Xalq qabulxonalari ijtimoiy institut sifatida.
Reja:
Kirish. Xalq qabulxonalari nima? Uning qanday maqsadlari bor.
Xalq qabulxonalari ijtimoiy institut sifatida
Virtual qabulxonasi haqida Har bir tuman va shaharda Prezident Xalq qabulxonasi ochiladi Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini
Kirish. Xalq qabulxonalari nima? Uning qanday maqsadlari bor.
Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida har kuni yangidan-yangi o‘zgarishlar, yangilanishlar ro‘y bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, xalq bilan ochiq-oshkora muloqot qilishning yangicha tizimi – Xalq qabulxonalari instituti o‘tgan vaqt mobaynida bajarilgan ishlardan ko‘ra hali etilishi lozim bo‘lgan vazifalar yanada ko‘proq ekanligini namoyon etdi. Zotan, haqiqat bahslarda, oshkora muloqotlarda bo‘y ko‘rsatadi. Prezidentning joylarda Xalq qabulxonalari, virtual qabulxonasi tashkil etilganidan keyin xalqning real hayotidan xabardor bo‘lish, odamlarning ko‘p yillik muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o‘rganish, ularni hatto joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan mamlakatimizning barcha shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi. Qisqacha qilib aytganda, xalq ichiga kirib borildi. Odamlarning yuraklarida yig‘ilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo‘lgan-u, lekin to‘rachilik, o‘zibo‘larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan muammolar yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat muammolar, ularning talab va takliflariga ham quloq tutildi, bu takliflar yig‘ilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimizning “Rahbarlar xalqning xizmatkori bo‘lishi zarur”, “Asosiy maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi”, degan qat’iy talablari amalda o‘z ifodasini ko‘rsatdi. Bugungi kunda ana shu izlanishlar samarasi sifatida ko‘plab yangiliklar hayotga tatbiq etilmoqda.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, Prezidentning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, qator muammolar bilan birga, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasida ham ko‘plab yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi aniqlandi. Holbuki, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2003 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shahar, tuman hokimliklari huzurida maxsus inspeksiyalar tashkil etilgan. 2016 yildan esa ular negizida Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari ish olib borgan. Ammo ushbu sa’y-harakatlar ham aholining bugungi talab va ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emasligi ayon bo‘ldi. Binobarin, odamlarning har bitta hujjat uchun turli-tuman idoralarga murojaat qilishi, soatlab navbat kutishlar, qog‘ozbozlik, turli ovoragarchiliklar barham topmadi. Shu boisdan mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish borasida keng ko‘lamli ishlar boshlandi.Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqali ham tanishish mumkin. «Xalq qabulxonalari manzillari» bo‘limida O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Barcha Xalq qabulxonalarining manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi, geolokatsiya ma’lumotlari va boshqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston interaktiv xaritasi orqali topishi mumkin. Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylashgan manzili onlayn xaritada yoki sun’iy yo‘ldoshdan suratga olingan xarita rejimida ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |