23 - PARAGRAF XV asr oxirida Eronda qanday siyosiy jarayon mamlakat taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi ? hokimiyatga bo’ysunmaydigan bir nechta mustaqil hududlarga bo’linib ketganligi
XV asr oxirida Eronni birlashtirishga muvaffaq bo’lgan I. Safaviy qaysi shahar hokimi edi? Ardebil
I. Safaviy nechanchi yilda Tabrizni ishg’ol etadi ? 1502-yilda
I. Safaviy nechanchi yilda o’zini shahanshoh deb e’lon qiladi ? 1502-yilda
I.Safaviy hukm surgan yillar ? 1502-1524-yillar
Eron tarixida Safaviylar davlati qachon vujudga kelgan ? 1502-yilda
Safaviylar davlati tarkibiga qaysi hududlar kirgan ? Erondan tashqari Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Afg’oniston, janubi-sharqiy Iroq
Safaviylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Tabriz
Safaviylarning qaysi hukmdori yer egaligining suyurg’ol shaklini butunlay bekor qilib o’rniga tiyulni joriy qiladi ? I. Safaviy
Eronda Abbos I hukm surgan davr ? 1587-1629-yil
Kimni davrida Safaviylar davlati o’z qudratining cho’qqisiga yetadi ? Abbos I
Abbos I mamlakat poytaxtini Ozarbayjondagi Tabriz shahridan Erondagi qaysi shaharga ko’chiradi ? Isfahon
Safaviylar davlatining qaysi hukmdori muntazam qo’shin tuzib, Angliya harbiy mutaxasislari yordamida qo’shinda o’q otuvchi qurol va to’p joriy qiladi ? Abbos I
1602-yilda Eron qaysi davlat bilan urush olib boradi ? Turkiya
Eron qaysi davlat yordamida Portugaliyani Fors ko’rfazidagi Ormuz orolidan quvib chiqaradi ? Angliya
XVII asrda qaysi orol Eron uchun Yevropaga ipak eksport qilishda zarur edi ? Ormuz oroli
XVII asrda Eron Angliyaning ko’rsatgan yordami evaziga Angliyaning qaysi kompaniyasiga Eron bilan savdo ishlarida katta imtiyozlar beradi ? Ost Indiya
Nechanchi asrdan boshlab Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunlik boshlanadi ? XVIII asrdan
XVIII asrdan Safaviylar davlatida iqtisodiy tushkunlikning boshlanishiga nima sabab bo’lgan ? tiyulning ko’payishi evaziga davlat yerlarining kamayishi
Safaviylar davlati hukmdori Sulton Husayn 1710-yilda qanday farmon chiqaradi ? dehqonlarni yerni tashlab ketishini taqiqlash to’g’risida farmon
Safaviylar davlatiga qarshi afg’onlar qachon qo’zg’olon ko’taradi ? 1709-yilda
1722-yilda afg’onlar kim boshchiligida Eronga hujum qiladi ? Mir Mahmud
1722-yilda Mir Mahmudga hokimiyatni topshirgan Eron shohi kim ? Sulton Husayn
Eron tarixida afg’onlar istilosi davri qachon boshlanadi ? 1722-yilda
Eronda Safaviylar sulolasining so’nggi vakili kim ? Tahmasp II
Nodir Quli qaysi qabila yetakchisi bo’lgan ? afshor
Kim 1730-yilda afg’on qabilasini butunlay tor-mor etib Eronni afg’onlar bosqinidan butunlay ozod etadi ? Nodir Quli
Kim 1736-yilga qadar Safaviylar davlatining tarkibiga kiruvchi barcha hududlarda o’z hokimiyatini o’rnatadi ? Nodir Quli
Nodir Quli nechanchi yilda o’zini Eron shohi deb e’lon qiladi ? 1736-yilda
Eronda safaviylar sulolasi hukm surgan davr ? 1502-1736-yillar (234 yil)
Ichki nizolar natijasida Nodirshoh nechanchi yilda o’ldiriladi ? 1747-yilda
Nodirshoh vafotidan so’ng Eronda taxt uchun kurashlarda qaysi qabilalar asosiy ro’l o’ynaydi ? Zend va qojar
Eronda zend va qojar qabilalari o’rtasidagi kurash qaysi qabila g’alabasi bilan tugaydi ? 1758-yilda zend qabilasi
Eronda zend qabilasi hukm surgan davr ? 1758-1796-yillar
Eronda zend qabilasining asosiy raqibi qaysi qabila bo’lgan ? qojar
Qojarlar qabilasi rahnamosi Og’amuhammad qachon o’zini Eron shohi deb e’lon qiladi ? 1796-yilda
Eronda qojarlar sulolasi hukmronligi davrida mamlakat poytaxti qaysi shaharga ko’chiriladi ? Tehronga
Eronda qojarlar sulolasi hukm surgan davr ? 1796-1925-yillar (129 yil)
Eronda qanday yer egaligi shakli meros qoldirish mumkin bo’lmay, amaldorlarga hizmat vazifasini bajarish muddatida yoki shoh oldidagi alohida hizmati uchun vaqtincha yoki umrbod muddatga berilgan ? Tiyul