattalashishidir. Bunda jigar birmuncha shishadi, qattiqlashadi va paypaslab ko'rilganda, og'riq beradi. Bu davrning oxirgi kunlariga kelib, siydik to'yingan rangga kiradi, axlat esa rangsizlanadi. Labo-ratoriya tekshiruvida alanin transaminaza (AlAT), asparakin transaminaza (AsLT) va al'dolazaning faolligi oshishi va keyinchalik siydikda o't pigmentlarining paydo bo'lishi ku­zatiladi.
Sariqlik davri o'rtacha 10-15 kun davom etib, kasallikning sariqlik oldi davrida ko'rsatiladigan umumiy zaharlanish belgilarining kuchayishi bilan bir qatorda ko'z oq pardasining, teri va shilliq pardalarning sariq rangga kirishi bilan ajralib turadi. Jigar kattalashib qattiqlashadi, taloqning kattalashuvi kuzatiladi.
Sarg'ayishdan keyingi davr 23 hafta, ba'zan esa bir necha oygacha davom etishi mumkin. Bu davrga kelib, bemor o'zini yaxshi his eta boshlaydi, kasallik belgilari tobora yo'qola boradi va shu davrning oxiriga kelib, fermentlar faolligi va pigmentlar almashinuvi mo'tadillashadi, jigar va taloq kichrayib, o'z holiga qaytadi.
Rekonvalessensiya davri bir necha haftadan bir necha kungacha cho'zilishi mumkin va u bemorning butunlay sog'ayishi bilan tugaydi. Lekin ba'zida bemorni parvarish qilish va ovqatlantirish tartibi buzilganda kasallik surunkali tusga o'tib ketadi.
Virusli gepatit A va В turlarining o'ziga xos xususiyatlarini alohida ко'rib chiqadigan bo'lsak: A turining yashirin davri 11-15 кип, В turiniki esa 40 kundan 180 kungacha davom etadi.
Virusli A gepatitda kasallik to'satdan boshlanadi, bolaning tana harorati ko'tariladi, ko'ngli ayniydi, qusadi, qorin sohasida og'riq paydo bo'ladi. Bu kasallik alomatlari 3—6 kun davomida o'tib ketadi. Virusli В gepatitda esa kasallik asta-sekinlik bilan boshlanadi. Bemorda holsizlanish, tez charchash, bosh ayla-nishi, uyquchanlik, ishtahaning yo'qolishi kabi alomatlari kuzatiladi. Kasallikning A turida sariqlik boshlanishi bilan organizmning umumiy zaharlanish belgilari yo'qoladi. В turida buning aksi bo'lib, ko'p bemorlarda zaharlanish belgilari kuchayadi. Virusli В gepatit ko'p hollarda kasallikning og'ir kechishi surunkali gepatit rivojlanishiga moyilligi bilan ajralib turadi. O'zgarishlarga uchragan biokimyoviy ko'rsatkichlar fermentlar faolligi, bilirubin miqdori В turida sekinroq qaytadi.
Virusli gepatit belgilari rivojlanishining darajasiga qarab yengil, o'rtacha og'ir va og'ir turlari tafovut qilinadi. Kasallikni yengil turida umumiy zaharlanish belgilari bo'lmaydi, bo'lgan taqdirda ham kuchsiz rivojlangan bo'ladi. Bemorning ishtahasi yaxshi, uyqusi maromida bo'lib, umumiy ahvoli kam o'zgaradi.
Kasallikning o'rtacha og'ir turida umumiy zaharlanish alomatlarining kuchliroq ko'rinishdagi belgilari paydo bo'ladi bemorni umumiy ahvoli birmuncha og'irlashadi, darmonsizlik, ishtahani pasayishi, ko'ngil aynish, qusish, bosh og'rig'I kuchayadi. Yurak tovushlari susyayib, ayrim hollarda aritmiya kuzatiladi. Bemorni jigari kattalashadi, paypaslab ko'rilganda, og'riq beradi. Kasallikning biokimyoviy ko'rsatkichlari ancha yuqori bo'ladi.
Kasallikning og'ir turida bemorning ahvoli ko'pincha to'satdan og'irlashadi. U ko'p uxlaydi, darmonsizlik, bezov-talanish avjga chiqadi. Ishtaha butunlay yo'qoladi, bemorning qusishi kuchayadi. Bemor ko'ngil aynishdan, boshi og'rishidan va qovurga sohasida og'riq paydo bo'lishidan shikoyat qiladi. Sarg'aish avjiga chiqadi. Jigar va taloq kattalashadi, qattiqlashadi. Bilirubin miqdori va fermentlar faolligi ortishi kuchayadi. Virusli gepatitning og'ir turida jigar faoliyatiga aloqador koma oldi va koma holatlari ham kuzatilishi mumkin.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish