Yuz g’ozlar masalasi
Dilnavoz . Menda ham bor qiziq masala,
Yechimiga qilma hafsala.
Uchar ekan g’ozlar osmonda,
Yo’l oshib janub tomonga.
Ko’ldagi g’oz ko’ngli armonda,
So’z qotibdi boqib osmonga
O’g’iloy. Ey yuz g’ozlar bizga boqingiz,
Meni birga olib ketingiz.
Sardori debdi: Biz yuz g’oz emas,
Bizni hech kim yuzta ham demas.
Bizga qo’shsang yana bizchani,
Yana qo’shgin yarmimizchani.
Sen o’zing ham bizga qo’shilgin,
Shunda bizlar yuzta bo’lamiz.
Birgalikda parvoz qilamiz.
Qani o’ylab toping Sarvinoz,
Ko’kda uchayotgan jami nechta g’oz?
Baxtigul. Bunda x noma’lum bilan,
Belgilaylik ko’kdagi g’ozni.
Ushbu tenglama bilan esa,
Sardor aytgan jami yuz g’ozni.
Madina 2 va 4 maxrajlar uchun
Umumiy 4 maxraj beramiz.
Buning uchun har bitta hadni,
4 soniga ko’paytiramiz.
Noma’lum sonlarni qo’shib,
100 dan esa 4 ni ayiramiz.
So’ngra 396 ni
11 koeffisentiga bo’lamiz.
Hosil bo’lar 36 ta g’oz.
Baxtigul. Balli qizim ishing doim soz,
Meros bo’lish masalasi.
Xadicha . Bir donishmand bor edi,
Kuni bitib o’tdi olamdan.
Uch o’g’liga qalibdi meros,
17 tuya bo’libdi asos.
Ota debdi: kattam olsin ikkidan birin,
O’rtancham olsin uchdan birini,
Kenjam olsin to’qqizdan birin.
Madina. Bu vasiyat lol qildi barin,
Aqljon sen kelgin ko’makka.
Uchovlari yetishsinlar tilakka.
Mening tuyam bo’la olinglar,
So’ng bemalol bo’lib olinglar.
Aziz. 9 bo’lar ikkidan biri,
6 bo’lar uchdan biri,
To’qqizdan biri bo’ladi ikki
Qani oling tuya sizniki.
Xasanboy. E––ha endi bildim sababin,
Otasining aqli ekan zo’r.
Taqsimotda guvoh bo’lishsin,
Hisobini balki qilgandir.
Kamoldin. 17 ga birni qo’shsak
18 son hosil bo’ladi.
Bu son 2,3 va 9 ga
Eng kichik umumiy karrali bo’ladi.
To’ng’ich olsin to’qqiz tuyani,
Oltisini o’rtanchiga tortiq.
Kenja olsa so’ng ikkitasin,
Bo’lib qolar bir tuya ortiq.
9+6+2=17 17+1=18
Xadicha: Ana shu jumboq savolga qani tomoshabinlar bosh qotiringlarchi.
Keling ungacha sizlarga, bir raqs chiqishimizni havola etamiz.
Musiqa ostida o’g’il va qizlar raqs ijro etishadi. Shundan so’ng bizning maktabimizdan yetishib chiqqan buyuk insonlar esga olinadi. Bular:
Kamoldin. Alimardon Abdulhamidov Tarix Fanlar Doktori. 1936 yilda Rishton tumani To’da qishlog’ida ishchi oilasida tavallud topdi. U 7-umumiy o’rta ta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlab, Toshkent pedagogika instituti Tarix yo’nalishiga o’qish topshirdi. O’zining ilmini Moskva, AQSH larida mustahkamladi. 1986 yili sentabr oyida Farg’ona Davlat Pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi. 1992 yili O’zbekiston prezidenti tomonidan faxriy yorliq bilan mukofotlandi. Institutda ishlab yurgan vaqtida bu institutni Farg’ona Davlat Universitetiga aylantirdi va xozirgi Farg’ona Davlat universitetiga asos solgan inson sifatida tarixga muxrlandi.
Mohira: Ahmadjon O’rinov Matematika Fanlari Doktori. Xozirgi Farg’ona Davlat Universiteti Rektori.
Xadicha. Muhammadjon Toshboltayev Texnika fanlari Doktori.
O’g’iloy: Shu jumladan: Aizbek Turdiyev. O’zbekiston teleradiokanalining birinchi o’rinbosari.
Davlatjon Turdaliyev. Sport teleradiokompaniyasining bosh direktori.
A’zamjon Ne’madaliyev. Iqtisod informatika fanlar nomzodi.
Biz shunday insonlarga izdosh ekanligimizdan qanchalar faxrlansak xam kamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |