Salmonellyoz
Etiologiyasi
Salmonellyoz kasalligi o’kir yuqumli ichak kasalliklari guruhiga kirib, ularni salmonella deb ataladigan mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Salmonella tayoqchasi ilk marotaba 1885 yilda Salmon degan olim kashf etgan bo’lib, hozirgi vaqtda uning 2000 dan ortiq turi ma’lum.
Salmonellalar gramm salbiy bakteriyalar bo’lib, sporalar hosil qilmaydi, ular kuchli endotoksin ishlab chiqarish hususiyatiga ega. Salmonellalar tashqi muhit tasiriga ancha chidamli bo’lib, suv havzalarida, axlatda, oziq- ovqat mahsulotlarida uzoq vaqtgacha saqlanadi va kasallik paydo qilish hususiyatini yo’qotmaydi. Uning turlari ko’p bo’libgina qolmay, kasallik keltirib chiqarish qobiliyati ham turlichadir. Shu sababli odamlarda salmonellalarning ayrimlarigina kasallik paydo qiladi. Lekin salmonellalarning odamlarni ham hayvonlarni ham kasallantiradigan turlari mavjud. Bolalarda kasallik tarqatadigan turi B guruhiga kiruvchi salmonellalardir. Undan keyingi o’rinda esa C guruhiga kiruvchi salmonellalar turadi. Salmonellalarning tarqalishida yil faslining ahamiyati ham katta. Bu kasallik ayniqsa yoz va kuz fasllarida keng tarqaladi.
Epidemiologiyasi
Infektsiya manbai - odam (bemor va tashib yuruvchi,shuningdek hayvonlar: uy hayvonlari,parrandalar,baliqlar). Salmonellalar bemor organizmdan tasqhqi muhitga axlat orqali chiqib turadi. Bu kasallik mikrobini tashib yurish holati bolalarda ancha uzoq vaqt davom etadi. Salmonellalar bemor organizmidan siydik va so’lak orqali yoki bemor qayt qilgan paytda ham tashqi muhitga tarqaladi. Lekin ularning asosiy qismi organizmdan tashqi muhitga axlat orqali chiqadi.
Kasallikning yuqish yo’li asosan alementar yo’l bo’lib, mikrob odam organizmiga turli oziq- ovqat mahsulotlari bilan birga tushadi. Bundan tashqari kasallikning yo’ldosh orqali homilaga yuqish yo’li ham aniqlangan.Salmonellyoz ko’pincha go’sht va boshqa hayvon mahsulotlari orqali yuqishi mumkin. Agar salmonellalar bilan ifloslangan mahsulotni ko’pchilik bolalar bir vaqtning o’zida is’temol qilsa, bolalar guruh bo’lib kasallanish holatlari kuzatiladi. Godaklarda salmonellyozning tarqalish usuli asosan muloqat usulida, ya’ni bola bilan yaqin munosabatda bo’layot odamlar yoki o’yinchoqlar orqali yuz berishi mumkin. Kasallikning bu yo’l bilan tarqalishiga bakteriya tashib yuruvchilar va kasallikning klinik belgilari yashirin kechayotgan bemorlar sabab bo’ladi.
Klinikasi
Salmonellyozning yuqish usuliga qarab ovqat toksiko infektsiyalari va kontakt turlari farqlanadi. Uning birinchi turida ifloslanga oziq - ovqat mahsulotlari yeyilganidan keyin oradan 8-36 soat o’tgach, kasallikning klinik belgilari paydo bo’ladi. Bolaning harorati 39 – 40* c gacha ko’tariladi, bosh va qorin sohasida og’riq paydo bo’ladi, qayt qiladi, ichi ketadi, ya’ni kasallik o’tkir gastroenterit yoki gastroenterokolit tarzda o’tadi. Tez orada tananing suvsizlanish holati, ya’ni eksikoz rivojlanadi. Bolaning ichi suyuq – suvsimon shilimshiq va qon aralash ketadi. Go’daklarda tutqanoq kuzatiladi. Salmonellyozning bu
turi ko’pincha kattaroq yoshdagi bolalarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |